March 6

TA'QIQLANGAN SEVGI ❌

#Aurora 3-qism: Ilk yaqinlik

Lim Shi Ah ko‘zlarini yumgancha turardi. Yuragi shunchalik tez urardiki, u bu ovozni Min Guk ham eshityaptimi, deb o‘yladi. Nafasi og‘irlashdi. Bu to‘g‘ri emas edi. Lekin Min Gukning yaqinligi, uning issiq nafasi… Bular hammasini chalkashtirib yubordi.

Bir lahzalik sukunatdan so‘ng, Min Guk harakatga keldi.
Uning qo‘llari ohista harakat qilib, Shi Aning yelkasiga tegdi. Nozik, lekin ishonch bilan. Go‘yo u bu daqiqani uzoq kutgandek, go‘yo bilagiga tushayotgan har bir nafasni oldindan his qilgandek edi.

Shi Ah titrab ketdi. U o‘zidan ketmay, orqaga chekinishi kerak edi. Lekin tanasi unga bo‘ysunmadi.

"Siz hali ham qochmayapsiz, professor."

Min Gukning ovozi past, lekin ichida qandaydir g‘alati ohang bor edi. Go‘yo u har bir so‘z bilan Shi Ahni o‘ziga yanada yaqin tortayotgandek.

Shi Ah og‘ir nafas olardi...
"Biz buni qilolmaymiz…"

Uning so‘zlari jarangsiz, ojiz chiqdi. O‘zi ham ishonmadi bu gaplariga.
Min Guk esa shunchaki jilmaydi. "Nega?" — dedi u pichirlab.
Va keyin… u orqaga chekinmadi.

Min Gukning qo‘llari pastga sirg‘aldi, o‘qituvchisining belidan ohista ushladi va uni o‘ziga yaqinroq tortdi.

Shi Aning yuragi shu lahzada yorilib ketadigandek urardi.
Uning dudog‘iga yaqinlasharkan, Min Guk bir lahzaga to‘xtadi.

Ko‘zlariga tik boqib, nimadir kutayotgandek turdi. Go‘yo u Shi Ahning o‘z irodasi bilan qaror qilishini xohlardi.

Shi A esa nafasini ichiga yutib, uning ko‘zlariga qaradi. Uning aqlini hozir nafs to‘liq egallab olgan edi.

Va keyin…

Min Gukning lablari uning lablariga ohista tegdi. Yumshoq, nozik, ammo xavfli. Go‘yo u bir marta boshlanganidan keyin ortga qaytish yo‘qligini bilardi.

Shi Aning qo‘llari beixtiyor Min Gukning yelkasiga yopishdi. Uning tanasi uning irodasiga bo‘ysunmayotgandi.

Min Gukning qo‘llari esa tanasi uzra iliq iz qoldirib, pastga siljirdi.

Shi A nafasini tutib qoldi.
Bu tuyğular unga begona edi. Bu hayajonli yaqinlik uni butunlay egallab oldi.

Min Guk shunchaki o‘ynayotgan emasdi. U bilardi. U qayerga tegishi, qanday harakat qilishi kerakligini bilardi. U bor-yo‘g‘i besh daqiqada Shi Aning yuragini ostin-ustun qilib yubordi.

Va keyin…

U orqaga chekindi.
Min Guk lablarini Shi Anikidan uzdi. Nafas olishi biroz tezlashgan, nigohlari esa g‘alati jiddiylik bilan to‘la edi. U hech narsa demadi. Shunchaki uni hayrat ichida qoldirib, xonadan chiqib ketdi.

Shi A esa joyidan qimirlay olmadi. Uning yuragi hozirgacha tinchlanmagan edi. Qo‘llari esa Min Gukning iliq teginishidan qaltirab turardi.

Bu endi shunchaki qiziqish emas edi. Bu ehtiros edi. Va bu munosabat endi ortga qayta olmaydi.

DAVOMI BOR…

Shiahning xonasidagi epizod yakun topdi. Sizlarga yoqdi degan umiddaman. Endi keyingi qismda voqealarning rivojlanishini koʻrasiz...❤️😍