March 9

TA'QIQLANGAN SEVGI 🔞 (hot)

5-qism: His-tuyg‘ular 💖

Shi Ahning lablari titrardi. Min Gukning barmoqlari hali ham uning lablarida edi, ammo yuragi og‘ir urayotganidan tanasi muzlab qolgandek edi.

"Siz ham meni xohlaysiz."
Min Gukning so‘zlari xuddi ongining ichkarisiga o‘rnatilgan bombadek portladi. Bu haqiqatmi?

Shi A unga qarashga jur’at qilolmadi. Ammo Min Guk esa ortga chekinmadi. Uning nafasi yaqin edi.

Keyingi lahzada Min Guk ohista egilib, Shi Aning lablaridan bo‘sa oldi.💋👄🫦

Shi Aning ko‘zlari keng ochildi. Uning miyasi qarshilik qilishga buyruq bergandi, ammo tanasi... javob qaytardi.🫦👄💋

Lablar bir-birini his etdi. Bu bo‘sa tajovuzkor emasdi. Bu bo‘sa o‘ziga ishongan, ishonchni sindiruvchi va o‘chmas iz qoldiruvchi edi.

Ammo ayni shu lahzada Shi A o‘zini yig‘ib oldi. U birdan Min Gukni kuch bilan turtib yubordi. Yigit orqaga chekinib, unga tikildi.

Shi Aning nafasi tezlashgan, yuzi esa qizarib ketgandi. U g‘azab va qo‘rquv o‘rtasida edi.

"Men seni ustozingman, Min Guk!" — deya baland ovozda dedi u. — "Mendan o‘zi nima xohlaysan?"

Min Guk o‘zining joyidan qo‘zg‘almadi. U jiddiy va og‘ir qarash bilan Shi Aning ko‘zlariga tikildi.

"Men sizni sevib qoldim."
Uning ovozi qat’iy edi. Hech qanday shubha yo‘q, hech qanday ikkilanmaslik."Bir ko‘rishda." ❤️

Shi A nafas ololmay qoldi.
Min Guk asta yaqin keldi. Ammo bu safar uning ko‘zlarida ehtiros emas, balki samimiylik bor edi.

"Yoshingiz mendan yuqori bo‘lishidan qat’iy nazar siz menga keraksiz."❤️

Shi A bu so‘zlardan larzaga tushdi. Min Gukning qat’iyati uni shokka soldi.
U qadamini ortga tashladi. Lekin yuragi hamon tartibsiz urardi.
Min Guk esa sekin kulimsiradi.

"Sizga vaqt beraman, professor." — dedi u mayin ovozda.😁 — "O‘zingiz uchun, his-tuyg‘ularingizni tushunishingiz uchun." 😌

U ortiga burildi va eshik tomon yura boshladi.
Shi A esa harakat qila olmasdi. Uning oyoqlari xuddi yerga mixlangandek edi. Eshik oldiga yetganida Min Guk bir lahza to‘xtadi va yelkasidan ortga qaradi.

"Ammo unutmang... men chekinmayman."
Shu so‘zlarni aytib, Min Guk xonadan chiqib ketdi.
Shi A esa joyida qotib qoldi.
Uning miyasi shovqin bilan to‘ldi.
U nima qiladi endi?

* > * > * >

Oradan bir kun o‘tgan bo‘lsa-da, Shi Ah hali ham o‘ziga kelolmasdi. Min Gukning so‘zlari ongida tinimsiz takrorlanardi.
"Men chekinmayman."
Bu gap shunchaki oddiy e’tirof emasdi. Bu majbur qilish emasdi. Bu ogohlantirish edi.

U universitetda o‘zini odatdagidek tutishga harakat qildi, lekin har safar Min Guk bilan ko‘zlari to‘qnashganda yuragi tez urardi. Uning nigohlari o‘sha qat’iyat bilan porlardi.

Kech bo‘ldi. Shiah Ishdan kech chiqdi. Tashqarida qorong‘ulik ko‘chalarni o‘rab olgandi.
Shi Ah mayin shamolda biroz tinchlanishga harakat qilib, yurishni davom ettirdi.

Ammo kutilmaganda...

"Voy, qaranglar buni... qanday go‘zal qiz ekan-ku!"

U ortiga o‘girildi.
Uch nafar begona erkak unga yaqinlashayotgan edi.

"Sizga hamrohlik qilishimiz mumkinmi, go‘zal xonim?" — dedi ulardan biri zaharxanda ohangda.

Shi Ah yuragini hovuchlab, ortga tisarildi.
"Kechirasiz, men shoshilayapman."
"Shoshilma, shirinim."

Ular darxol qizni o‘rab olishdi.
Shi Ahning nafasi qisilib ketdi. Qo‘rquv tanasini qamrab oldi.
Yigitlardan biri uni yelkasini ushladi...

Ammo shu payt...
"Unga tegishma it emganlar!!!"
Barchasi bir zumga qotib qoldi.
Orqalaridan kelayotgan baland ovoz hammani diqqatini tortdi.
Shi A& yuragini ushlab ortga qaradi.

Bu - Min Guk.

Uning yuzi jiddiy, nigohlari esa sovuq edi. Shunday sovuqki, hatto bezorilar ham noqulay sezib, bir lahza ikkilanib qolishdi.

"Ha, sen kimsan o‘zi?" — dedi ulardan biri istehzo bilan.
- "Menimcha yigiti bo'lsa kerak." - dedi boshqasi.

Min Guk biror so‘z demadi. Shunchaki oldinga qadam tashladi. Va keyingi lahza...
Uning mushti birinchisini yerga qulatdi. Qolgan ikkisi yoqalarini ushlab qoldi. Min Gukning tanasi tez va aniq harakat qildi.

Ikkinchi erkak ham chinqirib, yon tomonga yiqildi. Oxirgisi esa qo‘rqib orqaga tisarildi.

"B... Bu yigit kim o‘zi?!"

U boshini olib qochdi.
Min Guk esa yerda ingranib yotgan yigitlarga sovuq qarab qo‘ydi va Shi Ah tomon o‘girildi.
Qiz qattiq qo‘rqqanidan nafas ololmasdi.

"Hammasi yaxshimi? Ahvolingiz joyidami?" — dedi Min Guk ohangida mayinlik bilan.

Shi h unga qarashga jur’at qilmadi. Ko‘zlari namlandi. Uning oyoqlari titrardi.
Va keyingi soniyada...
U xushidan ketdi.

...

Shi A ko‘zlarini ochganida atrofni yorug‘ nur yoritayotgan edi.

< Shifoxona. >

U tepasida Min Gukning yuzini ko‘rdi.
"Hayriyat, Siz uyg‘ondingiz."
"Men... Qayerdaman?"
"Shifoxonada."
Shi Aj charchagancha boshini silkitdi.

Shifokorlar kirib kelib, unga qattiq asabiylashish va qo‘rquv tufayli hushini yo‘qotganini tushuntirishdi. Jiddiy jarohat yo‘q edi...

"Sizni uyga olib borish mumkin."
Min Guk qizga qaradi.

"Men sizni kuzatib qo‘yaman."
Shi A hech narsa demadi. U faqat bosh irg‘adi.

...

Tungi shahar osoyishta edi.
Min Guk Shi Ahni mashinasida uyiga olib keldi. Qiz haliyam o‘ziga kelmagandi.

U juda zaif va charchagan ko‘rindi. Min Guk unga qaradi va hech narsa demay, qizni ohista quchog‘iga oldi.

Shi Ah esa unga hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. Shunchaki boshini uning ko‘ksiga qo‘yib, ko‘zlarini yumdi.🫂

Min Guk uni mehri bilan yotoqqa qadar eltib qo‘ydi. Lablarini qattiq qisdi. Keyin ohista ustki kiyimlarini yechib, uni qulay joylashtirdi. Ustiga adyol yopdi. So‘ng peshonasiga mayin silab qo‘ydi...❤️

"Mayli, men ketdim, Yaxshi dam oling."

U endi ortiga burilib chiqmoqchi edi... Ammo shu payt Shi A asta uning qo‘lini ushlab qoldi. Min Gukning yuragi bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi....🫴🏻

Bu nimani anglatadi?
Shi A unga nimadir demoqchimi?

DAVOMI BOR...🔞