March 6

TA'QIQLANGAN SEVGI ❌

2-qism: Chiziqdan O‘tish

Xonada sukunat uzoq davom etmadi. LimShiah MinGukka tikilib turarkan, yuragi o‘ziga bo‘ysunmay, tez urayotganini his qildi.

Bu noto‘g‘ri. U buni bilardi. Lekin… nima uchun u bu yigitning ko‘zlaridan nigohini olib qocholmayapti?

"Sen o‘zingni qiziq odamdek tutyapsan, Cho Min Guk." — Shi A ohista gapirdi. Ovozi qat’iy, lekin sal titroq bilan chiqdi.

Min Guk jilmayib, bir qadam oldinga tashladi.
"Shunchaki to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol beray. Siz mendan qochyapsizmi, professor?"

Shi A ko‘zlarini qisdi. U bu yigitning o‘zi bilan bunchalik yaqin suhbat qurishga jur’at qilgan birinchi talabasi ekanligini bilardi. Min Guk haddan tashqari jasur edi. Balki, haddan tashqari jozibador ham…

"Men hech kimdan qochmayman. Ayniqsa, o‘quvchilarimdan." — javob berdi u.

Min Guk bir qadam oldinga intildi. U endi professorning stoliga suyanib, uning yuziga juda yaqin turardi.
"Demak, mendan ham qochmaysiz?"

Shi Ah tomog‘ini qirib, orqaga tisarildi, lekin ortida hech qanday bo‘sh joy qolmagandi. Min Guk stulga suyanib oldi, qo‘llarini ko‘ksida chalishtirib, uni sinchiklab kuzatdi. O‘qituvchining nafasi biroz og‘irlashganini sezdi.

"Bu noto‘g‘ri, Min Guk."
"Nega?"
"Chunki men sening professoringman."
"Va shunchaki professor bo‘lib qolasizmi?"

Shi Ah yutindi. Min Guk bu o‘yinni yaxshi o‘ynardi. Uning nigohlari, ovozining ohangi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi – hammasi daxshatli darajada extitosli edi...

"Shunday bo‘lishi kerak." — deb pichirladi u, lekin bu gap Min Gukni ortga qaytara olmadi.

Min Guk sekin qo‘lini cho‘zib, Shi Aning yuziga ohista tegdi. U titrab ketdi. Uning tanasi Min Gukning tegishiga qanday javob berishini xuddi ilgari rejalashtirib qo‘ygandek his qilardi.

"Shunday bo‘lishi kerak edi, lekin..." — Min Guk pichirladi va yuzini yanada yaqinlashtirdi.
Shi A esa ko‘zlarini yumdi. Shu lahza, shu yaqinlik… Bu chiziqni kesib o‘tish noto‘g‘ri bo‘lsa ham, u orqaga chekinmadi........

DAVOMI BOR

Keyingi qismdan nimalarni kutyapsiz? 😼