♡𝐈꯭𝐬꯭𝐡꯭𝐪꯭ ꯭𝐮꯭𝐦꯭𝐦꯭𝐨꯭𝐧꯭𝐢꯭♡
Felix:
-Minlar?Kim ular?
-keyin tushuntirib beraman..
Jk shunday degancha clubni tark etdi. Mashinasiga oʻtirib yashin tezligida uyi tomon yoʻl oldi.
Hashamatli katta saroy. Qoʻriqchilar kichik janobning mashinasini koʻrishi bilan unga eshikni ochib berishdi.
Jk mashinadan tushiboq jaxl bilan baqirib ichkariga kirdi.
-Dada... Dada qayerdasiz?...
-aka...! dadam xonalariga chiqib ketgandilar,-dedi oshxona tomondan chqib, usti biroz un boʻlgan Mina.
-rahmat Mina. Dada...
Jk zinadan yugurib chiqib ketti.
Mina Cullen- 18 yosh. Ozining bir nechta qandolat doʻkoni bor. Jeonlar oilasi uni asrab olishgan desa ham boʻladi. Ammo u rostan ham Jeon Ji Binning qizi. Gap shundaki shartnoma tufayli janob Jeon Amerikada bir necha yil boʻlgan va u yerda bir ayol bilan yashirincha turmush qurgan. Soʻng Mina tug'ilgan. U tug'ilganda Janob Jeon Koreaga qaytgan edi. Mira Cullen Jeon Ji Binga qizini olib ketishini, u boshqa insonni yaxshi koʻrib qolganini aytib uni chaqirtirdi. Jeon Ji Bin Minani olib ketishga rozi boʻldi faqat bir shart bilan-qiz onasining familiasida boʻlishi kerak. Soʻng uni Koreaga olib keldi va ayoli bilan bolasini u menga yoqib qoldi asrab oldim deb aldadi. Lekin shunga qaramasdan Jeonlar uni juda yaxshi koʻradi. Jk ham oilada yolgʻiz boʻlgani uchun singlisini yaxshi koʻradi, uni himoya qiladi
Jk Jeon Ji Binning xonasini taqillatib kirishga izn soʻradi.
-kiraver, oʻgʻlim, tinchlikmi?
-menga Ava haqida aytib berishingizni xohlayman
-haaaa uni koʻrdingmi? Hosh qalay yoqdimi?
-Dada...
-Hop yaxshi. Hullas Ava men senga aytgan o'sha qiz. Minlarning yagona qizi va sening boʻlajak rafiqang boʻladi.
-lekin Dada... uni qanaqaligini men koʻrdim bir birimizga umuman mos emasmiz
-Bu kompaniya uchun kerak hech qanday etirozing qabul qilinmaydi. Mening doʻstimning qizi bilan turmush qurasan gap tamom!
Jk pov☆
Ava... sen edingmi menga mensimay munosabat qilgan? Sen edingmi menga oʻz kuchini koʻrsatgan‽ Modomiki boʻlajak rafiqam ekansan... mmmmm... hoʻsh bu men uchun yaxshi vaziyat. Bugungi qiliqlaring hissasini 2barobar qilib olaman sendan
-hosh Dada. Unda aytingchi bundan uni xabari bormi?
-bilmadim lekin yaqinda Min Shin ham Koreaga qaytadi
-agar xabari boʻlmasa endi bilib oladi. Bu gapni unga shaxsan oʻzim yetkazaman,- jkni miyigʻida kulib qoʻyib otasining xonasini tark etdi
Erta tong.
Jk Mina tayyorlagan nonushtadan bir ikki narsa yegan boʻlib tezda uni tark etti. Universitetga borib 7chi qavatga kotarilgandan so'ng kotibadan xonasiga kirishini soʻradi.
Miss Ari:
-chaqirtirgan ekansiz janob
Jk:-ha Janob Gim KanSanga bir taklifim bor edi. Mana bu qogʻozda ismi yozilgan talabalarni Sidneyga 3oyga oʻqish va tajriba orttirish uchun joʻnatsak nima deysizlar? Bu Universitetimizga ham yaxshigina obroʻ olib keladi.
-lekin Janob, 20ta talabani shunchaki joʻnatib yubora olmaymizku. Buning uchun kattagina mablagʻ ketadi
-hechqisi yoq hamma harajatlarni men qoplab beraman
-ammo gap bunda emas
-bas yetarli. Janob Gimga oʻzim uchrashishim kerakmi deyman
-yaxshi ularga buni yetkazaman
-5kun ichida talabalar Sidneyda boʻlsin. Iloji boricha tezroq jonating
-bundan Janob Jeonning xabari bormi?
-Ha otamga aytganman
-yaxshi unda hal qilamiz
Oradan 10 daqiqa oʻtar oʻtmas Jkga universitet direktori qoʻngʻiroq qildi.
Gim Kan San:
- Jungkook bu nima qilganing. Nega bu talabalarni chet elga joʻnatmoqchisan
Jk:
-shunchaki tajriba orttirib kelsin deyabman
-ammo nega talabalarni oʻzing tanlab berding
-togʻaa shunchaki talabalar roʻyxatidagi oʻzlashtirishi sustlarini tanlab oldim xolos. Buni hech qanday moʻjizaviy tomoni yoq
-yaxshi lekin shularni joʻnatib nimaga erishmoqchisan?
-buni sal keyin oʻzingiz tushunib olasiz, togʻajonim. Hozir shunchaki ularni tezroq joʻnatib yuborish haqida oʻylang
Jk shunday degancha goʻshakni uzdi.
Gim Kan San pov☆
Sen bola nimani rejalashtirding oʻzi? Hattoki Ji-wooni ham bu roʻyxatga qoʻshibti... oxiri bahayr boʻlsinda ishqilib
Jk pov☆
Hozircha Ji-wooni Sidneyga ketishi eng toʻgʻri tanlov. U qancha koʻzdan yiroq boʻlsa oʻziga shuncha yaxshi...