June 19, 2025

my death angel

3-qism¡

Ava uning gapini Yuriga aytib berdi. Yuri koʻzida yosh bilan:
-men... mmen qizlar yotoqxonasida yashay qolaman. men Nam Yon bilan qolishni xohla..xohlamayman uu...u...
Shunday degancha Yuri qaltirab boshladi. Buni korgan Jimin:
-u senga nimadur qilganmi?....
-u... u menga teginishga uringan...
Yuri boʻgʻiq ovozda faqat wu gapni ayta oldi xolos. Buni eshitgan Joshua baland ovozda "jin ursin!!" dedi va birozdan soʻng koʻzdan gʻoyib boʻldi.

Ava Yurini yoniga oʻtirib ikki qoʻlini kaftlari orasiga olgancha:
-soʻz beraman qizaloq senga oʻzim gʻamxoʻrlik qilaman hech kim seni hafa qilishiga yoʻl qoʻymayman,- dedi.

Oradan 5daqiqa vaqt oʻtar-oʻtmas Yuriga qoʻngʻiroq boʻldi.
X:- salom siz Jo Yurisiz shundaymi?
-Ha siz kimsiz?
-men akangiz Joshua masalasida qoʻngʻiroq qilayotgandim. Yaqinlaringizdan sizdan kattaroq biron kimga goʻshakni bera olasizmi?

Buni eshitib turgan Tae krovat yoniga yurib borib Yuriga telefonini menga ber degandek qoʻlini choʻzdi va telefonni qulogʻiga yaqin olib kelib:
-eshitaman,- degancha palatadan chiqib ketti. Tae chiqishi bilan qolganlar bir-biriga hayron qarab qoʻydilar

-kechirasiz siz Joshuaga kim boʻlasiz?
-yaqin doʻstiman
-yaxshi janob sizga bir muhim gapni yetkazishim kerak
-hosh gapiring

-menimcha dafn marosimini kechiktirishingiz kerak
-bu nima deganingiz?
-yaxshisi buni oʻzingiz koʻring bu yerga yetib kela olasizmi
-yaxshi manzilni yuboring yetib boramiz
-hop janob
Aloqa tugadi. Tae palataga qaytib kirdi

-Ava, Jimin zarur ishimiz bor edi esingizdami? Qani kettk
-ammo nma boldi aytmaysizmi,-dedi nima boʻlayotganini anglolmayotgan Yuri.
-havotir olma shunchaki dafn marosimi bugun boʻlmaskan. Hozircha izoh berilmadi. Sen damingni ol biz oʻzimiz senga xabar beramiz. Ha yana... telefoning ham hozircha menda turadi hopmi?
-hh...hop
Ava Yurini bagʻriga bosib yana kelishi aytti va ular shifoxonani tark etti

••••••
Hozirgi vaqt
Bino tashqarisida..
Jimin:
-balki nima boʻlayotganini tushuntirarsan
Tae:
-ozim ham bilmayman. Telefonda emas yaxshisi oʻzingiz koʻring deyishti. Aftidan nimadur boʻlgan.
Ava:
-hosh unda hozir qayerga boramiz
Tae:
-bizga manzil tashlab berishdi o'sha yerga boramiz...

Ular manzil boʻyicha markaziy shifoxonadagi morgga (Morg - bu, asosan, murdalarni saqlash, tekshirish va dafn qilish uchun mo'ljallangan maxsus bino yoki bo'limdir) yetib kelishdi

Jimin yoʻlidan chiqqan birinchi xodimdan katta shifokor xonasi qayerdaligini soʻradi va ular kerakli xonani topib u yerga borishdi.
Jimin:
-salom biz Joshua ishi masalasida keldik
Doktor:
-unga kim boʻlasizlar
Tae:
-biz doʻstlarimiz boya siz bilan telefonda gaplashgandik
Doktor:
-Ha yaxshi bu yerda qiladigan ishimiz yoq. Nargi binoga shifoxonaga chiqamiz
Jimin, Ava va Tae bir biriga chunarsiz qarab qoʻydi. Doktor kerakli hujjatlarini qoʻliga olib ularga ortidan kelishni buyurdi.

Ular nargi binoga oʻtib ogʻir komadagilar yotadigan boʻlimga oʻtishdi va oxirgi palataga kirishdi.
Doktor ularni xonaga olib kirib ma'lumot berishni boshladi:
- 1soatcha avval doʻstingiz Joshuaning yuragi birdan ura boshladi. Bu juda kamyob holat bunaqasi kamdan kam boʻlad. Aftidan u qaytishni juda hohlagan. Bunga balki singlisi balki boshqa bir sabab bordur lekin u hayotga qaytti. Biz uni apparatlarga ulashga ulgurib qoldik. Hozircha hayot koʻrsatkichlari juda past tanasining 70% kuyib ketgan ammo Joshuaning oʻzi irodali boʻlib tursa yashab ketishi mumkin.

Bu gaplar uchchovlonni hayratda qoldirdi.
Ava sekin pichirlab:
-demak u oʻlim daftaridan oʻchib ketgani uchun boya yoʻqolib qolgan ekanda...