♡𝐈꯭𝐬꯭𝐡꯭𝐪꯭ ꯭𝐮꯭𝐦꯭𝐦꯭𝐨꯭𝐧꯭𝐢꯭♡
Dushanba tongi.Ava doimgidek erta turib oʻzining odatdagi mashgʻulotlari bilan shugʻullandi. Soʻng akasi Yoongi&Mugini uygʻotib ularga nonushta tayyorlab berdi.
-hoʻsh hayajonlanayapsanmi?,-soʻradi Mugi.
-yoʻq albatta,-sovuqqonlik bilan gapirdi Ava.Lekin u juda hayajonda edi chunki bugun hayollarini oʻgʻirlagan Jimin bilan yana yuzlashadi.
Yoongi:
-qani goʻzalim tezroq narsalaringni olib tush birinchi kundan seni oʻzim eltib qoʻyaman Ava:
-hoʻp akajon,-dedida yuqoridan sumkasini olib tushdi.
Ular universitet hovlisidan ichkari kirib asosiy kirish eshigi yonida toʻxtashdi.Bu qimmat avtomobilda kelgan kim ekan deb hamma talabalar hayron qarab oʻtar edi.
Yoongi mashinadan tushib singlisiga eshikni ochib berdi va unga omad tilab peshonasidan oʻpib qoʻydi.Ava akasi ketguncha kulib qarab turdi soʻng birdan oʻzgardi.Avvalgi odamovi e'tiborsiz qizga aylandi.
U bino ichkarisiga kirib lift tomon ketardi.Lekin lift eshigi yonida 5tacha qiz hiringlashib turibti.Ava ularga e'tibor bermay ularni turtib lift chaqirish tugmachasini bosdi.
X:
-jin ursin sen hozir meni turtib oʻttingmi? Bunga qanday jur'at etting
Ava shoshmay orqasiga qaradi:
-nima qilishim kerak edi‽ yoʻl berishingni iltimos qilishimni kutganmiding
-sen yaramas mening kimligimni bilasanmi oʻzi
-ishon jonginam bilishniyam hohlamayman,-u shunday deb quloqchinini taqayotganda Xning choʻpdek ozgʻin qoʻllari uning quloqchini tortib otib yubordi.
Avaning endi rostan jaxli chiqti:
-Ayyyyyyysh shibaaal sen hozir nimalar qilding,-dedida uni bir zarba bilan yiqitdi. X yerga juda yomon yiqildi.U endi turib qizning sochini yulmoqchi edi lekin uni yoʻgʻon ovoz toʻxtatib hiyla ishlatishga zamin yarattı.
-Ji-woo bu yerda nimalar boʻlyapti?
-J....jungkook men..meni aybim yoʻq hammasini u..u boshladi
-hoʻsh sen kim boʻlibsanki Ji-wooga bunday muomila qilasan
Ava:
-men bu qiltiriq ahmoq bilan ishim yoʻq edi oʻzi mening quloqchinlarimni uloqtirdi va sen kelganingdan keyin oʻzini bechoraga solib oldi ifloos Ji-woo:
-se..sen oʻzi kim haqida kimga gapirayotganingni bilasanmi
-Boya ham attım bilishniyam hohlamayman
Jk Avaning sochidan ushlab oʻziga qattiq tortdi va:
-menga qara o'zingga muammo orttirma bu mening sevgan qizim sen toki bu universitetda oʻqir ekansan unga yaxshi munosabatda boʻlasan uqdingmi
Ava Jkni qoʻlini ushlab qayirdi va:
-menga buyruq bera olmaysan manabu oʻynashing ham hurmat qilishim uchun hech oʻtkazib qoʻygan joyi yoʻq endi sen meni chundingmi,-u shunday deb Ji-woo quloqchinni otgani kabi Jkni Ji-woo tomonga uloqtirdi.
Bu paytta ularni Jimin koʻrib qoldi va oldilariga bordi:
-Ava tuzukmisan bu yerda nima boʻldi?
-muhim emas auditoriyaga bora qolaylik
-yaxshi kettik.
Ular liftga chiqib ketishdi.
Jk va Ji-woo esa bir biriga qarab qoldi.Jk qizning qoʻlini qattiq ogʻritib oʻz xonasiga olib kirib ketdi.
Jeon Jungkook-Seuldagi katta biznesmen va siyosatchi Jeon JiBin va mashhur model Jeon Areaning yolgʻiz farzandi.Uning otasi shu universitetga asos solgan va bu joy Jkning ikkinchi uyi desa ham boʻladi.Jkning oʻzining ham bizneslari bor.U seuldagi mafialar qiroli. RM&Tae bilan aloqalari yomon emas lekin Yoongi chet elda boʻlgani uchun uni uncha tanimaydi.Uni hayotda koʻrmagan.
Song Ji-woo–qashshoq oilaning qizi.Uning ota-onasi qizini oʻqishga kirishi uchun qo'lidan kelguncha yordam berishdi.Universitetga kirgandan soʻng esa u Jkni nazarıga tushdi.U chiroyli,boʻyi uzun,ozgʻingina qiz edi.U huddi modellardek edi.U Jkni e'tiborini tortib,unga yaqin boʻlib oldi.Jkni uni butunlay oʻziniki qilib universitetga "Bu qiz Jk himoyasida" deb e'lon qildi.Shunda butun universitet qizlari unga juda hasad qilgandi.Lekin baribir Jk unga ozroq qoʻpol muomila qiladi.Chunki u qizni sevmaydi,qiz uning uchun oddiy oʻyinchoq (foxisha desa ham boʻladi).Ji-wooning ota-onasi uning bu ishlarini bilgach undan vos kechdi.Lekin Ji-woo bundan afsuslanmaydi.Chunki u Jkga ishonadi.Hozir u Jk olib bergan kvartirada turadi.
Jk Ji-wooni qolidan tutib birinchi qavat oxiriga bordi.Soʻng u yerdan yertoʻla eshigini ochib pastga tushib ketti.Bu yer yertoʻlaning bir qismi.Jk buyerni oʻzi uchun qurdirgan. Kayfiyati boʻlsa darsxonasiga-7chi qavatdagi kabinetiga chiqadi qolgan paytlar doʻsti Felix bilan shu yerda oʻtiradi.Bu qarorgohga kiraverishda bir qoriqchi oʻtiradi.undan keyingi eshik klubga oʻxshash joy bu yerda kopincha koʻngilxushliklar boʻladi.Jk Ji-wooni qoʻlini qoʻyib yuborib oʻzini divanga tashladi.U Ava haqida oʻylar edi.
Jk pov☆
Bu kim boʻldi oʻzi.Menga bunday muomila qilishga qanday botindi.Qiziq koʻzlariga tık qarasam ham oʻzini yoʻqotib qoʻymadi.Qizlar meni koʻrsa hushidan ketadi,koʻzlarimga boqsa aqldan ozadi lekin uu.. Men buni shunday qoldirmayman men albatta unga buning xuni qanday boʻlishini koʻrsatishim kerak.
U shunday deb telefonini olib universitet bosh kotibasiga telefon qildi:
-alo eshitaman,Janob Jeon
-menga yangi kelgan talaba haqida qanday ma'lumotlar boʻlsa hammasini yigʻib olib keling
-hoʻp boʻladi janob
Suhbat tugadi.
Bu orada Ji-woo tibbiy qutichani olib qon boʻlgan joylarini tozalab,malham surayotgandi.
U sekin erkalanib:
-hech qayeringiz lat yemadimi?
-yoʻq hammasi joyida,-sovuq javob berdi oʻzi shundoq ham hayolini yigʻa olmayotgan Jk.
Qiz sekin u tomon yaqinlashdi:
-men esa juda qoʻrqib kettim o'sha yovvoyi qiz bizga qoʻl koʻtardi
-Bu javobsiz qolmaydi havotir olma
-albatta
Jkning fikri hayoli Avada edi, uning kimligini aniqlab undan soʻng qasdini olishi kerak. U oʻrnidan turib Ji-wooga uyiga ketishini aytti va ozi Felix bilan koʻrishgani chiqib ketdi...