♡𝐈꯭𝐬꯭𝐡꯭𝐪꯭ ꯭𝐮꯭𝐦꯭𝐦꯭𝐨꯭𝐧꯭𝐢꯭♡
3-qism¡
Mugi Avani universitetga eltib,oʻzi oʻqishiga ketti.
Direktor xonasi.Ava direktor bilan suhbat qurmoqda.
-yaxshi hamma hujjatlarni topshirgan boʻlsangiz mana bunga imzo cheking.
Ava qogʻozga imzo qoʻydi.Shu payti xonaga kotiba kirdi:
-Janob Gim, Park Jiminni chaqirtirgandingiz kiraversinmi?
-ha albatta
Xonaga Jimin kirib keldi.
Jimin:
-Janob meni chaqirtirgan ekansiz
-Ha Jimin bilasanmi sizning kursingizga yangi talaba keldi bugun uni universitet bilan tanishtirib chiqish sening vazifang.Min xonim,bu yangi kursdoshingiz va u kursda yetakchi.Jimin:
-Salom)
-Saa....ssalom.. Ava unga bu gapni aytar ekan uning betakror koʻzlariga qarab oʻzini yoʻqotib qoʻydi.Uning koʻzlariga choʻkib ketdi va biroz muddatdan soʻng undan koʻzini uzolmay qolganini anglab hijolat boʻlib darrov yerga qaradi.Janob Gim KanSanning gapi bu noqulaylikni buzdi:
-Yaxshi unda sizlar endi bora qoling.Min xonim,otangizga salomlarimni yetkazib qoʻying iltimos.
-Aaa haa albatta Janob.
Jimin(20yosh Avadan bir yosh katta)-oddiy oila farzandi.Otasi Park Do Hwaning kichik zargarlik ustaxonasi mavjud.Onasi Park Hana qandolatchi edi.U Jimin 10yoshligida vafot etgan.Jimin uncha kelishgan boʻlmasa ham tarbiyali,mehribon va aqlli bola.San'atga qiziqadi.
Yoongi eng yaqin qadrdon doʻstlari yoniga yetib keldi.
-RM,Tae qalaysizlar koʻrishmaganimizga ham ancha bo'ldi
-Ha sen yaramas bizni juda sogʻintirding,-dedi RM samimiy kulib.
-nega kelishingni bor ogʻiz aytib qoʻymading seni kutib olardik,-dedi Tae doʻstini quchib.Ular quchoqlashib koʻrishdilar.
RM-kichikligidan oshpazlikka va IT ga qiziqadi.(Toʻgʻrirogʻi u judayam aqlli haker).Uning 10dan ortiq restoranlari,50tacha komputer klublari bor.Mafia olamiga esa qiziqmaydi ammo doʻstlariga yordam berib turadi.
Tae-Minlar bilan oilaviy doʻst.Otasi Kim WuBinning ishlab chiqarish zavodlari bor.Taening esa koʻpgina qimorxonalari va tungi klublari bor.U hamma qizlar orzusidagi ideal bola hech bir qiz uni koʻrganda sevmay qolmaydi lekin Taega qizlarning qizigʻi yoʻq!
♡U faqat va faqat Minani sevadi...♡
Tae:
-hosh Seulga yolgʻiz keldingmi?
-yoq.Singlim bilan keldim
-Ava bilanmi,-Avani eshitib RMning birdan koʻzi chaqnab ketti.Buni koʻrib Yoongini gʻashi keldi
-Ha nima boʻldi hursan boʻlib ketting?
-aaa shunchaki men uni aqlli qiz boʻlgani uchun uning suhbatini olmoqchiman
-Hmmmm qaraya...
RM bu vaziyatdan chiqish uchun:
-Ha aytgancha u qaysi sohada oʻqiyapti,men uni prokuror boʻlmoqchi deb eshitgandim
-ha u harbiy prokuror boʻlmoqchi edi unga men yoʻl qoʻymadim u ham akasini qurol savdosini bilgani uchun bu sohani egallasa nimalar boʻlishini bildi (Ava&Yoongi sirdosh hech qachon oʻrtasida sir saqlashmagan).
Tae RMga biroz tikilib turdida gap boshladi:
-Yoongi singlingni sevgani bormi?
-Yoq.Men kabi u ham erkak zotiga yaqin yoʻlamaydi.Faqatgina bitta doʻsti bor holos.
-ouu unda hali imkonimiz bor ekanda
-Taeeee seni Minang bor,-dedi RM
-men oʻzimnimas seni nazarda tutdm galvars
-Bu haqda unuting,-gapga aralashdi ensasi qotib oʻtirgan Yoongi,-U ham men ham qachondir birini sevib qolamiz.U kim boʻlishi esa nomalum men Ava oʻzi sevib qolishini va menga bu haqda oʻzi aytib berishini kutaman biror kim bilan gaplashib koʻr demayman endi bunday bekorchi gaplarni yigʻishtiring
-chunarli,- dedi RM&Tae (RM yoshligidan Avaga mehribon uni oʻz singlisidek koʻradi va bu sevgi emaslini aniq biladi ammo qitmir Tae uni hol-u joniga qoʻymaydi)
Ava&Jimin direktor xonasidan chiqib universitetni aylanib chiqishdi.Butun ekskursiya davomida Ava hayolini yigʻa olmadi.Hammaga qopol bu qiz bugun juda boshqacha.Uni yuzlari hatto uyalganidan qip-qizil boʻlib qolibti.
Ava pov☆
Menga nimalar boʻlyapti oʻzi nega unga buncha koʻp tikildim.Axir..axir u Britan yigitlaridan kelishganroq emasku?U nega buncha meni oʻziga ohangrabodek tortmoqda?Lekin Unda Britanlarda ham yoq boʻlgan ummon kabi koʻzlar mavjud) nahotki men uni sevib qoldim... hoy Ava, oʻzingni bos bunday boʻlishi mumkin emas!Nega unda Jiminga buncha termuldim Ayysh oʻzimni boshqarolmayapman oʻzimga oʻxshamayapman
Ular hamma yerni koʻrib chiqishdi.Jimin Avani darvoza yonigacha kuzatib qoʻydi.