June 14, 2025

♡𝐈꯭𝐬꯭𝐡꯭𝐪꯭ ꯭𝐮꯭𝐦꯭𝐦꯭𝐨꯭𝐧꯭𝐢꯭♡

1-qism¡
Samolyot Seul aeroportiga kechki 21.oo da kelib qoʻndi. Unda maftunkor Ava va uning akasi Yoongi bor edi. Ular Britaniyadan 8yil deganda ota-onasi yonidan qaytti.Yoongi va Ava janob Min Shin va Min Si xonimning farzandlari, janob Min Shin asos solgan, 30dan ortiq mamlakatlarda faoliyat olib boradigan katta kompaniya Shiney Groupsning merosxoʻrlari hisoblanadi.Bundan 8yil oldin ota-onasi yoniga Britaniyaga koʻchib ketishgan edi.

Hoʻsh alohida toʻxtaladigan boʻlsak, Min Yoongi (27yosh) katta biznesmen Shiney groupsdan tashqari Britaniyada oʻzining qurilish kompaniyasiga ega va bundan tashqari u qurol savdosi olamida Agust D nomi bilan mashhur(lekin buni oilasidan sir tutadi).Bu yerga qurilish kompaniyasini kengaytirish uchun keldi.

Min Yoongi♡

U haqida 2narsani bilish muhim. 1chidan jonidan umidi bor odam unga buyruq ohangida gapirmasligi shart,2chidan esa uning oilasiga yaqinlashmasligi kerak. Oilasiga biron nima boʻlsa hammayoqni ostin-ustun qiladi!

Avaga keladigan boʻlsak.(19yosh) Koʻrinishidan samimiy, doʻstlari koʻp qizdek tuyulsa ham unday emas uni bor yogʻi bitta doʻsti bor u ham Britaniyadan. Ava odamlar bilan tez chiqishib keta olmaydi kamgap va odamovi. U faqat oz yaqinlarigagina sergap va quvnoq boʻla oladi holos. Hali Seulga oʻrganib keta oladimi yoʻqmi bunisi nomalum.

Min Ava☆

U san'at shaydosi rasm chizishni juda yaxshi koʻradi. Koʻpincha 'modern art'ga qoʻl uradi. Bu yerga san'at universitetining zamonaviy rassomchilik boʻlimiga onlayn qabuldan oʻtgani uchun oʻqishga keldi.

Avaning chizgan rasmlari

Bundan tashqari u 3yoshidan akasi borgan sport turiga yani MMAga qiziqadi va bu qiziqish tufayli oʻzi ham shu sport turiga qatnashgan. Akasi sportni tark etganiga qaramasdan u buni davom ettirgan va anchagina oʻyinlarda gʻolib boʻlgan.

Ava

U haqida 2ta muhim narsa 1chisi unga juda zarur boʻlmaganda sababsiz murojaat qilmaslik kerak bu unga yoqmaydi. 2chisi unga hech qachon sevgi isxor qilish kerak emas chunki bu ancha ogʻriqli boʻladi.

Ular aeroportdan taxminan 22.20 atrofida chiqishdi va hashamatli uylariga yoʻl olishdi. 8yil davomida bu uyda ularning xolavachchasi Hwang Mu yashab oʻqib keladi keladi.

Hwang Mu (21 yosh). U ota-onasidan avtohalokat sabab ajralgach, Minlar bu yerda turishlariga ruxsat berishgan.Janob Min uni juda yaxshi koradi va u hozirda moliya sohasida ta'lim oladi.

Hwang Mu

Mashina hashamatli, katta darvoza oldiga yaqinlashganda qoʻriqchilar darvozani ochib berdi va mashina katta, did bilan qurilgan hovliga kirdi.Ular mashinadan tushib eshikni taqqillatishdi.

Minlar uyi

Ichkaridan:
-Jin ursin bu yana nimasi kech boʻlganda kimni kiritishdi buyoqqaaa ayyyyysh tinchgina dam olishgayam qoʻyishmaydi🗿.
U eshikni ochib biroz hayratda qarab turib
- Sss..siz keladigan kuningiz juma emasmidi..🧐
- Hwang Mu uyqisirama axir bugun juma-ku😂, -bu gapni aytar ekan, Yoongi oʻziga umuman oxwamasdi. U jiddiy va shavqatsiz boʻlsa ham yaqin do'stlari va oila a'zolariga doim mehribon va quvnoq boʻlgan.
-aaa yogʻee uzur akajon yodimdan koʻtarilibdi😅 men aslida sizlarni kutib olish uchun bormoqchi edim, -u bunday vaziyatdan biroz hijolat boʻldi. Oraga biroz noqulay sukunat choʻkdi.
Ava bu tinchlikni buzdi:
-Balki ichkariga kirarmiz yoki ertalabgacha shu yerda turish niyatingiz bormi🤨🗿u shunday deb Hwang Muni turtib ichkariga kirdi.
-Salom Ava nega bugun kayfiyating yoʻq yoki meni koʻrganingdan hursand emasmisan😒
-Samolyotda uning asabini buzishdi shunga kayfiyati yoq
-Yogeee, dedi Hwang Mu va Avaning orqasidan asta yutib borib, -hosh kim ekan mening goʻzal xolavachchamni hafa qilgan?¿
-Mugi meni tinch qoʻy muhim emas!!

(Aslida styuardessa qiz uning ustiga coffee toʻkib yuborgan edi buyam yetmagandek qoʻngandan soʻng yuklarni 1soat kutishdi)
-yaxshi oʻzing blasan😒 men futbol koʻrayotgandim birga koʻrmaysizlarmi?
-Biz Ava bilan uxlay qolamiz yetib kelguncha juda charchadik🥱
-yaxshi chunarli.Ava, shoshma yuklaringni olib chiqishingga yordam beraman 🙂
Ular oʻz xonalariga chiqib narsalarni taxlagisi kelmadi Yoongi xonasiga kirdiyu kiyimini ham almashtirmasdan yotoqqa oʻzini tashlab uxlab qoldi.Ava esa avvalo yaxshi uxlashi uchun yengil dush qilib chiqdi so'ng u ham uyquga ketti.