August 1, 2025

♡𝐈꯭𝐬꯭𝐡꯭𝐪꯭ ꯭𝐮꯭𝐦꯭𝐦꯭𝐨꯭𝐧꯭𝐢꯭♡

7-qism¡

Ji-woo Jkni doimgidek oʻz qarorgohidan topdi va unga shikoyat qila ketti:
-Jk bu universitetdagilar jinni boʻldimi?
Jk:
-nma boʻldi,-deb soʻradi huddi oʻzini bilmagandek tutib. Aslida Ji-woo bunday jaxldorlik bilan kelganining ôzidayoq gap nimada ekanini tushungan edi)
-Universitet ma'muriyati talabalarning 20tasini tanlab olib Sindeyga joʻnatar emish
-hoʻsh shunga nima?
-sen aqldan oʻzdingmi Jk u roʻyxatga meni ham qoʻshishgan,-dedi hayrat va gʻazabini hali ham bosa olmagan qiz.
-yaxshi... axir oʻzing chet davlatga uchishni orzu qilarding
-toʻgʻri lekin oʻqish uchun emas sayohat uchun
-hoʻsh bu gapni nima uchun menga aytyabsan?
-Jk ularga meni olib qolishlarini ayt hoziroq... Men.. Men u yerga borishni hohlamayman!
-kechirasanu lekin bunga aralashmayman
-nima uchun axir Universitet hoʻjayinisanku
-Ji-woo! Gapni koʻpaytirib meni boshimni ogʻritma sensiz ham qiladigan ishlarim kam emas
-lekin Jk agar men borishdan bosh tortsam meni chetlatisharkan Men esa sen bilan qolmoqchiman
-bir umr hohlagan dizaynerlik sohangni tanlaysanmi yo oʻqishdan chetlanishnimi
-hech qaysini shuning uchun sendan yordam soʻrayabman
-mendan umid qilma Ji-woo,-beparvo ohangda gaprdi Jk va Felixga qoʻngʻiroq qilgan koʻyi xonani tark etti

Jk

Ji-woo pov☆
Bu nima maynavozchilik u meni gaplarimga e'tibor ham bermaydi. modomiki qolishga imkon yoʻq ekan tayyorganligingni koʻraver Ji-woo...

Ji-woo

~~~

Minlar xonadoni...
Vaqt allaqachon yarım tundan oʻtgan. Mehmonxonada Mugi PlayStation oʻynamoqda, uning orqa tarafidagi divanda esa Ava 1 juft koʻzni hayolida gavdalantirib qogʻozga tushirish bilan band. Har ikkalasi ham Suga ishdan kelishini kutib oʻtiribti. Birdan ochilgan eshik Avani chizib oʻtirgan suratini yashirishga undadi. Qiz yakunlay deb qolgan rasmini berkitib oʻrniga kecha tugatgan kolibri rasmini qoydi.

Yoongi:
-Nega uxlamayapsiz bolalar
Mugi:
-Avaga uxlayver Yoongini oʻzim kutib olaman degandim quloq solmaydi,-deb xolavachchasidan shikoyat qilgan boʻldi
Ava esa indamay turib borib akasini quchdi:
-charchamadingizmi?
Yoongi:
-yoʻq mehribonim ammo sen nega uxlamayapsan?,-soʻradi javoban qizni quchib.
-sizni kutishni hohladim. Negadir hafa koʻrinasiz biron korxol boʻldimi?,-dedi Yoongining tashvishli yuziga qoʻlini bosgancha divanga oʻtirishga undagan qiz.
Yoongi Avaning qoʻlini yuzidan qizning qoʻlchasidan ancha yirik qoʻllari orasiga oʻtkazib:
-hammasi joyida,- deya oldi holos.

Yoongi pov☆
Men buni unga ayta olaman deb oʻylamayman... aywwww lanati shartnomalar amp;#@^!

-aka singil mehribonlar bas qiling endi,-dedi ularni kuzatishdan oʻzini boshqacha his qilgan Mugi
Mugining gapidan Yoongi bir muddat tarqalib ketgan hayollarini yigʻib:
-ha aytgancha 1haftadan keyin dadam va oyim Koreaga qaytarkan
-yaxshiku men dadamni sogʻingan edim,-dedi bir muddat 19yoshli qizdan 5yoshli qizchaga aylanib qolgan Ava

Yoongi singlisini shu holatda koʻrishdan koʻngli biroz yorishdi
-ana end borib dam olinglar ertadan tayyorgarlikni boshlash kerak axir dadamlar necha yil deganda qaytishyapti,-Yoongi bolalarni uxlashga da'vat etib oʻzi ham qisqa esnab qoʻydi. Shu bilan hamma oʻz xonasi tomon yoʻl oldi.

~~~~

3soat oldin...

-Janob Min Shin siz oʻylab gapiryapsizmi?,-dedi jaxlini zoʻrgʻa jilovlab turgan bola otasiga.
-Ha Yoongi. Bu shartnoma kelishuvi ikkala tomon uchun ham manfaatli boʻladi.
-lekin nima uchun Ava. Uning nima aybi bor. Dadaaa... u qoʻgʻirchoq emas allaqanday kelishuv evaziga berib yuboriladigan
-u Jeonlar oilasining yagona kelini boʻladi. Na Koreada na boshqa davlatda hech bir qiz Avachalik katta xonim boʻla olmaydi. U Minlar va Jeonlar sulolasini bogʻlovchi qudratli kuch boʻla oladi.
-ammo Ava bunday shuhratparast emas!
-Yoongi... sen shunchaki chetda kuzat qolgani esa bizning muammoyimiz sen aralashma
-yaxshi chetga chiqqanim boʻlsin ammo yodingizda tuting dadajon Ava qarshi boʻlsa hech qanday toʻy boʻlmaydi. Nima boʻlganda ham Avaning qarori hammasini hal qiladi!
Yoongi jaxl bilan goʻshakni qoʻyib telefonini kreslo ustiga otdi...

Yoongi

Jk erta tongdan uygʻonib yengil dush qabul qilib chiqti va telefonini qoliga olib titkilay boshladi. Shu payt yarım soatdan beri tinmay qoʻngʻiroq qilayotgan Ji-wooning ismi telefon ekranida koʻrinish berdi. Jk uni koʻrib bir yolgʻon esnab qoʻydida goʻshakni koʻtardi.

-alo...
-Jk!!
-nima deysan,-oʻzini goʻyo hali uyqudan uygʻonmagandek tutayotgan Jk oʻz rolini qoyilmaqom oʻynagancha dedi.
-nima sevgilingni kuzatib qoʻyish niyating ham yoʻqmi? Axir 3oyga ketyabman
-yaxshiku... keyin nima uchun senga mashina olib berganman aaa oʻzing yetib olaver
-Jk.... senga nima boʻlyapti oʻzi
-bilmadim... ayni damda uyqim kelyapti meni tinch qoy chunarlimi Xayr!!
Jk Ji-wooni eshitmay turib goʻshakni qoʻydi va oynadagi aksiga boshdan oyoq koʻz yugurtira boshladi.

Jk pov☆
Kechir Ji-woo lekin toʻyim arafasida sening harhashalaringga chiday olmayman. Axir sen shunday omadingni birovga osonlikcha berib qoʻya olmaysan seni fe'lingni yaxshi bilaman...

Jk (soʻkmela mani tasavvurimda bundan boshqacharoq edi halyam topganim shu boʻld)

U oʻz oʻylari bilan band ekan telefon jiringlashi hayollarini bulut kabi tarqatib yubordi.
-Eshitaman...
-janob Jeon ular aeroportga yetib kelishdi
-yaxshi ular bilan birga uchasan shundaymi?
-ha janob
-uni yaxshilab kuzat har bir qadami haqida hisobot berasan lekin men aytmagunimcha hech qanday harakat qilmaysan.
-albatta janob. hammasi siz buyurganingizdek boʻladi...