"Erudit-kvartet" o'zi nima?
Sportcha ChGKning o'yin turlaridan biri bu "Shaxsiy o'yin" ("Своя игра") bo'lib, u yakkalik va jamoaviy turlarga bo'linadi.
Jamoa a'zolari 4 kishidan ishtirok etuvchi o'yin nomi esa - "Erudit-kvartet"
"Erudit-kvartet"ning klassik qoidalari haqida qisqacha:
- har bir jamoada kamida 4tadan o'yinchi bo'lishi kerak;
- jamoaning har bir a'zosi har bir bosqichdagi turlarda bir martadan qatnashishi kerak;
1. Ochiq tur - ushbu tur boshida boshlovchi hamma rounddagi mavzularni aytadi va jamoa bir daqiqa ichida qaysi mavzuda qaysi o'yinchi ishtirok etishini kelishib oladi.
2. Yarim ochiq tur - boshlovchi round boshida mavzuni e'lon qiladi. Jamoa a'zolari esa ushbu roundda kim qatnashishini 20 soniyada ichida hal qiladi. Turning ikkinchi roundi oldidan mavzu yana ochiqlanadi va yana 20 soniya ichida ishtirokchi tanlab olinadi.
3. Yopiq tur - bunda boshlovchi mavzularni e'lon qilmaydi va har bir jamoadan jamoa a'zolaridan biri jang stolidan o'rin olgach mavzu ochiqlanadi.
- turlardagi har bir roundda bir umumiy mavzu doirasida 5 tadan savol o'ynaladi. Savollar muallif tomonidan belgilangan qiyinlik darajasiga qarab belgilangan nominalda (10, 20, 30, 40, 50) baholanadi.
- agar o'yinchi tomonidan savolga to'g'ri javob berilsa, o'sha savolga belgilangan qiymat jamoa ochkolariga qo'shiladi. Agar xato javob berilsa, o'sha qiymat ayrib yuboriladi. Har bir round va tur oxirida jamoa natijasi umumiylashtirilib, e'lon qilinadi.
- o'yinchi tomonidan berilgan javobning to'g'riligi boshlovchi tomonidan belgilanadi. Javob, agar savol formulasiga aniq mos kelsa to'g'ri deb baholanadi. Agar javobda aniqlashtirish talab qilinadigan ma'lumotlar talab qilinsa, boshlovchi javob bergan o'yinchidan javobni aniqlashtirishni talab qilishi mumkin.
- savollar, har bir roundda qiyinlik darajasiga qarab, o'sib borish tartibida ketma-ketlanishi kerak.
-savolga javob berishni xohlagan o'yinchi qarsak chalishi kerak. Javob berish huquqi birinchi qarsak chalgan o'yinchiga beriladi. Oʼyinchi, round mavzusi hamda savol qiymati elon qilingandan boshlab istalgan paytda qarsak chalish orqali javob bermoqchi ekanini bildirishi mumkin. Agar birinchi qarsak chalgan oʼyinchining bergan javobi xato boʼlsa, qolgan o`yinchilarga javob berish imkoni taqdim etiladi.
- har bir savolni oʼylab koʼrish uchun 5 sekunddan koʼp boʻlmagan vaqt beriladi.
- biror oʼyinchi tomonidan qarsak chalinishi bilan boshlovchi savolni oʻqishni toʼxtatadi va javobni qabul qiladi. Bu holatda oʼyinchi savol formulasini boshlovchidan soʻrab olishi, shuningdek javob berishni 3 sekunddan uzoqroq toʼxtatib turishi mumkin emas. Oʼyinchi tomonidan berilgan javob xato boʼlganda yoki 3 sekunddan oshib ketganda boshlovchi savolning qolgan qismini boshqa oʻyinchilarga oʼqib eshittiradi.
- savol yuzasidan bahsli holatlar, yani texnik yoki faktik xatolik yuzaga kelganda hamda zaldagi tomoshabinlardan aytib berish holati kuzatilganda savol bekor qilinadi va shu qiymatdagi boshqa savol bilan almashtiriladi.
- oʼyin gʻolibi jamoalar tomonidan yigʼilgan jami ochkolarga qarab aniqlanadi va koʼproq ochko yigʼgan jamoa gʼolib boladi. Agar ikki yoki undan ortiq jamoalarning ochkolari teng kelib qolsa, ochiq jang uslubidagi qoʼshimcha round oʼynaladi.