NEXIA: 90-yillar sedanidan zamonaviy kompakt avtomobilgacha. 1-qism
Daewoo Nexia - bu mashhur avtomobil, shuningdek juda oddiy, kompakt C-klassga tegishli avtomobil. Uning asosini esa Opel Kadett E tashkil qiladi.
I AVLOD
Shuningdek ushbu mashina dunyo bozorlarida turli old qismi dizaynining o'zgargan holatda Asüna GT, Asüna SE, Daewoo 1.5i, Daewoo Fantasy, Daewoo Pointer, Daewoo Racer, Passport Optima va Pontiac LeMans nomlari bilan sotilgan. LeMans modeli 96 ot kuchi va 2.0 litrli 4 silindrli dvigatelbilan jihozlangan. Yevropa va MDH davlatlari uchun esa Daewoo Nexia yoki Daewoo Racer nomlari bilan olib kelina boshlandi.
Qaysi davlatlarda yig'ilgan: J.Koreya, Xitoy
II AVLOD
II Avlod Nexia yoki LeMans bu aynan O'zbekistonga kirib kelgan avtomobil hisoblanadi. Uning nomi Korea va dunyoda Daewoo Cielo bo'lgan bo'lsa, yurtimizga NEXIA nomi bilan kirib keldi.
1996-yildan restayling qilingan 75 ot kuchili 8 klapanli SOHC Nexia O'zbekiston xususan Asakada ishlab chiqarila boshlandi.
2008 yilda esa yangi dizayndagi avto NEXIA II ning taqdimoti Toshkent shahrida bo'lib o'tdi. Avtomobil dizayni bilan B.Britaniyaning Concept Group International LTD bilan hamkorlikda GM Uzbekistan ishlab chiqdi
Yakun
Ushbu Opel Kadett E asosidagi modellarning ishlab chiqarilishi dunyoning ko'pgina davlatlarda 2008-yillarga kelib yakunlandi. Faqatgina O'zbekistonda 2016-yilda GM Uzbekistan tomonidan Chevrolet Aveo asosida NEXIA III modeli ishlab chiqarilishi e'lon qilinishi bilan ushbu avtomobil modeli ishlab chiqarilishi yakunlandi.
NEXIA III haqida