November 5, 2024

UNING JINOYATI — UNING GO'ZALLIGIDIR

Tavsiya qilinadigan qo'shiq — Taylor Swift cardigan - slowed reverb.

PovLina: Men Jeon Jungkookning haqiqiy sevgisi qaytib kelgunga qadar besh yil davomida "shartnomali sevgilisi" edim. U shartnomani bekor qilishi aniq edi. Besh yildan keyin uning muzlab qolgan yuragi erishga va meni sevib qolishga o'zimni ishontirdim. Men qanchalik xato qildim. Unga aytmasamda 3 oylik umrim bor....
••••••••••
Jeon JUNGKOOKning shaxsiy samalyoti xalqaro aeroportga qo'ndi. U seulga kelishi bilanoq shartnomali xotinini joylashtirishlari buyurgan mehmonxonaga bordi. Jungkook uni hech qachon o'zi uyiga olib bormagan. Jungkookning talablariga ko'ra uning shartli xotini butunlay toza xolatda bo'lishi kerak edi. Xatto bo'yanish vositalarga ruxsat etmagan yigit Lina joylashgan xonaga kirib uni qarshisiga kelib joylashdi.

— Hayrli kech.

Jungkook birinchi martda menga muloyim so'zlab hozirgina o'tirgan joyidan siljidi, yonimga yaqinlashib iyagimni siqgancha menga qaradi . U atrofdan muloyim va be ozor ko'rinsada menga nisbatan bunday emas edi. Yani bizning yotoqda u muloyimlik illatni yashirib qo'yardi. Mening 5 yillik azoblarim yana boshlanish ostonasida edi . U nafsini bosish uchun ko'p o'tmay men bilan shavqatsiz aloqada bo'ldi. Men qanday uyquga ketganim haqida bilmasdim.

Ertalab uyqudan uyg'onganimda yotoq ustida mendan boshqa hech kim Yo'q ekanligini payqadim. Ammo eshikni ochilishi mening butun o'ylarimni barbandimon qildi

— Hayrli tong .

Jungkook qo'lidagi bazi hujjatlar bilan kirib kelganida hayron bo'lib o'rnimdan turib uning qarshisiga bordim.

— Men shartnomani bekor qilmoqchiman.

Ustimga qulagan bu bino ! Meni tiriklayin yer qariga g'arq qilgandi. Men xato qilgandim . 5 yillik umrimni " u meni sevib qoladi" degan jumla bilan sarflagandim.

— Ammo nega kutilmaganda? Shartnoma shusiz ham 6 oydan so'ng o'z yakuniga yetadi?

Mening so'ngi 3 oy umrim ham u bilan yakun topishini istagandim. Ammo u bularga etbor qaratmadi.

— Sen bunga rozilik bermaysanmi?

Uning savolini alamli bo'lsada mazah qilishga majbur bo'ldim.

— albatta qarshi emasman. Taklifingiz menga maʼqul janob Jeon.

Men uning qo'lidan hujjatlarni tortib olib ularga imzo chekdim. O'ylamay qilingan qarordan azob chekishim mumkin bo'lsada men hech narsa demadim.

— Oh, Jeon Bu ajoyib imkoniyat.

U menga savol tariqasida faqat nazar tashladi.

— Men endi bu 5 yillik qafasdan chiqib o'zim uchun yaxshiroq yigit topishim va u bilan baxtli bo'lishim mumkin .

Jungkook menga darxol qarab nigohni tezda yashirdi.

— Istaganingizni qilishingiz mumkin Lina xonim.
xonim.

U 5 yil ichida ilk marotaba mulozamat yuzasidan so'zlagandan so'ng hujjatlarni olib xonadan butunlay yo'qolib qoldi. Men ichimda tutib turgan barcha alam lazzatini tashqariga chiqarmaslik uchun qattiq harakat qildim. Birozdan so'ng mehmonxona eshigi qattiq jiringladi.

Jungkook keldi !

Men ko'zlarimga ishonmay eshikni ochish uchun qattiq shoshildim. Eshik yoniga yetib olgach eshikni ochganimda yuragim kesilib ketdi.

— xonim !

Bu Jungkookning yordamchisi Eduard edi.

— xonim tabletka keltirdim.

Iltimos ohirigi bor uni iching.
Meni yuragim parchalanib ketgan bo'lsada, tabletkalarni olishga majbur edim. Homiladorlikga qarshi dorilarni Jungkook bilan birga bo'lgandan so'ng qabul qilardim. Eduardning o'zi buni shaxsan nazorat ostiga olardi. Men ularni yutib yubordim Eduard tabletkani to'liq ichganimga ishonch xosil qilib bo'lgandan so'ng qo'limga hujjatlar va konvert uzatdi.

— Janob Jeon sizga Seoldan uy va eng yaxshi mashinasini xatlab berdi. Undan tashqari 5 million dollar pul ham ajratdi.

3 oylik umri qolgan inson uchun bularning hech biri muhim emas edi. Havoda muallaq qolgan hujjat va pullarga xatto qo'l cho'zmadim.

— Jeonga ayting, uning pullari va hashamatli uylari menga kerak emas.

Men ishonch bilan gapirganimdan so'ng Eduardning nigohi xiralashganini tushundim.
— Xonim sizningcha u bergan narsalar siz uchun kamlik qiladimi?
Men bu xatti harakatlarimni bu tarzda tushunishi haqida bir on ham o'ylab ko'rmadim. Unga o'sha yerda turishni tayinlab yotoqxonaga kirguncha sumalakning cho'ntagidan qora kartani chiqarib eshik yoniga keldim.

— Buni Jeonga bering.

Eduardning nigohida savol paydo bo'lgandan so'ng men barini tushuntirish uchun hayolimdagi so'zlarni jamlay boshladim.

— Bu Jeon menga berib kelgan pullari. Men uni bir tiyinini ham sarflamadim.
Uning yuzida hayratlanish paydo bo'ldi

— xonim nahotki , bir tiyin ham sarf qilmadingiz?

— Jeondan menga hech narsa kerak emas. Endi esa men ketaman. Bularni Jeonga ber.

PovAvtor: Boshini tik tutgan qiz, Eduardni kuzatib o'zi ham bu yerda ko'proq qolishni istamadi. U tezda narsalarni joylab, hozirda o'zi yashayotgan uyga bordi. Hech ikkilanishsiz barcha narsalarni uydan yig'ishtirdi. Ko'chish ko'p vaqt talab qilmagan bo'lsada, Aari u yerda ancha qolib ketdi ,qalbidagi iztirobni qanday bostirishni bilmagan qizaloq, qo'lidagi birgina chimadan bilan, u uyni tark etdi. Mashinaga o'tirishdan avval mobil telefonini olib Eduardga xabar yubordi.
Habar yuborilgach u mashinaga chiqib uyni butunlayga tark etdi. Chunki uy ham Jeonga tegishli edi. Eduard xabarni olib butunlay hayron bo'lib qoldi. Ammo u aqlli edi. Gap nimada ekanligini tushungan yigit Jeon kompaniyasiga kelib Jungkookning xonasiga kirishga ijozat so'radi.
— Janob, Lina xonim ketdi.

Jeon , tezda Eduardning yumshoq nigohlariga maʼnosiz qarab shunchaki bosh chayqadi. Ammo Jeon uchun boshlangan hamma narsa endi yaxshi bo'lmasligi aniq edi. Yoki keyinroq Jeon itdek burdalanib tashlanishi mumkin. Shartnomali sevgilisi uni tark etishi bu hamma uchun xotima bo'lishi mumkin edi.

— Ammo Janob Jeon, xonim bergan pullaringiz va uylaringizni hech birini qabul qilishni istamadi.

Eduard boshini quyi egib qadamni tezlatgancha Jeonnning kompyuteri oldiga kalitlarni va bir nechta narsalarni qo'ydi.

Jungkook ajablanib so'radi : — U bularni hech birini qabul qilmadimi?
Eduardning nigohi qatʼiylashib yuragi tezlashib ketdi : — Xonimga 5 yil mobaynida bergan pullaringizni barchasi stulingizda turgan qora kartada. Men pullarni yechish uchun bankka bordim.
Keyin Eduard to'xtab qolib chuqur nafas oldi ; — Bu kartada xatto bir million dollar koʻproq mablagʻ bor.
Jungkook qancha chiranmasin ko'zidagi hayrati yonib ketdi.

— Janob, xonim sizni...

— Chiq.

Jungkook Eduardning so'zlarni bo'lib baqirdi. Jungkookni qanday qattiyatlik bilan qichqirganini sezgan yigit boshqa biror narsa demadi. Jeon boshqa hech narsa haqida o'ylashni istamaydi. U hamma narsani olib yana ishlash uchun oshiqdi.
2-sahna
Men barchasini ortga tashlab mehribonlik uyida katta bo'lgan eng yaqin dugonamning uyiga keldim. 5 yil avval Jungkook meni olib ketganida Deva shu yerga kelishimni aytgandi. Men butun xatolarimni yelkamga ortib eshik qoʻngʻirogʻini chaldim. Ichkaridan Devaning ingichka ovozini eshitib yengillikni his qildim.
— Lina
U eshikni ochib hayratdan qotib qoldi. Biz on o'sha yerda turganidan so'ng, men qattiq ko'z yosh to'kdim. Yanoqlarimdan yumalab tushgan yoshni sindirib Deva meni bag'riga soldi.
— ketishingdan avval ogohlanitirgandim Lina

Men nimadir aytishga yoki gapirishga fursat topolmay faqat yig'lardim. Deva mendan hech qanday so'z ololmagach ichkariga chimadanlarim bilan birga olib kirdi. Uyning kichik aurasi menga Deva bilan o'tkazgan eng yaxshi xotiralarimni qaytarib berdi.
Keyinroq men unga , shartnoma bekor bo'lganini aytdim.
— Endi nima qilmoqchisan?
Deva mendan ajablanib so'radi.
— Avvalo, kompaniyadagi ishdan ketaman. Men charchadim 5 yil davomida tinimsiz ishladim. Boshqa madorim qolmadi Deva.

— albatta Jeonning pullarini qaytarish uchun ancha mehnat qilding. Endi dam olishing kerak.
Men alam bilan boshimni chayqadim. Men u bilan juda ko'p narsalar haqida gaplashdim
Keyin qarasam tunning yarim qismdan o'tib ketganini payqadim. Men biroz tinchlanish maqsadida uxlashga qaror qildim. Tongda kompaniyaga borib ishdan Bo'shash uchun ariza yozishim kerak edi.
• 3- sahna •
PovAvtor: Ertasi kuni ertalab Lina oqargan yuzi va lablarini yopish uchun biroz bo'yandi va ishdan ketish uchun kompaniyaga ketdi.
U o'tirib, bo'shash haqidagi ariza yozish uchun kompyuterni yoqmoqchi bo'lganida, uning hamkasbi Bella kelib qichqirdi
— Lina elektron pochtani o'qidingizmi?
Men ularni o'qmaganim uchun shunchaki bosh chayqadim. U yana davom etdi.
— Lili , bosh direktorining qizi. U chet eldan bosh direktori lavozimi uchun kelayotgan ekan.
Lili mening etiborimni torta olmasdi. Endi ishdan ketadigan inson uchun bularni zarracha ahamiyat Yo'q edi.
—Eshitishimcha, u xorijdan o'qib qaytgan, shuning uchun unchalik ish tajribasi yo'q. Hatto bu ishga loyiqmi?
Yana bir hamkasbi Lika istehzo bilan gapirdi
— Kim uni so'roq qilishga jurʼat etardi. u Janob Jeonning uzoq vaqt avval yoʻqolgan sevgilisi !