May 14
Nogironlik nafaqasi toʻgʻrilab berishi evaziga 200 dollar soʻragan shifokor ushlandi
Voqea Buxoro viloyati Jondor tumanida boʻlib oʻtgan.
Maʼlum boʻlishicha, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi bir fuqaroga nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli boʻladigan hujjatlarni tayyorlab berishni vaʼda qilgan. Bunda u vakolatli tanishlari borligini aytgan.
Joriy yilning 25-aprel kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida shifokor tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning maʼmuriy binosida talab qilingan pulni olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.