March 17
Yomg‘ir suvlaridan foydalanish tizimini joriy etish bo‘yicha dastur qabul qilish kerak - Ekopartiya
Bugun Markaziy Osiyo ekologik inqiroz ostonasiga kelib qolganini hammamiz bilamiz. Bilamizu tejamkorlik degan tushunchaga amal qilmaymiz. Nega deysizmi?
Ekologik partiya ma’lumotiga ko‘ra, hozir bir kishining kunlik o‘rtacha suv sarfi 130 litrni tashkil etadi. Agar yomg‘ir suvidan foydalansa, bir kishi kuniga o‘rtacha 71 litrgacha ichimlik suvni tejashi mumkin ekan.
Shu bois O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizda yomg‘ir suvlaridan foydalanish tizimini joriy etish bo‘yicha dastur qabul qilishni taklif etmoqda. Partiya o‘z takliflarini ishlab chiqib, Hukumatga taqdim etadi.