May 15

Navoiyda zarur xarajatlar uchun ikki milliard so‘mdan oshiq pul ajratildi

Jumladan, ta’lim sohasiga 1,2 milliard so‘m mablag‘ beriladi. 

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov pul ajratish bo‘yicha farmoyishni imzoladi.

Unga ko‘ra, kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi talab etiladigan va boshqa xarajatlar uchun yo‘naltirilgan mablag‘ hisobidan 1 mlrd. 780 mln. so‘m, viloyat mahalliy budjetining zaxira mablag‘lari hisobidan 307 mln. so‘m, jami 2 mlrd. 93 mln. so‘m pul ajratildi.

Jumladan, viloyat hokimligi vakillarining Samarqand viloyatiga xizmat safari uchun 27 million so‘m, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga 90 mln. so‘m beriladi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlash uchun 1 mlrd. 200 mln. so‘m taqdim etiladi, shuningdek obodonlashtirish boshqarmalarishga ham mablag‘ beriladi. Jumladan, Navoiy viloyati obodonlashtirish boshqarmasi 300 million so‘m oladi.

Ta’kidlash kerakki, Normat Tursunov bir oycha avval ham maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, Yozuvchilar uyushmasi va obodonlashtirish sohasiga 2,5 mlrd. so‘m pul ajratgandi.