March 9

Toshkentda taroveh namozlari munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi

Joriy yilning 10-mart kunidan boshlab har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.

Bu haqda IIBB xabar bermoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
— Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.
Bektemir tumani bo‘yicha:
— Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Xusayin Boyqaro ko‘chasiga qadar.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
— Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.
— Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.
Mirobod tumani bo‘yicha:
— Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar.— Quyliq ota masjidi TXAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.
Sergeli tumani bo‘yicha:
— Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar.
— No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli – No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
— Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.
— Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorraxasigacha.
— Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.
Yangihayot tumani:
— Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
— Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha.— Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.
Olmazor tumani bo‘yicha:
— Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.
— Islomobod masjidi KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.
— Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
— Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
— Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha. — Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
— Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.
— Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.
— Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.
Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.