March 18

Buxoroda ikki nafar IIB ofitseri qo‘lga olindi

Ular giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashishda ayblanmoqda. 

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Joriy yilning 16-mart kuni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimlari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashganlari aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida qo‘lga olinganlar.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq mijozlardan noqonuniy pul undirgan MIB va soliqchilarga hukm o‘qilgandi.