Qator davlatlar Rossiyadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirmoqda
AQSH va Yevropa davlatlari, shuningdek Janubiy Koreya o‘z fuqarolariga Rossiyaga borishdan tiyilishga chaqirdi.
Janubiy Koreya, Chexiya, Kanada va Shvetsiya Rossiyada teraktlar sodir etilishi xavfidan ogohlantirmoqda. “Kommersant” ushbu mamlakatlardan kelgan xabarlarga e’tibor qaratdi.
Bu mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va hukumatlari ham biroz avval Amerika elchixonasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga o‘xshash bayonotlar berishdi.
Bungacha Latviya Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni Rossiyaga sayohat qilishdan tiyilishga, Moskvadagilarni esa yaqin 48 soat ichida teraktlar xavfi tufayli ommaviy tadbirlardan qochishga chaqirgan edi.
Shunga o‘xshash ogohlantirishlar avvalroq AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya tomonidan ham e’lon qilingan. AQSH diplomatik missiyasining press-relizida aytilishicha, Moskvada 48 soat ichida teraktlar sodir etilishi mumkin.