July 1

Kogon tumani g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi

Kogon tumani g‘allakorlari o‘z shijoat va mehnatlari evaziga joriy yilgi mavsumda ham davlatga don topshirish rejasini ortig‘i bilan bajarib, mamlakatimiz g‘alla xirmoniga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Tumanimizda joriy yilning hosili uchun 220 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 4 ming 511 gektar maydonda “Vassa”, “Alekseyevich”, “Grom” navli boshoqli don ekinlari parvarishlanib, mavsum avvalida davlatga 13 ming 074 tonna g‘alla topshirish belgilangan edi.

Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli olib borilishi, g‘allani qisqa muddatda yig‘ib olish maqsadida tegishli otradlar tuzilib, zarur texnikalar bilan ta’minlanishi o‘z samarasini berdi.

Terim jarayonini uyushqoqlik bilan tashkil qilgan kogonlik g‘allakorlar davlatga 13 ming 120 tonna don topshirib, shartnomaviy rejani ortig‘i bilan bajardilar.

Tumanimizda o‘rim-yig‘imga alohida hozirlik ko‘rilib, barcha yumushlar uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Mavjud g‘alla maydonlari mavsumga puxta tayyorlanib, otradlar tashkil etilib, otradlarga 12 ta yuqori unumli don o‘rish kombaynlari hamda don tashish yuk avtomobillari, shuningdek ko‘chma ustaxonalar va yoqilg‘i tarqatish agregatlari biriktirildi.

G‘alla o‘rimi mavsumida Elyor f\x, Fidoyi 98 f\x, Yorqulov Ulug‘bek f\x, Rizq-ro'z f\x, Zarafshon jayroni f\x lari yuqori hosildorlikka erishdilar.

Ekinlar zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinishi samarasida maysa tuplarida boshoqlar bo‘liqligi ta’minlanib, kutilgan hosil yetishtirildi. Hosilni rivojlanishida tajribali mirishkorlar maslahati asosida ish yuritilgani, suvdan tejab, oqilona foydalanilgani va mahalliy, mineral o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirilib, zamonaviy texnologiyalar asosida parvarishlangani yutuqlar omili bo‘ldi.

Hali dalalarda hosil mo‘l, g‘alla o‘rimi davom etmoqda.

Kogon tumani hokimligi axborot xizmati