Kogon tuman hokimi Otabek Qazoqovning Ichki ishlar organlari xodimlariga bayram tabrigi!
Assalomu alaykum, ichki ishlar organlari xodimlari, Muhtaram faxriylar!
Barchamizga ma'lumki har yili mamlakatimizda 25-oktabr – "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" sifatida keng nishonlab kelinadi. Shu munosabat bilan Siz, yurtimizning sodiq o‘g‘lonlari - osoyishtaligimiz posbonlarini Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Tinchlik va osoyishtalik – buyuk ne’mat. Bu bebaho ne’matni asrab avaylash yo‘lida tunu-kun orom bilmay mehnat qilayotgan har bir yurt posbonining bayramidir bu !
Soʻnggi yillarda barcha mahallalarda xavfsiz, tinch va osoyishta muhitni yaratish, tizimni raqamlashtirish, tuzulmalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali kadrlarni tayyorlash borasida yuqori natijalarga erishildi.
Ushbu tizimli ishlar va profilaktik tadbirlar natijasi o'laroq voyaga yetmaganlar, yoshlar, hamda ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning sezilarli darajada kamayishiga erishildi.
Yurtimiz ravnaqi va hayotimiz farovonligiga qo‘shayotgan hissangiz, vatanparvarligingiz hamda kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz uchun Sizga, ofarin deymiz!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat, xonadonlaringizga xotirjamlik va galdagi faoliyatlaringizga ulkan yutuqlar tilayman!