August 25

KOGON TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI DOIMIY QO'LLAB-QUVVATLANMOQDA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasida yana bir muhim qadam tashlandi. Qarorga muvofiq, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi, zamonaviy yondashuv asosidagi ijtimoiy xizmatlar joriy etildi.

Qaror ijrosi doirasida Kogon tumani Taraqqiyot MFYsida uy sharoitida qarab turish xizmati ko'rsatilmoqda. Xususan, Xurshid Shamsiddinov ushbu xizmatdan foydalanib kelmoqda. Unga bir necha yildan buyon parvarishlash bilan bo‘lganligi tufayli ishsiz bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Muxayyo opani o‘zini-o‘zi band qilgan holda uy sharoitida qarab turish xizmatiga biriktirildi.

Mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim Madina Hoshimova xonadonlari o'rganish jarayonida Shamsiddinovlar oilasiga kompleks yondoshuvi asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha individual ijtimoiy xizmatlar rejasi ishlab chiqildi.

•        Xurshid akaning harakatlanishi uchun vaucher asosida yurish moslamasi (xadunok) berildi.

•        “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida uyda parvarishlash xizmati bilan qamrab olindi.

•         Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun qish mavsumida kompensatsiya to'lovi berildi.

•         Oila “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritildi:

•        Turmush o‘rtog‘i Jumayeva Muxayyo opaga sog‘ligini tiklashi uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratildi.

Oilaga biriktirilgan rahbar oilani qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish yo‘lida doimiy harakatda. Ushbu ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida oilaning turmush tarzini o‘zgartirmoqda, bolalar ta’lim olmoqda, Xurshid aka ijtimoiy hayotga qaytmoqda. Va bu islohotlar ortida birgina maqsad turibdi — xalq farovonligi, barqaror hayot, baxtli kelajak.

|Kogon tumani "inson" ijtimoiy xizmatlar markazi