KOGON TUMANI HOKIMI OTABEK QAZOQOVNING YANGI YIL BAYRAMI TABRIGI
Hurmatli tumandoshlar! Qadrli do‘stlar!
Аvvalo, barchangizni yurtimizga qutlugʼ qadamlar bilan kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam sogʼlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
2024-yil tumanimiz hayotining barcha sohalarida sezilarli oʼsish va ahamiyatli natijalar bilan yakunlanmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yoʼnaltirilgan, hududlarimiz qiyofasini yangilash, odamlarimiz uchun har jihatdan qulay turmush sharoitlarini yaratishga doir maqsadli dasturlar va muhim loyihalar ishlab chiqilib, uning ijrosi toʼla taʼminlanmoqda.
Buning zamirida albatta siz, mard va tanti tumanimiz ahlining fidokorona mehnati, ezgu intilishlari mujassam.
Kirib kelayotgan 2025-yilda ham xalqimiz hayotida bundan ham katta oʼzgarishlar roʼy berishiga, el-yurtimiz yangi-yangi ulkan yutuqlarni qoʼlga kiritishiga shubha yoʼq.
Albatta barchamiz bir tan-u jon bo'lib, yangi 2025-yilda tumanimiz farovonligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda boshlagan keng koʼlamli islohotlarimizni izchil davom ettiramiz.
Mana shunday quvonchli damlarda Sizlarni Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, oʼzimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi yil har bir xonadonga qut-baraka, xotirjamlik, baxtli va farovon hayot olib kelsin!