September 26

Nafs changaliga tushib qolmang!

Yuqorida keltirilgan xalqimizga ma’lum hikmatli ibora bejizga aytilmaganligi bugun ba’zi bir insonlarning nojo‘ya hatti – harakatida ko‘zga tashlanmoqda. Sudlanuvchi Akbarov Doston Azimovich (ism-sharifi o‘zgartirilgan) ham o‘zi nafsiga qul bo‘lganlardan biri.
Sudlanuvchi Akbarov Doston Azimovich (ism-sharifi o‘zgartirilgan) 2025-yil 30 yanvar kuni soat 10:40 larda spirtli ichimlik ichgan mast holatda, fuqaro Umarov Eshmurod Botirovich (ism-sharifi o‘zgartirilgan) yashab kelayotgan Kogon tumani “O‘zbekiston” MFY Konchilar ko‘chasida joylashgan uyga eshik oynasini sindirib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uy yotoqxonasidagi kiyim jovoni ichida turgan metall seyfni buzib, uning ustida bo‘lgan E.Umarovga tegishli bo‘lgan 1 dona bahosi 200.000 so‘mlik ayollar qo‘l soatini, 2 juft jami bahosi 100.000 so‘mlik ayollar bijuteriya ziraklari, 1 dona bahosi 50.000 so‘mlik ayollar bijuteriya bilak uzugi va 150.000 so‘m naqd pullarni yashirin ravishda talon taroj qilib, shuningdek uyda bo‘lgan videokuzatuv kamerasi ekraniga 1.000.000 so‘mlik shikast yetkazib, uyning xonasidan hovliga chiqib ketayotgan vaqtda jabrlanuvchi Umarov Eshmurod Botirovich tomonidan ushlanib o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilishga suiqasd qilgan.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi, sud binosida ochiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, Akbarov Doston Azimovichga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25,169-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan oylik ish haqining 15 foizi davlat daromadiga ushlab qolgan holda, 2 (ikki) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Nafs balosini jilovlay olganida edi, bugun uning yuzi yorug‘, o‘zi esa xotirjamlikda bo‘lgan bo‘lardi. Nafs qopqoniga tushishdan ehtiyot bo‘ling. Zero, nafs balodir!

Qosim Xolov Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi raisi