Today

INSON QADRI – TARAQQIYOT STRATEGIYASINING ASOSI!

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimlaridagi islohatlar hayotning barcha jabhalarida tarkibiy o‘zgarishlarga olib keldi, Gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilmfan munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.

Bu borada O‘zbekistonda, Ona yurtimizda olib borilayotgan ishlarning samarali natija berayotgani bejizga emas. Gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashlari, shuningdek Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi.

Ayniqsa xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi tashkil qilinib va bu lavozim egalariga davlat xizmatchisi maqomi berildi.

Bugungi kunda turli darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari tizimida ham gendr tenglik buyicha keng ko‘lamli ishar amalga oshirilmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qaysi bir tashkilot yoki korxonaga bormang, u yerda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va rahbar lavozimidagi ayollarni ko‘rib xursand bo‘lasan kishi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish masalalari bo‘yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.

Shu bilan birga bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan muammolarimiz ham yo‘q emas.Shu nuqtai nazardan oilaviy huquqiy munosabatlarning gendr tenglig to‘g‘risida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.targ‘ibot va tashviqot ishlarining olib borilishi natijasida tazyiq va zo‘ravonlik ning oldi olinib, muammolar o‘z joyida bartaraf etilmoqda. Gendr tenglik nafaqat ayollar va erkaklar tengligi, balki ayollar huquqiy madaniyatini oshirish va jamiyatda ayollarning o‘z o‘rnini topishida muhim vosita hisoblanadi.

Qaysi yurtda va jamiyatda ayol ulug‘lanar ekan, demak o‘sha yurtda rivojlanish va yuksalish bo‘laveradi.

Kogon tumani hokimi o'rinbosari - Laylo Radjabova