KOGON TUMANIDA IJRO INTIZOMINI MUSTAHKAMLASHGA DOIR O'QUV TASHKIL ETILDI
Kogon tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilda “ijro.gov.uz” tizimida qo‘yilgan nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolar, shuningdek, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan hokimlik boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligi apparat xodimlari ishtirok etgan ushbu o‘quvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 07-15-1-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi qarori bilan ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yangi bilimlar berildi hamda bu sohada amalga oshirish lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilab olindi.