Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi
Mutaxassislarning fikricha, bolaning har tomonlama sog‘lom ulg‘ayishida eng avvalo uning to‘g‘ri ovqatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, Kogon tumanidagi 3-DMTTda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilish, yagona taomnoma asosida ovqatlantirish masalalariga bag'ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda tarbiyalanuvchilarning bir kunlik ovqatlanish ratsioni, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish, bunda qo‘yiladigan gigiyenik talablar, maktabgacha ta’lim muassasalarining oshxonalari faoliyati, xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.