April 6, 2025

THE THIEF OF MY HEART

𝚂𝙴𝚅𝙶𝙸 𝙹𝙸𝙽𝙾𝚈𝙰𝚃 𝙱𝙾ʻ𝙻𝚂𝙰, 𝙼𝙴𝙽 𝙰𝙻𝙻𝙰𝚀𝙰𝙲𝙷𝙾𝙽 𝙰𝚈𝙱𝙳𝙾𝚁𝙼𝙰𝙽...

2ep

Jimin yuragi gupillab urardi. Yuragining har bir zarbi ongiga bitta-bitta savollarni

yog‘dirar, lekin u javob topa olmasdi. Bu yo‘lga kirishi kerakmi? Bu uning taqdiri

bo‘lishi mumkinmi? Boshqa yo‘l yo‘qmi? Qo‘rquv uni qamrab olgan edi. Orqaga

qaytish kech bo‘lib qolganidan, u hali yo‘lning boshida ekanini o‘zi ham unutib

qo‘ygandi. Biroq bitta narsa aniq edi – u tirik qolishi kerak.

Og‘ir qadamlar bilan uyiga kirdi. Yuragi tez urayotganiga qaramay, u tashqaridan

o‘zini odatdagidek ko‘rsatishga harakat qilardi. Ammo bir lahzada hammasi

o‘zgarib ketdi. Eshik ochiq edi. Jiminning yuragi yana bir necha marta urib, go‘yo

to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Qo‘llari muzlab ketdi. Kimdir ichkarida bo‘lishi mumkin

edi. Kim? Dushmanmi? Biror kishi uning sirini bilib qolganmikan?

U asta-sekin eshik oldiga bordi, ichkariga mo‘raladi. Qorong‘ida ko‘zlari

nimadir qidira boshladi. Keyin ko‘zi burchakda turgan oyoq kiyimga tushdi.

Tanish oyoq kiyim edi. Jimin beixtiyor chuqur nafas oldi va yelkalari sal tushdi. O‘zini yengil his etdi. Bu Tae edi.

"TAEHYUNG!" – u beixtiyor baqirib yubordi.

Oshxona tomonidan nimadir tushib ketgan ovoz eshitildi. Sekin yurib borsa,

oshxonada Tae idish-tovoqlarga ko‘milib, ovqat tayyorlayotganini ko‘rdi.

Tae joyida qotib qolgandi. Jiminning ovozi uni esankiratib qo‘ygandi. Uning

keng ko‘zlari Jimin tomon boqdi va u jiddiy ekanini payqadi.

"Men senga uyni ochiq qoldirma degandim, Tae! Agar meni orqamdan

kuzatib kelishganida-chi? Ular seni ko‘rganida nima bo‘lardi? Sen yolg‘iz o‘zing ularga qarshi chiqa olarmiding?"

Jiminning ovozi qattiq chiqdi. U charchagan edi, lekin asabiylashgani ham sezilardi. Tae bunday qattiq

gaplarni eshitishga ko‘nikmagandi. Uning yelkasi biroz tushdi, ko‘zlarida esa xafalik

balqirdi. Lekin u har doim shirin gap topib, vaziyatni yengillashtirishni bilar edi.

"Yaxshi, kechir..." – dedi u xuddi bir bola kabi erkalanib. "Juda zerikib ketgandim.

Telefon qildim, lekin ko‘tarmading. Kalitni berganding-ku, shuning uchun o‘zim ochib kirdim. Uyda hech narsa yo‘q ekan, shuning uchun ovqat tayyorlayotgandim."

Jimin bir necha soniya sukut saqladi, so‘ng peshonasini changalladi. "Sen..." –

u qanday javob berishini bilmay, faqat chuqur nafas oldi. Keyin esa Tae

tayyorlagan ovqatga qarab, bir oz tabassum qildi. "Yaxshi, ko‘raylikchi, nima pishirding."

Shu tariqa, ular birga ovqat yedilar. Ovqat paytida biroz soju ham ichishdi.

Hamma narsa bir lahzaga oddiy hayotga o‘xshab ketgandi. Lekin bu osoyishtalik uzoqqa bormasligi aniq edi.

Tae ketgach, Jimin yana yolg‘iz qoldi. Lekin bu yolg‘izlik ham uzoqqa cho‘zilmadi.

**

Bu orada Yoongi ancha o‘ychan edi. Jiminni bu ishga jalb qilmoqchi bo‘lsa

ham, o‘zini qaysidir ma’noda boshqacha his qilar edi. Nega u bu bolani ko‘proq

ko‘rishni xohlayapti? Nega u haqida o‘ylashni to‘xtata olmayapti?

Shu o‘ylar bilan u o‘zining sevimli kreslosida yotibdi. Ko‘zlari shiftga

qadalgan, lekin ongida faqat bitta narsa bor – Jimin. Shu payt eshik ochildi va ichkariga Jeon Jungkook kirdi.

"Ooo, hyung! Nima bilan bandsiz?" – dedi Jungkook yuzida kulgi bilan.

Yoongi unga qaradi va yuzida hech qanday ifoda sezilmadi. "Oddiy narsa," – dedi u beparvo ohangda.

Jungkook bir qoshini ko‘tarib, unga kinoya qildi. "Ha, sizning ishingiz doim oddiy bo‘lgan-da!"

Yoongi unga keskin qarab qo‘ydi. "Hech bo‘lmasa senga o‘xshab klubdan klubga

yurib, kayfu safo qilib vaqtimni behuda sarflamayman."

Jungkook kulib yubordi. "Hyung, qo‘ysangiz-chi. O‘zingiz ham ba’zida

menga qo‘shilish haqida o‘ylaysiz, shunday emasmi?"

Yoongi yuzini burdi. Jungkook esa yana gapida davom etdi. "Qani, qoʻying shu

ishlaringgizni, men bilan yuring. Zo‘r klub topib qo‘ydim."

Yoongi sukut saqladi. Bir necha soniyadan so‘ng, jilmayib qo‘ydi. "Yaxshi, ketdik."

Ular klubga borib, ichishdi. O‘sha kecha g‘alati edi. Yoongi doim o‘zini nazorat qila

olardi, lekin oʻsha bolaga kelganda.... U qandaydir yigitga birinchi marta qiziqib qolgandi. Bu biroz gʻalati.

Kunlar o‘tdi. Jimin hali ham Yoonining taklifini qabul qilmagandi. Uning ichida

hanuz ikkilanib turgan fikrlar o‘ynardi. Shu sabab u o‘g‘irlik qilishni ham

vaqtincha to‘xtatgan edi. Biroq bugun… bugun kayfiyati buzildi. Zerikdi.

Ich-ichidan nimadir yetishmayotganday his qilardi.

Nihoyat, u ko‘chaga chiqib, avvalgidek o‘g‘irlik qilishga qaror qildi. Atrofga

alangladi. Picho1qa ilinadigan nimadir kimnidir qidira boshladi. Birdan koʻzi

yoshi oʻttizlardan oshgan yaxshi kiyingan yigit telefonda kim bilandir suhbat

qurardi. —Unda aniq nimadir boʻlishi kerak- oʻyladi Jimin.

Sekin u tomon qadam tashladi. Biroz kuzatdi. Keyin boshiga kepka kiyib

shaxdam qadamlar bilan keta boshladi. U o‘zini tasodifan turtib ketganday qilib

tutdi va yigitning hamyonini chaqqonlik bilan olib qochdi. Ammo hamyon egasi oddiy odam emas edi.

Uning ismi Hyunjin bo‘lib, kichik toʻda boshligʻi edi.

Uni atrofida qo‘riqchilari ham bor edi. U dastlab vaziyatga tushunmadi, lekin

keyin kim bilandir gaplashayotganda vizitkasini qidirib, hamyonining yo‘qligini sezib qoldi.

— Kimdir meni urib ketganday bo‘ldi… – shivirladi u, so‘ngra yigitlariga buyurdi: — Ana u bolani ushlanglar!

Jimin hali uzoqlashib ulgurmagan edi. Shunda birdan shoshib yugurdi. Ortidan

odim tovushlari eshitildi. Yuragi gupillab urar, har nafasda qochish qiyinlashayotganini sezardi.

—Jin ursin lanati, shu kunlarda hach narsa oʻxshamayapti.

Lekin haliham uni oʻziga ishonchi katta edi. Anchadan beri bu ish bilan

shugʻullanmagani sababli bundan zavq olayotgan edi.

Ko‘chaning burilishiga yetib kelganida, kutilmaganda oyog‘i nimagadir ilinib,

qattiq yiqildi. Uning nafasi bo‘g‘ilib qoldi. Bir zum ichini og‘riq qopladi. Atrofini

qorong‘ilik o‘rab oldi. Buni umuman kutmagan edi.

Unga yetib kelgan yigitlar uni yerga bosib, do‘pposlay boshlashdi. Boshida

unchalik emas lekin zarbalar kuchayaverdi. Yigitlar koʻp boʻlgani

sababli na urusha olardi. Va na qochib keta olardi. Toʻsatdan Jiminning biqiniga

sanchilgan pichoq uni karaxt ahvolga keltirdi. Og‘riq Jiminning butun tanasini bo‘shashtirdi.

— Bu senga saboq bo‘lsin! – g‘azab bilan shivirladi ulardan biri - kimdan oʻgʻirlayotganingga yaxshilab eʼtibor ber itvachcha.

Ular u yerni tark etishdi.

Jimin kuchi qolmaganidan zo‘rg‘a siljidi. Qon tanasidan oqib chiqayotganini sezdi, lekin hech narsa qila olmasdi.

O‘sha paytda yo‘ldan o‘tayotgan Jungkook bu bir toʻda yigitlarni

gaplashib ketayotganini koʻrib aniq nimadir boʻlganini sezdi. Chunki ularni

yaxshi tanirdi. Pzi hech kimga yordm beradigan inson emas. Lekin nimadir uni oʻsha yerga borish uchun tortyapti.

U oʻsha koʻchaga bordi. Qarasa bir yigit qonga belanib yotardi. Biroz ikkilandi lekin yordam berishga qaror qildi.

—Hoy yigit yaxshimisan- turib koʻrdi. Nafas olayotgani ham bilinmasdi. Uni

yelkasiga ortib mashinasi tomon keta boshladi. 15daqiqada markaziy

shifoxona oldida toʻxtagan mashinadan Jungkook tushib doktorarni chaqirib

chiqdi. Uni shoshilinch aperatsiya uchun olib kirib ketishdi.

Oradan bir necha soat o‘tib, Jimin kasalxona palatasida hushiga keldi. Yonida Jungkook ham bor edi.

—Siz kimsiz- Jimin oʻziga kelgach aytgan gapis shu edi.

—Farishta, seni najot farishtang- kulimsiradi Jk- seni koʻrib qolgandim.

Bechora boʻlib yotgan ekansan raxmim kelib qolib keldim.

—Men.. Jimin endi gapirmoqchi edi ichkariga Taehyung shoshilib kirdi.

— Nima bo‘ldi senga?! Kim seni bu ahvolga soldi?! Nimalar qilib yiribsan

aytgandin senga bu ishlaringni tashla deb, agar oʻlib qolganingdachi – dedi u xavotir bilan.

Jungkook Taehyungni kuzatarkan, uning go‘zal qiyofasiga beixtiyor mahliyo bo‘ldi. “Qanday kelishgan yigit…” – deb o‘yladi u ichida.

Voy boʻldi Taehyung men yaxshiman, yaxshiyam shu yigit bpr ekan meni

qutqardi. Boʻlmasam meni koʻrmagan boʻlarding.

Taehyung unga qaradi va bir lahza qotib qoldi va ichida pichirladi: “Janob Jeon…

kompaniyamiz boshlig‘i…” Lekin yuziga hech narsa chiqarmadi. Shunchaki tazim qildi.

—Raxmat sizga.

Jungkook esa uni jim kuzatardi. Keyin nim tabassum qildi.

— Ketmoqchi boʻlib turgandim... Balki meni kuzatib qoʻyarsan .

U shunchaki kuzatib qoʻyishni soʻradi. Lekin Taehyung birdan juda hayajonlanib ketdi.

Unda biroz gʻalati hissiyot mavjud edi. Biroz kelishgan yigit unga gapirsa

hayajonlanib ketardi. Lekin buni ancha avval nazorat qilishni oʻrgangan edi.

Lekin yana ichidagi hislar tugʻyon urmoqda.

—Mayli kettik- Taehyung tez eshikdan chiqdi. Jungkook esa tirjaya boshladi.

Endi chiqaman desa Jimin unga gʻalati qarab turgan ekan. Biroz noqulay boʻldi. Tezda jiddiy qiyofaga oʻtdi.

"Raxmat shart emas, yaxshi boʻlib ket." U shunday deb Taeni orqasidan chiqib ketdi.

"Meni atrofimga faqat bir gala aqldan ozganlar yigʻilgan"- ichida oʻyladi Jimin.

—Jiminni hayotini saqlab qolganinggiz uchun raxmat-oʻgʻir sukutdan keyin soʻz boshladi Taehyung.

— Arzimagan ish meni oʻrnimda boshqa birov boʻlganda ham shunday qilgan boʻlardi- Taehyung iliq tabassum qildi va Jkga.

— Bunisini bilmadimkuya, lekin sizga katta raxmat. Uni siz utqarganinggizda bilmadim nimalar boʻlar edi.

Orada yana sukut choʻkdi. Jk nimadir demoqchi lekin ayta olmayaptgandek biroz bezovta koʻrinardi.

—Nimadir demoqchimisiz.

— U yigitingmi

Taehyungda WTF qiyofa paydo boʻldi.

—Nimalar deyapsiz aqldan ozdingizmi u meni bolalikdagi doʻstim, bunday boʻlishi mumkin emas.

— Voy meni notoʻgʻri tushunding unga juda qaygʻurayotganday tuyulganding,

shuning uchun shunday soʻragandim- Jk uni xafa qilishni tanishgan birinchi

kunidan yomin taassurot qoldirishni xohlamgan edi.

—Etiboringgiz uchun doʻstlar ham bir biriga qaygʻurishi mumkin.Va keyin men yigitlarga qiziqmayman Janob!!

Shundya deb tezlikda ketib qoldi. Jk boʻlsa unga qarab qolib ketaverdi. Keyin

jilmayib qoʻydi. "Qiziq yigitcha ekan". Agar yigiting boʻlganda oʻzim qutqargan boʻlsam oʻzim oʻldirardim...

--

Oradan bir necha kun oʻtdi. Jimin ancha tuzalib qolgan edi. Bugun u chiqadigan

kun edi. Taehyung uni oldiga keldi. Ahifokordan ruxsat soʻrab ichlariga kirsa

xonada Jimin yoʻq edi. Xonasi chiroyli qilib tozalab qoʻyilgan. Bu vaqtda esa

Jimin Sugani yoniga yoʻl olgan edi. Uni olib kelgan joyiga bir amallab yoʻlni topib

keldi. Darvoza yonida biroz turdi. Buni kameradan koʻrgan Suga smirk

tabassum qildi. Jimin keyin ichkariga kirmoqchi boʻldi. Suga esa uni

kirgʻazishni buyruq berdi. Unga qoʻriqchilar eshikni ochib berishdi.

Jiminni bir xizmatkor Sugani xonasiga olib bordi. Jimin kirishini kutib turgan

Suga oʻzini ish bilan banddek, Jiminni kelganini bilmagandek tutdi.

Eshik ochilib Jimin kirdi.

Suga hujjatlardan boshini koʻtarib unga qaradi.

— Ooo Jimmy seni koʻraman deb oʻylamagan edim- Suga tabassum qildi.

Jimkn esa hech qanday emotsiyasiz turar edi.

— Men roziman- birozdan keyin Jimin gapirdi. Suga gap nima haqida ekanini allaqachon bilar edi. Bu esa voqealarning endi boshlanishi edi....

Nihoyat zerikarli qsm tugadi. Manga ozro yoqmad torisi🗿 Yana manga motiv bermayapsila oqiganla yozb ketilaaa koment bn reaksiya!!!!