May 14, 2025

THE THIEF OF MY HEART

𝚂𝙴𝚅𝙶𝙸 𝙹𝙸𝙽𝙾𝚈𝙰𝚃 𝙱𝙾ʻ𝙻𝚂𝙰, 𝙼𝙴𝙽 𝙰𝙻𝙻𝙰𝚀𝙰𝙲𝙷𝙾𝙽 𝙰𝚈𝙱𝙳𝙾𝚁𝙼𝙰𝙽...

3ep


Jiminning "Men roziman" degan so‘zlari xonada og‘ir sukunat qoldirdi. Suga buni eshitgach, chuqur nafas oldi, ammo yuzidagi tabassum yo‘qolmadi.

— Bu qaror seni o‘zgartiradi, Jimin, — dedi u ohangida sirli izoh bilan. — Qaytish yo‘q.

Jimin esa jim turardi. Ichki qo‘rquvi ko‘zlarida porlab turardi, lekin bu yo‘lni tanlagan — endi orqaga yo‘l yo‘q edi.

— Birinchi topshiriq oddiy, — dedi Suga. U stol tagidan qora konvert chiqardi va Jimin tomon surdi. — Buni ochma. Faqat kechasi soat 11 da, yo‘riqnoma ichida bo‘ladi.

Jimin konvertni oldi. U juda yengil edi, lekin go‘yo og‘ir bir taqdir yukidek qo‘llarini ezib turardi.

— Bugun kechqurun sen uchun hamma narsa o‘zgaradi, Jimmy- dedi Suga va chiqib ketdi.

Jimin esa narsalarini olishga kasalxonaga qaytib bordi.

Jimin kasalxona eshigidan chiqarkan, yuziga yumshoq bahor shamoli urildi. Havo iliq, ammo ichidagi tuyg‘ular og‘ir edi. Yuragida qandaydir bo‘shliq sezilardi. Endi u shunchaki oddiy oʻgʻri Jimin emasdi..

U taksiga o‘tirdi va derazadan tashqariga qarab ketdi. Har bir o‘tib ketayotgan ko‘cha, har bir binoning soyasi unga hayotining o‘zgarganini eslatardi. Ammo u hali hech kimga — hatto o‘ziga ham — bu o‘zgarishni tan olmagan edi.

Uyiga yetib kelgach, chuqur nafas oldi. Uy — tanish, ammo endi begona tuyulardi. Ichkariga kirib, yelkasi bo‘shashdi. Uzoq yotgan joyidan keyin, o‘z yostig‘ining hidini yana his qilish — go‘yo haqiqiy hayotga qaytish edi.

Bir necha soat o‘tdi. Qorong‘ulik sekin-sekin derazalardan sirg‘alib ichkariga kira boshladi.

Eshik taqilladi.

Jimin darrov o‘rnidan turdi. Eshikni ochgach, qarshisida Taehyungni ko‘rdi. Yonida kichkina sumka — odatdagidek, oziq-ovqat va meva olib kelgan.

— Yaxshimisan, ancha oʻzingga keldingmi? — deb kuldi Taehyung, — men sensiz zerikib ketdim, Jimmy.

Jimin yengil jilmaydi, unga yo‘l ochdi. Taehyung ichkariga kirib, xuddi o‘z uyidek joylashdi.

— Sendan xabar olmoqchi edim lekin koʻp borsam senga bu yoqmaydi deb oʻyladim- biroz tushkun holatda.

—Hammasi yaxshi xavotir olma..

Ular uzoq suhbatlashishdi. Hayot, do‘stlik, esdaliklar... Hammasi go‘yo eski paytlar kabi edi. Faqat Jimin yuragida og‘ir bir sir yotardi. Suga va uning qilayotgan ishi haqida og‘iz ochmadi. Taehyungning beg‘ubor qarashlariga qarab, bu qorong‘u dunyoga uni aralashtirgisi kelmasdi.

— Nima bo‘ldi o‘sha kuni? — deb so‘radi Taehyung bir mahal. — Men sening holatingni ko‘rib dahshatga tushdim...

— Yodimda yo‘q... — dedi Jimin ovozini pasaytirib. — Faqat yugurdim... yiqildim... keyin... hammasi qorong‘i.

Taehyung indamadi. Faqat unga uzoq qarab turdi. So‘ng sekin jilmaydi.

— Muhimi, endi men yolgʻiz soju ichmayman. Qolganini unutamiz.

Lekin Jimin uchun bu narsa bir umrga unutilmas boʻlib qolsa kerak...

Jimin tinch uxlolmadi. Uzoq tunda qancha o‘girilib yotsa ham, ichidagi g‘ashlik ketmadi. Soat tungi 11:00ga yaqinlashayotgan payt, stol ustidagi konvertga ko‘zi tushdi. Ertalab yostiq yoniga qo‘yilgan bu konvert butun kun sirdek jim yotgan edi. Endi esa, uni ochish vaqti allaqachon kelgan edi.

Jimin yuragini ushlab, konvertni ochdi. Ichkarida bitta kichik varaqqa yozilgan yozuv bor edi:

Jimin darrov o‘rnidan turdi. Ko‘zguga qarab, yuzini yuvib, bir necha marta chuqur nafas oldi. Keyin eshikni ochdi.

Suga qora mashinasida, rulda o‘tirgan holda, oynani tushirib kutib turgan edi. Jimin hech nima demasdan orqa o‘rindiqqa o‘tirdi.

Yo‘l jimjit o‘tdi. Faqat mashina g‘ildiraklarining shivir-shiviri, yuragining urishidan kuchsiz eshitilardi.

Ular shahar chetidagi noma’lum bino qarshisida to‘xtadi. Bu yer qarorgohga o‘xshardi — devorlari baland, atrofida kameralar, ichkariga kiraverishda ikki qurollangan odam.

Jiminning yuragi tez ura boshladi. Bu oddiy “uchrashuv” emasligini anglash qiyin emasdi.

Suga mashinani park qilib, jim holatda eshikni ochdi.

— Menga ergash, — dedi u sovuq ohangda.

Ichkariga kirgach, ularni uzun koridorlar, metall eshiklar, so‘ng nihoyat, Suga xonasiga olib boradigan qavat kutib turardi. U yer qorong‘i, lekin zamonaviy edi. Deraza yo‘q. Faqat bir necha ekranlar, qog‘ozlar va qurollar bilan to‘ldirilgan stol.

Suga stulga o‘tirdi. Jimin esa ro‘parasida turar edi. Ular bir necha soniya hech nima demasdan bir-biriga qarab turishdi.

.

— Tayyormisan? — so‘radi Suga nihoyat, ovozida muzday sokinlik.

Jimin yutindi.

— Ha.

Suga biroz jilmaydi. Keyin qop-qora papkani ochdi va Jimin tomon surdi. Unda suratlar, hujjatlar va mehmonlar ro‘yxati bor edi.

— Katta bazm bo‘ladi. Nafaqat siyosatchilar, balki mafiya olamining eng yuqori qatlamlari ham shu yerda bo‘ladi. Ulardan biri — vazir Cho — o‘zining shaxsiy xujjatlarini olib keladi. Bu hujjatlar... biz uchun muhim.

Suga Jimin ko‘ziga tik qaradi.

— Ularni sen olib chiqasan. Joyga xizmatkor sifatida kirasan. Vaqting atigi 20 daqiqa. Bitta xato qilsang... u yerda nafaqat xavfsizlik, balki professional qotillar ham bo‘ladi.

Jimin lablarini tishladi. Yuragida qo‘rquv bo‘lsa-da, bosh irg‘adi.

— Qachon?

Suga jilmaydi.

— Ikki kundan so‘ng. Tayyorlan. Bu — boshlanishi, Jimmy.


Ayni vaqtda Jeon Jungkook kompaniya binosidagi o‘z ofisida o‘tirgan, oldida turgan kotibasi esa ishchilarning bir oy davomidagi bajargan ish hisobotlarini aytib o‘tirardi. Ammo Jungkook diqqatini to‘liq tinglayotgan deyish mushkul edi. Uning ko‘zlari oynadan tashqariga, chuqur o‘yga tolib turgan edi. Ammo kotibasi gapida davom etdi:

— …yana bir narsa, janob Jeon. Kim Taehyung ismli yangi xodim… oxirgi ikki oyda juda ko‘p narsani uddaladi. U sizning shaxsiy bo‘limingizda ishlayapti, lekin boshqa bo‘limlarga ham yordam berib kelmoqda. Rahbarlar juda maqtashyapti.

Bu nom eshitilishi bilan Jungkookning e’tibori bir zumda o‘zgarib ketdi. U boshini ko‘tardi.

— Kim dedingiz?

— Kim Taehyung.

Jungkook yuzidagi befarq ifodani o‘zgartirmaslikka harakat qilsa-da, ichida nimadir qimirlagandek bo‘ldi. U monitorga qaradi — kamera orqali ofisga qaray boshladi. Kuzatib turganida, bir burchakda Taehyungni ko‘rib qoldi. Oq ko‘ylak, bejiz darajada jiddiy chehra… lekin nimadir tanish edi.

— Qachondan beri bu yerda? — so‘radi u sekin ovozda.

— Taxminan ikki oycha bo‘ldi.

Jungkook kompyuter ekraniga yana tikildi. Taehyung tasodifan kamera qarshisida yurayotgan, qo‘lida bir nechta papkalar bor edi. Harakatlari aniq, ishonchli edi. Lekin aynan mana shu ishonch Jungkookni qiziqtirdi.

U keng tabassum qildi

> "Ko‘zim ostida yuribsan demak… Endi mendan qutulolmaysan, yigitcha."

U o‘zicha pichirladi, lekin yuzida hech qanday iz qoldirmadi. Faqat ichidagi o‘ylar tezroq harakat qilishga majbur qilayotgandek edi.

Ertasi kuni Taehyungga direktor ofisidan xabar keldi. Jeon Jungkook uni chaqirtirgan edi. Bu holat Taehyungni hayratga soldi. U direktor bilan yuzma-yuz gaplashmagan, uni faqat yirik yig‘inlarda yoki uzoqdan ko‘rgan, lekin hech qachon bunday shaxsiy chaqiruv bo‘lmagan edi.

U ust-boshini biroz toʻgʻirlab, eshikni qoqdi.

— Kiring, — degan tovush eshitildi.

Taehyung ohista eshikni ochdi va kirib keldi.

— Salom, janob. Chaqirtirgan ekansiz, — deya muloyimlik bilan salom berdi.

Jungkook esa aylana stulida orqasini oynaga qaratib, tashqarini tomosha qilib o‘tirgan edi. Uning sukunati biroz cho‘zildi, so‘ng asta orqasiga o‘girildi. Ko‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Taehyungga qaradi.

Shunaqa shirin qarab turgandi🥲💋

— Hayron qolmading demak… — dedi u yengil iljayib. — Demak, meni tanigansan?

Taehyung yelkasini sal bukib, kamtarona javob qaytardi:

— Ha, janob. Sizni tanimaslikning iloji yo‘q edi.

Bu soddalik va ishonch Jungkookning ichida nimadirni qitiqladi. U Taehyungni uzoq kuzatgan, lekin ilk marta uning bu qadar sokin va o‘ziga ishonchli ohangda gapirayotganiga guvoh bo‘layotgan edi. Jungkook biroz unga mahliyo boʻlib qolgandi. Lekin birdan oʻzini yigʻib olib:

— Yaxshi. Men aslida ish masalasida chaqirgan edim, — Jungkook birdan rasmiy ohangga o‘tib. — Yun kompaniyasi bilan hamkorlik ishlari qanday kechmoqda?

Taehyung darhol vaziyatni tushunib, jiddiy ohangda javob berdi:

— Hozircha hammasi rejadagidek. Hisobotlarni tayyorlab qo‘yganman. Bugun kechqurun yakuniy hujjatlarni sizga taqdim etaman.

Jungkook boshini qimirlatib, ma’qulladi. Ammo ko‘zlari baribir Taehyungdan uzilmasdi. Ichida esa bir narsa aniq edi: bu yigit oddiy emas.


Bazm oqshomi.

Shaharning markazidagi hashamatli saroyda kecha boshlanish arafasida. Tashqarida qora mashinalar to‘xtab, ichkariga ketma-ket mehmonlar kirib kelmoqda. Hammasi nufuzli odamlar — siyosatchilar, biznesmenlar, va, albatta, jinoyat dunyosining yashirin a’zolari. Ularning orasida bugun bir muhim shaxs bor — Janob Kang, katta ta’sir kuchiga ega, vazirlar bilan ishlaydigan, lekin mafiyaning ham orqa suyanchiqlaridan biri.

Jimin allaqachon joyida. U xizmatkor qiyofasida ichkariga kirgan, uning harakati, yurishi, hattoki nafas olishigacha puxta rejalashtirilgan. Qo‘lida mayda lagan, ichida ichimlik, ko‘zlari esa atrofni sinchiklab o‘rganmoqda.

Unga Suga aniq aytgan: hujjatlar Kangning shaxsiy xonasida, bazm davomida esa u xona qisqa vaqtga bo‘sh qoladi.

Jimin xonalarni eslab, sekin orqaroqqa o‘ta boshladi.


Bu vaqtda yuqoridagi balkon tomonda kimdir ichimlik olib turgan edi — Jeon Jungkook.

U kechaga shunchaki mexnat taqdirlangan mehmon sifatida taklif etilgan, lekin o‘zi bu bazmdan zerikayotgan edi. Nazarida bu joyda hammasi yolg‘on, yuzaki edi.

Birdan pastga qaradi — ko‘zlari xizmatkor qiyofasidagi kimnidir ilg‘adi. U yerda yurayotgan yigit ko‘ngliga juda tanish tuyuldi. Nigohini qisdi.

— Bu Jimin emasmi?..

Ammo Jungkook hali bunga ishonolmaydi. Orqaga qaytadi, lekin ichida shubha paydo bo‘lgan. U bu kechani diqqat bilan kuzatishga qaror qiladi.


Jimin nihoyat xonaga yetadi. Esik ochiq. Ichkariga sirg‘alib kiradi. Oldindan o‘rganib chiqqanidek, devordagi rasm ortidan seyfni topdi. Kodni terdi. Yuragi qattiq urib ketyapti.

Klik.

Seyf ochildi.

Ichida bitta papka — qora jildli. Uni olib, ichiga ko‘z yugurtirdi. Aynan Suga aytgan muhim hujjatlar.

Lekin chiqish uchun orqaga burilganida, birdan xonaga kimdir kirib keladi...

Davomini oʻqish uchun men bilan qoling va fikr bildiring☺️🎀