Accursed
Jungkook hammasini hazilga yoʻydi lekin ich ichidan gʻalati boʻlayotgandi.
Oʻsha kundan soʻng shunga oʻxshash voqealar koʻpayaverdi.
Oxiri Jungkook chiday olmadi.
U endi nimadir qilishi kerak.
Hammasi kitob oʻqiganidan boshlangani sababli kitob bilan bogʻliqdir deb oʻyladi.
Povjk: Hammasi jonga tegdi. Men nma qilgan edim.
Yosh boshimga shuncha narsa. Baxtli kunlarim qayerda qoldinggiz (xoʻrlangan jk😭)
Jungkook nihoyat bir qarorga keldi.
Jungkook ertalab shirin uyqudan uygʻondi.
Dadasiga ishlarim bor bugun ishga bormayman deb aytib qoʻygan edi.
Yuvinib chiqib garderobiga kirdi. Bugunga mos qulayroq kiyim kiyishi kerak edi.
(Karoc shu lookni tanlab kiyib chiqdi.)
Har ehtimolga qarshi uyidan дубинка olib oldi.
Mashinasiga o‘tirib, yo‘lga otlandi. O‘rtada bir kafega kirib, tushlik qilib chiqdi.
(Axir och qoringa sarguzasht izlash mumkin emas! 😎)
Nihoyat, yetib keldi. Yo‘l uzoq, charchatgandi, lekin taslim bo‘lish mumkin emas.
Agar hozir orqaga qaytsa, bu yerga kelganidan ham battarroq ahvolga tushishi mumkinligini bilar edi.
Oʻrmonlar orasidan 500metrcha yurgandan soʻng bir xaroba kulbaga ketib keldi.
Qoʻliga дубинкаni olib sekin mashinadan tushdi.
Kulbaning atrofi quruq va huvillagan, hech qanday yashil o‘t-o‘lan yo‘q edi. Go‘yo bu joy uzoq yillar davomida hayot nishonalaridan mahrum bo‘lgandek.
Eshik oldiga borib, sekin taqillatdi.
Jungkook eshikni sekin ochib, ichkariga mo‘raladi.
Ichkarida hech kim yo‘q. Lekin…
Bu joy tashqaridan ko‘ringanidek chang bosgan xaroba emasdi.
Aksincha, hamma narsa saranjom-sarishta.
— "Heeey, bu yerda kimdir bormi?" — Jungkook atrofga alangladi.
Ichkarini tekshirishga qaror qildi.
Uni birma bir koʻzdan kechira boshladi. Yon tarafda shkafcha , chap tarafda divan, toʻgʻrida kitob saqlanadigan javon bor edi.
Lekin javondagi bir kitob darrov ko‘zga tashlandi:
Jungkook asta yoniga borib, kitobni olish uchun qo‘lini cho‘zdi.
Va birdan javon yon tomonga ochilib, ortidan sirli zinalar paydo bo‘ldi.
Jungkook ko‘zlarini qisib, qorong‘u zinapoyaga tikildi.
Kirsa bo‘ladimi? Kirsa bo‘lmaydimi?
Mantiqan, bo‘lmaydi.
Lekin… Bu Jungkook!
Shubhalanib turgan bo‘lsa ham, oxiri zinapoyaga tushishga qaror qildi.
Har bir qadam tashlagani sayin atrof tobora qorong‘ulashib borardi.
Ohirgi pog‘onaga qadam qo‘yganda… ikki tomondan shamlar yonib ketdi.
Jungkook o‘sha zahoti dubinkasini ko‘tardi.
— "Qani, kim bu yerda?! Chiq!"
Lekin xonada hech kim yo‘q edi.
Shunchaki… xona o‘rtasida turgan qurigan moviy atirgul.
Jungkook asta stol yoniga borib, gulni sinchiklab kuzata boshladi.
Nimadir juda sirli tuyuldi. Lekin bir tarafdan juda tanish ham edi.
Atirgulni qo‘liga olmoqchi bo‘lganida…
— "Jin ursin, juda qattiq og‘ridi!"
Birdan boshi qattiq og‘rib ketdi. Ko‘z oldi qorong‘ulashdi.
Hamma narsa asta-sekin g‘oyib bo‘la boshladi…
Jugkokni koʻzlariga quyosh nurlari, xuddi ona oʻz bolasini erkalagandek mayin tushdi.
U gʻingshibgina koʻzlarini ochdi.Qarasa bu umuman boshqa joy.
Keng xona, yon tarafda katta deraza, did bilan bezatilgandi. 17asrlarda qurilganga oʻxshaydigan qasrni surati osilgan, javon ham odatiydan ancha farq qilardi.
Hatto pardalar ham naqshinkor, hamma narsa har bir santimetrigacha qoʻl mehnati ekanligi koʻrinib turardi.
—Men oʻldimmi- uygʻonganidan keyin uyoq buyoqqa qarab oʻylagan birinchi narsasi shu boʻldi.
—Yoʻq lekin biz biroz kech qolganimizda aniq shunday boʻladi.
—Nima-savol aralash dedi-- men qayerdaman, nima bu hazilmi yo nima qanaqadir kino suratga olinyaptimi lekin menga xabar berishmadi.
—Janob Jungkook-- yigit hayrat aralash dedi-- qanaqa kino, qanaqa hazil nima isitmangiz bormi-- kelib Jungkookni peshonasiga qoʻlini qoʻydi.
—Nima jinnimisan nima balo, nimalar qilya.. Jimin.. Esing joyidami hammasi seni ishing ekanda. Qayerga olib kelding meni- Jungkook asabiylashgancha dedi.
Jiminpov: Meni haqiqiy ismimni qayerdan bildi u. Yo men haqimda kimdir malumot yetkazyaptimi.
—Janob qanaqa Jimin men Jihoonman.
—Qanaqa Jihoon kulgumni qistatma- Jungkook uni masxara qildi.
Lekin yaxshilab eʼtibor bersa umuman Jiminga oʻxshamayapti. Jiminni sochlari jigarrang, sariq emasdi. Yana koʻzini oldida kichik xoli bor edi. Buni boʻlsa yuzi tip tiniq. Va eng asosiysi bu bolani boʻyi Jiminnikidan sezilarli darajda baland edi.
—Xoʻsh xoʻsh, kim boʻlsang ham. Kim meni bu yerga olib keldi.
—Meni amakim borligini eslay olmayapman- ensa qotirdi jk.
Povjm: Zaynab... Nega buncha asabga tegaveradi bu axmoq.
—Janob men ham hech narsadan xabarim yoʻq. Lekin oʻzinggiz yaqinda tushunib olasiz- soxta tabassum bilan gapirdi.
—Hozir siz kiyinib pastga tushing, vazir Chon sizni kutyapdilar.
Zinalardan tushib kelarkan hamma unga mahliyo boʻlgandi.
Qanday qilib yigit kishi shunchalar chiroyli boʻlishi mumkin.
Endi Jungkookni urushmoqchi boʻlgan Vazir Chonni ham lugʻatidan yomon soʻzlar oʻchib ketib qoldi.
—Kel oʻgʻlim yaxshimisan, yaxshi boʻlib qoldingmi?
Bu odam kimligini bilmagan Jungkook Jihoonga bir qarab qoʻydi. Jihoon boʻlsa xuddi "u sizning amakingiz" deganday bosh irgʻab gspirishga undadi.
—Kel bu yerga oʻtir gaplashib olamiz- shunday deb vazir Chon Jungkookni divan tomonga chorladi.
Ikkalasi oʻtirganidan soʻng vazir Chon xizmatchilarga choy olib kelishlarini buyurdi.
—Oʻglim- soʻz boshladi vazir- buvingni vafotidan soʻng ancha tushkunlikka tushib qolibsan, ancha ozib ham ketibsan- mayus ohangda- endi hammasi yaxshi boʻladi, sen men bilan shu yerda qolasan.
Shu yerda bir ikkita sehirgarlik darslarini oʻrganasan. Men kabi buyuk martabalarga erishasan.
PovJk: Nimalar deyapti bu qari toʻnka meni buvimm, meni buvim yoshiligimda oʻlib ketgan, yana qanaqa sehirgarlik deydi. Nma men tush koʻryapmanmi, yo rostan ertakka tushib qoldimmi.
—Lekin men allaqachon 23 yoshdamanku.
—Qanaqasiga sen 18 yoshdasanku, keyin sehirgarlik maktablari 25 yoshgacha davom etadi.
Jungkookni koʻzlari kattalashib ketti. Qanaqasiga 18 yoshda. Oʻzi maktabni zoʻrgʻa tugatgan boʻlsa, univerni tamomlab endi ishlayman desa, yana oʻqishmi. Yoʻq u bu yerdan tezroq ketishi kerak.
—Hop amaki- miyasida qancha savollar boʻlmasin u shunchali hop deb javob berdi.
Tun. Salqin shabada esib turibdi. Lekin avvalgidek shahar ovozi, shovqin suron yoʻq. Hamma yer tinch. Xonada shiftga qarab yotgan yigit bugungi kuni haqida oʻylardi.
Povjk: Hammasi juda chalkashib ketdi, avval uydagi hodisalar, endi boʻlsa bu yer...
Tinchgina uyimda oʻtirganim yaxshimidi.
Maktab esa- yuzini burushtirdi- koʻnglim ayniydi.(Jkyam manga oxwab hayotdan sqlgan😭)
Jk tez uxlab qoldi. Uni koʻp siqilishgayam vaqti yoʻq. Chunki uyqu hammasidan muhim.
PovAvtr: Bu qism ozroq zerikarli bop qoldi. Lekin keyingi qismda qiziq voqealar boshlanadi oʻqiganila uchun raxmat😘