April 25, 2025

ACCURSED

5ep

Oradan bir necha soat o‘tdi.

Hozir Taehyung boshida muzli mato bilan amakisining xonasida yotardi. Xonadon xizmatchilari atrofini o‘rab olishgan. Kimdir uning chiroyli yuzining ko‘karib ketganiga achinib qarasa, boshqalar piching aralash kulishardi.

— Uyga kirishi bilan haydab boshini yorishsaya...

— Avval yaxshi jang qilardi-ku, nega bu safar o‘zini himoya qila olmadi, xeh...

— Kichkina boladan kaltak yebdi-ya, voy bechora...

Ularning har biri har xil niyatda qarasa-da, bir narsa aniq edi: hammasi Taehyungdan qo‘rqar edi.


Bu orada Jungkook xonasida eshikni qulflab olgancha, asabiy ravishda o‘zining qaltirayotgan qo‘llariga tikilib o‘tirardi. Ich-ichidan titroq o‘tardi.

— Yo‘q... Yo‘q, men odam o‘ldirib qo‘ygan bo‘lmayman, axir?! Nima qilishim kerak? Hozir nima qilsam bo‘ladi?..

U o‘rnidan sapchib turdi, yurib eshik oldiga bordi, qaytib joyiga o‘tirdi, yana yurdi — xayollari bir-biriga aralashib ketgandi. Shunda to‘satdan eshik taqilladi.

Jungkook yuragi orqaga tortgandek bo‘ldi. Nafasi qisildi. "Nima qilaman?" U bir necha qadam orqaga chekinib, keyin ohista eshikni ochdi.

— Jungkook...

— Amaki! Men ataylab qilmadim, rost! Uyimizga o‘g‘ri tushdi, deb o‘yladim. U o‘zini tanishtirmadi. Men bilmagan edim... — deb, Jungkook gapini to‘xtovsiz ayta boshladi. Uning tovushidagi titroq hammasini aytib turardi.

Vazir Chon uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi, ovozini past olib, tinchlantirishga harakat qildi:

— Jungkook, tinchlan. Hammasini bilaman. Bilaman, ataylab qilmagan eding. O‘zingni qiynama.

— Rostdanmi? U... unga nima bo‘ldi? — dedi Jungkook xavotir bilan.

— Hozircha deyarli yaxshi...

— “Hozircha”? Nima deganingiz bu?! Men uni o‘ldirdimmi?! Nega aniq aytmaysiz! — deya u deyarli baqirib yuboray dedi. Nafasi tezlashgan, yuragi urardi.

— Tan jarohati unchalik og‘ir emas. Bir-ikki joyi ko‘kargan, ammo...

— Ammo?

— Ammo Taehyung oddiy bola emas. U... juda jiddiy. Juda jahldor. Hatto menga ham iljayib gapirmagan bola. Hech kim uni urushda yenga olmagan. Sen esa... Sen juda katta xatoga yo‘l qo‘yding, Jungkook.

Jungkook bu gaplarni eshitib, butunlay so‘lib tushdi. Labini tishlab, amakisining ko‘zlariga mo‘ltirab qaradi. Ichida bir narsa uzilib tushgandek edi. U nima deyishni bilmasdi.

— Men u bilan gaplashaman. Seni himoya qilishga harakat qilaman, — dedi Vazir Chon va xonani tark etdi.

Jungkook esa joyidan jilmadi. Ichida ming xil savol, afsus, qo‘rquv, g‘azab — hammasi bir-biriga aralashib yotar edi. O‘zini tiya olmay, pichirladi:

— Shunaqayam odam bo‘ladimi? O‘zi yosh, lekin shunchalar jiddiy? Unday ko‘rinmagandi. Hatto deyarli... kulganday bo‘ldi. Yo‘q, kulmadi. Asabiy edi. Onasini emsin, nima qilaman endi?..

U shu holatda uxlay olmadi. O‘rnidan turib, bir necha marta yurdi. Birdan xayoliga Jihoon keldi. Umid bilan yugurdi.

— Jihoooon! Jihooon! Tirikmisan?! O‘lib qoldingmi?! JIHOOOOON!

Barcha xizmatkorlar hayratda qolgandi. Nihoyat, xizmatchilar xonasidan Jihoon shosha-pisha chiqib keldi.

— Tinchlikmi, janob?

— O‘lib qolding deb o‘yladim! — dedi Jungkook, sal bo‘lmasa yig‘lab yuboray deb.

— Bo‘lgan voqeani to‘liq eshitmadim, lekin xizmatkorlardan biroz eshitdim. Oldingizga kirmoqchi edim, lekin hech kimni yaqinlashtirishmadi. Yolg‘izlikka ehtiyojingiz bor deb o‘yladim...

— Jinni! Men seni kutdim! Nima qilishni bilmay qoldim! Yur, gaplashamiz!

Ular xonaga qaytishdi. Jungkook bo‘lgan voqealarni to‘liq aytib berdi. Jihoon esa bir zum tinmay gapira boshladi:

— Janob, siz nimalar qilib qo‘ydingiz?! Endi nima bo‘ladi? Uni yoniga bormadingizmi? Sizni o‘ldirish uchun kelmadi deb o‘ylayapsizmi? Janooob...

— Jihoon, to‘xta! — dedi Jungkook.

Jihoon jim bo‘ldi.

— Mendan battarroq hovliqyapsan-ku. Tovba. Aslida men qo‘rqishim kerak emasmi? — dedi Jungkook xunoblik bilan. — O‘zim ham o‘ylayapman, nima qilishni bilmayman. Sendan maslahat olish niyatim bor edi. Lekin miyangda “Voy, janob!” degan so‘zdan boshqa narsa yo‘q, shekilli. Qani, mayli, men ketdim. Kelgunimcha biror narsa o‘ylab top. Men o‘lishimni istamasang, albatta.

(Jimin POV: “Menga aynan shunaqa kerak edi,” deb ichida kuldi. Yuzida esa xiyol smirk — mayin tabassum paydo bo‘ldi.)

Jungkook esa orqasiga ham qaramay, xonadan chiqib ketdi. U yurak g‘ashligidan xonasiga chiqib ketib, zo‘rg‘a uxladi.


Tong.

Quyosh nurlari devorlarga sirg‘alab tushganda, Jungkook allaqachon uyg‘ongan, kiyinib, maktabga borishga hozirlik ko‘rardi. U sekin eshikni ochib, tashqariga mo‘raladi.

Xuddi shu vaqtda...

Taehyung hushiga keldi.

Ko‘z qovog‘i pirpirab ochilishi bilan yonidagi xizmatkorlar, go‘yo bu daqiqani kutib turganday, bir-birining ustidan bosib yugurib chiqib ketishdi. Xonada tinchlik hukm surdi.

Taehyung esa bir muddat jim yotdi. Qora uzun kipriklari orasidan shiftga qarab o‘y surdi. Kechagi voqealar... ko‘z oldidan lenta kabi aylana boshladi. O‘sha bolani nigohlari, pichoqning yorug‘i, va yiqilayotgan onlari...

U kulmadi. Jahli ham chiqmadi.

Faqat sekin, juda sekin jilmaydi.

Og‘zidan chiqqan so‘z esa yurakni zir titratgulik edi:

— Men bilan o‘ynashganlar holiga voy bo‘ladi... kichkintoy.

So‘ng yotgan joyidan sekin turdi. Oynaning yoniga borib, yuzidagi jarohatlarni ko‘zdan kechirdi. Yuzi biroz shishgan, labining bir cheti qizarib turgandi. Ammo bu unga bir g‘ururday tuyuldi.

— Juda abjir bola ekanmi... — dedi u o‘z aksiga tikilgancha. — Hech kim menga qo‘l ham tekkiza olmagan. Hozir esa...

U jilmaydi. Bu safargi tabassum chuqur, xavfli va chindan ham qiziqish uyg‘otarli edi.

— Juda qiziq.

Shu so‘zlardan keyin u yuzini yuvdi, garderobga kirib, har doimgidek tartib bilan kiyindi va sekin, ammo ishonchli qadamlar bilan pastga tushdi. Har harakati go‘yoki rejaga ko‘ra edi.


Bu paytda esa Jungkook Jihoon bilan birga maktab eshigidan allaqachon kirib bo‘lgandi. U hali nima bo‘lishini bilmasdi. Taehyung esa endigina ko‘zini ochgan, lekin ko‘nglida allaqachon qandaydir reja tug‘ilgandi..

Darslar allaqachon boshlangan, ammo Jungkookning xayoli har gal o‘sha voqeaga

qaytaverardi. Taehyung bilan yuzma-yuz kelgan lahzalar, uning yuzidagi chuqur, ammo halokatli

bo‘lmagan jarohat — bularning barchasi hanuz uning ongini tark etmagandi. Darslar

o‘tayapti, ustozlar bilim bermoqda, ammo Jungkook dars emas, o‘zini oqlash yo‘lini,

qanday qilib hammasini joyiga qo‘yishni o‘ylardi.

Jungkook bu hafta oxirida uyga qaytishi kerak. Avvaliga bu uning uchun oddiy bir safar edi. Lekin

endi bu safar boshqa ma’noga ega: bu safar uzr, yuzlashuv va balki kechirim so‘rash uchun bir

imkon edi. U hali ham aniqlik kiritmagan — Taehyung yoniga

boradimi? Yoki u kutib yashashda davom etadimi?

U ich-ichidan bir narsani bilardi:

“Taehyung bir kuni uning yoniga keladi.”

Lekin bu “bir kun” qachon keladi? Ertami? Haftalar o‘tgachmi? Yillar o‘tibmi? Yoki hech qachon?

Jungkook bu orada o‘zini oqlashga harakat qilayotgandi. U o‘zicha deyarli aybsiz deb

hisoblaydi: Taehyung kimligini bilmagan edi, hamkasbini emas, dushman deb o‘ylagan.

Yarasi ham og‘ir emas edi: kuchli yelkali, chiroyli yuzi bor yigit — Taehyung — bir kundayoq o‘ziga

kelgan, atigi yuzi biroz tirnalgan edi. Ammo bu “biroz” narsa ko‘ngilda og‘ir iz qoldirgandi.

Oradan kunlar o‘tdi. Va nihoyat, Jungkook bir qarorga keldi. U qochib yurishni bas qiladi. U

Taehyungning yoniga boradi. Undan uzr so‘raydi. Hammasi hal bo‘lishi kerak. Ortiqcha savollar,

ichki qiynalishlarga joy qolmasligi kerak.

Bu qaror, aslida, osonlikcha kelmagan. Chunki bu orada Jungkook butunlay

o‘zgargan edi. U o‘z kuchlarini to‘liq aniqlagan, kuch-quvvatini boshqara boshlagan.

U Ryushin — ya'ni rohib. Bu esa uni yanada jiddiy, kuchli va o‘ziga ishongan yigitga aylantirgandi.

U ustozlar o‘rgatayotgan narsalarni juda tez anglay boshladi. Lekin shunga qaramay, ko‘p narsani o‘zi

mustaqil o‘rganayotgan edi. Chunki maktabda uning darajasidagi kuchni boshqara oladigan ustoz

deyarli yo‘q edi. U sinfdoshlari orasida Jin (frostaris) va J-Hope (helsfer) bilan yaqin do‘st

bo‘lib olgan. Jennie esa har doim unga yonma-yon yurardi. Namjoon esa unga nisbatan neytral edi, lekin zararli boʻlishi mumkin.

Bu ikki hafta ichida u nafaqat ichki dunyosi, balki tashqi qiyofasi jihatdan ham o‘zgarib

ketgan edi. Sochlari endi jingalak va silliq jigarrang rangda, yelkasiga to‘kilib turardi. Yuzi tiniqlashgan,

faqatgina ba’zi joylarda husnbuzardan qolgan mayda izlar qolgandi. Ozgani sezilib turardi —

endi u yanada yengilroq, harakatchanroq edi.

U endi chinakam sehrgar edi. Oddiy emas, balki murakkab xususiyatli, ixtisoslashtirilgan kuchlar

egasi. Hali ko‘p narsa o‘rganishi kerak. Suga esa uni hali shogird sifatida qabul qilmagan. Juda
qo‘pol, sovuqqon.

Jungkook esa unga yetib olishni, bir kun kelib u bilan tengma-teng yonma-yon turishni orzu qilardi.


Timeskip: Hafta oxiri

Bugun Jungkook uyiga qaytishi kerak. To‘g‘rirog‘i, oilasi bilan uchrashish, amakisi bilan

suhbatlashish va... balki Taehyung bilan ham. Jimin ham u bilan birga

qaytadigan bo‘ldi. Ular uchun fortun (avvalgi zamon transport vositasi) chaqirishdi.

Yo‘l davomida Jungkook ko‘zlarini ochib, derazadan tashqariga tikildi.

Osmonda sekin siljiyotgan bulutlar, uzoqdan ko‘rinayotgan sehrli o‘rmonlar —

bularning barchasi unga ichki sokinlik va biroz xavotir uyg‘otdi. U bugun yuz berishi mumkin

bo‘lgan voqeani o‘yladi: u va Taehyung. Nihoyat yuzma-yuz turish. Kechirim. Haqiqat. Balki og‘riq, balki tinchlik.

Fortun nihoyat to‘xtadi. Ular katta, deyarli qasrga o‘xshash uyning

qarshisiga yetib kelishdi. Jimin tushdi va ichkariga keta boshladi. Jungkook

esa biroz o‘ylanib turdi. U
qasrga termuldi, biroz hayajonlanayotgan edi.

Jihoon ortiga qaradi
—Janooob - uzoqdan baqirdi.

—Ketyapman- Jungkook xayollarini yigʻib olib uy tomon yura boshladi.

Ichkariga kirar ekan, u xuddi bolaligiga qaytgandek bo‘ldi. Oshxona tarafdan

idishlarning sekin jaranglashlari, xizmatchilarning past ovozda suhbatlari eshitilardi. Hamma narsa

o‘z joyida, lekin nima uchundir yuragida xavotir bor edi. U xonasi tomon yo‘l oldi — uchinchi

qavatda. Taehyungniki esa — ikkinchi qavatda. Ichkariga kirib yuzini yuvdi,

kiyimlarini almashtirdi va qorni ochganidan oshxonaga tushdi.

Suv ichayotib, sekin pichirladi:

“Bu joylar ancha sog‘ingan ekanman.”

U bir lahza jim qoldi. O‘tmish xotiralari xayolida jonlandi — Jimin bilan kechki suhbatlar,

amakisining ogohlantirishlari, bog‘larda yolg‘iz sayr qilish, tunda oyni tomosha

qilish... Bu uyda u ko‘p narsani boshidan kechirgan edi.

Shu payt xizmatchi kirib qoldi:

— Janob, sizni amakingiz chaqiryaptilar.

Jungkook yuragini mahkam ushlab, ichkariga — mehmonxona tomon yugurdi. Amakisini ko‘rish

har doim unga iliqlik bag‘ishlagan. Chunki janob Chon unga doim haqiqiy ota kabi mehribon bo‘lgan.

Ichkariga kirib, keng jilmayib:

— “Annyeonghaseyo!” — dedi va boshini ko‘targanida... yuragi bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi.

Xonada ikki kishi o‘tirgan edi. Biri — uning mehribon amakisi. Ikkinchisi esa...

Taehyung. U jim. Faqat ko‘zlarini Jungkookga qadagan.

Jungkook bir zumda muzlab qolgandek bo‘ldi. Yuragi qattiq urmoqda, nafas olish og‘irlashdi.

“Nega endi?! Nega bugun?!” — degan savol miyasida jiringladi. U hatto duo qilgandi —

“Iltimos, bugun uni ko‘rmay.” Ammo hayot o‘z yo‘lini tanlagandi.

U ichida tipirchilab turgan his-tuyg‘ularni bosishga harakat qildi. Yuziga tabassum taqib, hech

narsa bo‘lmagandek amakisini quchoqladi. Ammo ichida chayqalayotgan to‘lqinlarni... hech kim ko‘rmadi.

Китобий ёзвомманде койган расмимми карела😂

Amakisi bilan hol ahvol soʻrashdi. Taehyung esa Jungkookdan koʻz uzgani yoʻq. U buni sezib turardi,

Taehyungga bir- bir koʻz tashlab qoʻyardi. Hozir yuraklar urushi bir maromda emas chunki bu

yurakni teshadigan bir juft qahvarang koʻzlar unga termulib turibdi.

His eyes

Taehyung ko‘zlarini silkitmay, xuddi boy berilgan jangni kuzatayotgandek, Jungkookga tikilib o‘tirardi. U sokin edi, lekin bu sokinlik orqasida nimadir bor edi — o‘yinchanlik, chuqur fikr, ehtimol qasos yoki shunchaki qiziqish.

— Jungkook, — dedi amakisi asta, yumshoq ohangda. — Bilaman, bu kutilmagan bo‘ldi. Taehyung bu yerda, ba'zi sabablarga koʻra Meyok(qanaqadir joy nоmi)ga ketgandi.

Jungkook sekin bosh irg‘adi.

— Salom, — dedi Taehyung nihoyat. Ovozi xuddi kechki shabadadek salqin, barqaror edi. — Seni koʻrganimdan xursandman.

Uning yuzida o‘ziga xos tabassum bor edi — kulimsirashdan ko‘ra, jilmayishga yaqinroq, ammo bu

jilmayishda nimadir masxarali narsa bor edi. U o‘yin o‘ynayotganini yashirmasdi. Aynan Jungkook bilan o‘ynayotganini.

Jungkook esa yuzini burdi.

— Salom. — Ovozi sovuq chiqdi. U yuziga zo‘raki sokinlik niqobini taqdi, lekin ichidan titrayotganini o‘zi bilardi. —Kutmagandim.

Taehyung sekin turdi. Uning harakati muloyim, lekin shiddatli edi. U Jungkookga qarab bir qadam tashladi.

— Bilaman. Shuning uchun shu yerga keishingni kutdim , — dedi u va yana jilmaydi. Bu safar aniq masxara bor edi ohangida.

— Nega? — dedi Jungkook asta, o‘zini bosishga urinib.

Taehyung yelkasini qisdi. Qadamlarini sekin Jungkook tomon yaqinlashtirdi. Endi ularning orasi atigi bir necha qadam edi. Taehyung bir zum to‘xtab, pastga qaradi — sababi Taehyung Jungkookdan ancha baland.

— Hech narsa. Faqat... seni ko‘rishni istadim. — So‘zlar oddiy edi, lekin har bir harfi xuddi o‘yilgan toshday aniq edi.

Jungkook ichida nima bo‘layotganini anglab ulgurmasdan:

— Uzr so‘rash uchun emasmi? — dedi u g‘azabini yashirmay. — Yoki meni ayblash uchun? Yaralaganing uchun rosa baqirishni xohlayapsanmi?

Taehyung kuldi. U qattiq emas, faqat qisqa va sokin kuldi.

Taehyung birdan jiddiy qiyofaga kirdi.

—Nima sen buni xohlamayapsanmi?

Uni ovozi shunchalik dominant ediki inson hatto faqat ovozini eshtishi bilan ham etlari junjikib ketardi.

Kim Taehyung🥹💋

—Men hozir kelaman chaqirishyapti menimcha- Vazir Chon sekin juftakni rostlab chiqib ketdi.

—Amak.....

Jungkookni gapi oxirigayam yetmadi. Janob Chon uni eshitmay tez juftakni rostlab chiqib ketdi. Endi u butunlay ilojsiz.

Bir juft koʻzlar haliham unga qarab turardi.

—Men... men...

—Xoʻsh kutyapman.

—Men.. men ataylab qilmadim oʻzingiz ayibdorsiz- Jungkook shu gapni aytib Taehyungga moʻltillab qarab turardi.

Tae anq shunaq korgan😂

Taehyung biroz hayron woldi lekin yuziga chiqarmadi. Jungkook

tomon sekin qadamlar bilan kela boshladi. U juda jiddiy edi.

—Xohlamaysanmi?- bir qadam tashladi.

Umumanmi?- yana bir qadam.

Men aybdormanmi- yana bir qadam va orada yarim metr joy qoldi.

Va.....


Keyingi qismlari tez chiqishini xolasela fikr va reaksiya bildirib ketila, mani xafa qmasdan🥲💋

#saкura