November 4, 2024

Yulduzlar yoʻlida 

Orzularimiz amalga oshishi uchun har qanday toʻsiqlarni yengib oʻtish kerak.....

Soat yarim tunni koʻrsatishiga qaramasdan xonasida dars tayorlab oʻtirgan qiz, ertangi birinchi oʻqish kuni uchun tayyorgarlik koʻrardi. Xonasining eshigi ochilib, ichkariga qizning oyisi kirib keldi va qizini oldiga yaqinlashib

-qizim nega hali hanuz uxlamading axir, ertaga birinchi oʻqish kuningku -qizining sochlarini silab

-hozir oyijon, hozir yotaman yana bir oz -deya oyisiga jilmayib qaradi.

Oyisi qozining yanoqlaridan oʻpib qoʻyib

-oʻzimni aqlli qizalogʻim, tezroq yotib uxla-deya xonani tark etdi

Lee Sooah 18yoshda oilada ikkita nafar farzand, oʻzi va akasi Namjoon. Ularni onasining yolgʻiz oʻzi katta qilgan, chunki ularning otasi uchuvchi boʻlgan va texnik nosozliklar tufayli samalyot halokatga uchragan va voqiya joyida vafot etagan. Namjoon otasining izidan borishni hohladi va hozirda Korea Aerospace universitetning ikkinchi kurs talabasi. Sooah ham uchuvchi boʻlishni hohladi, uning oyisi Haeun honim qizini bu qaroridan qaytishini aytsa ham, Sooah soʻzida qatʼiy turib oldi. Oxir oqibatda qizining bu oʻjarligiga koʻnib qizni qoʻllab quvvatladi. Sooahning ancha harakati, uxlamasdan dars tayyorlab chiqishlari oʻz samarasini bergandi goʻyo, Sooah ham akasi Namjoon kirgan universitetga grand asosida qabul qilingandi. Erta esa birinchi oʻqish kuni. Uyana bir oz dars tayyorlab, oʻrniga yotib uxladi.

🌄 Erta tong

Uygʻotgichning ovozidan erinibgina koʻzlarini ochgan qiz, soatga qaradi va oʻrnidan sapchib turdi.

-yo xudoyim, bugun meni birinchi oʻqish kunim -oʻrnidan tezlikda turib yuvinish uchun yuvinish honasiga kirib ketdi Yuvinib chiqgandan soʻng oʻzini tartibga keltirib, nonishtaga tushdi. Oyisi oshxonada qiz yoqtirgan quymoqlarni tayorlab qoʻyganini koʻrib hursand boʻlib ketdi va yugurib borib oyisini quchoqlab oldida oyisining yanoqidan oʻpib qoʻydi.

-hayrli tong oyijon

-hayrli tong qizalogʻim, kel oʻtir sen yoqtirgan quymoqlarni tayorlab qoʻydim, hozir akang ham tushib qoladi.

-raxmat oyijon biram mehribon siz akam ham tezroq tusha qolsalar yaxshi boʻlardi, oʻqishga kech qolmaylik tagʻin.

-hayrli tong hammaga yaxshi dam oldingizmi -deya Namjoon kirib keldi

-hayrli tong akajon nabuncha chiqishingiz qiyin, meni ham tayorlanishim uchun buncha vaqt ketmaydi, siz nima qilasiz shuncha vaqt -akasiga erkalangancha gapirib

-hechamda men sendan tez boʻlaman, havotirlanma oʻqishga kech qolmaymiz -deb singlisini yanoqlaridan oʻpib

-oyijonim, faqat shu qiziz yoqtirgan quymoqlarni tayorlab berasiz, meni ham yaxshi koʻrgan shirinliklarimni tayorlab bering -quymoqlarga qarab

-nega bunday deysan axir, sen yoqtirgan shirinliklarni ham tayyorlab beramanku -oʻgʻlining sochlarini silab

oʻzimni mehribon oyijonim sizni yaxshi koʻrishimni bilarmidiz -oyisini yuzidan oʻpib, quchoqlab oldi

-yaaa men qolib ketdim -deya tezda oyisi bilan akasini quchoqlab oldi

-oʻzimni mittivoyim kelaqol sen qolib ketma -deya singlisini ham bagʻriga bosdi

-qani bolalar endi nonushta qilib oling, boʻlmasa oʻqishga kech qolasizlar -aka singil oʻz joylarini egallashdi va nonushta qila boshlashdi

Quyosh nurlari deraza boʻylab yigitning koʻzlariga tushar ekan erinibgina koʻzlarini ochgan yigit, oʻrnida turgisi kelmay gʻinshidi

-yana bir oz uxlay hali ertaku -deya koʻrpasini yuziga yopib oladi. Birozdan soʻng telifoni jiringladi, telifoni erinibgina koʻtardi

-ako -dedi uyqisirab, telifon ortidan esa biroz gʻazablanga ovoz eshitildi

-hoy Jungkook hali ham uxlayabsanmi soatga qaradingmi oʻzi oʻqishga kech qolmaymiz axir tur oʻndindan 30 daqiqada oldingda boʻlaman turda tez tayyorlan tushundingmi -norozi ohangda

-Jimin men tinch qoʻy yana bir oz uxlay -hali hanuz koʻzini ochmasdan javob berayotgan yigit

-men senga nima dedim Jungkook axir, uying yonida yarim soatda boraman tezroq turib tayyorlan boʻlmasa kecha qayerda yurganingni dadanga aytib beraman -Jk bu gaplarni eshitib sabchib turdi va

-hoy mana turdim ogʻzingni yop boʻpti tezroq kel kutaman -noliganday boʻlib

-juda soz ertalab Namjoon bilan telefon orqali gaplashgan edim, u ham oʻqishga ketayotganini aytgandi tayyor boʻlsang birga boramiz biz ham -deya qoʻngʻiroqni yakunladi. Jk oʻrnidan turib yuvinish xonasi kirib ketdi

Jimin Jungkook va Namjoon qalin doʻstlar ular Korea Aerospace universitetning ikkinchi kurs talabalari.

Aka singil nonushta qilib boʻlgach, oʻqish tomon otlanishdi. Sooahning qalbida qandaydir tushunib boʻlmas hayajon bor edi, Namjoon singlisiga qarab hayajonlanayotganini sezdi va qoʻllaridan ushlab

-mittivoy hayajonlanma hammasi yaxshi boʻladi hopmi -singlisiga jilmayib

-akajonim yaxshiyam siz meni akamsiz, yaxshiyam borsiz -deya akasini quchoqlab oldi. Shu tariqa ular universitetga yetib kelishdi. Ular mashinadan tushib universitet ichkariga kirishdi. Sooah universitetni kuzatar ekan maqsadlariga erishish uchun yana bir qadam tashlaganini his qilib turardi.

Universitetda birinchi kurs talabalari uchun oʻtkaziladigan tadbir boʻlib oʻtadi tadbirda yangi oʻqishga qabul qilingan yaʼni birinchi kurs talabalariga uchuvchilik haqida tushunchalar berishadi va universitetni universitetini tanishtirib ham chiqishadi. Bu tadbirda Namjoon ham qatnashadi chunki Namjoon isteʼdodli talaba boʻlib boshqa talabalar uchun oʻrnak boʻlishga arziydi. Sooah va Namjoon tadbir oʻtkaziladigan asosiy yigʻilish zaliga borishdi. Sooah ikki qiz yoniga borib oʻtirdi.

-salom qizlar Sooah boʻlaman -qizlarga yuzlanib, shunda qizlardan biri

-salom men Yuri yonimdagi dugonam Yuna -yonidagi dugonasiga ishora qilib, dugonasi Yuna ham

-tanishganimdan hursand man Sooah -qizlar bir-birlari bilan tanishib olishdi.

Yuri 18yoshda yaxshi qiz, mehribon va odamlar bilan tez muloqotga kirishuvchan. Ota-onasi bilan birga turadi. Oilasida ikkita farznd oʻzi va ukasi

Yuna 18yoshda yaxshi qiz ammo qoʻrs va odamlar bilan tez muloqotga kirish olmaydi. Otasi bilan yolgʻiz turadi. Oyisi baxtsiz hodisa tufayli halokatga uchragan va oʻsha yerda jon taslim qilgan, oʻshanda Yuna 12yoshda edi.

Tadbir ham boshlandi qizlar suhbatni yakunlashib bor eʼtiborlari tadbirga qaratishdi.......

1-qism tugadi davomi bor

Qadrli oilam meni qoʻllab quvvatlaysiz degan umidda man. Fanfic haqidagi yaxshi yomon fikrlarizni albatta qoldirib.