November 5, 2024

Celestial Dreams

EPISODE 1| Aylin

Orzularimiz amalga oshishi uchun har qanday toʻsiqlarni yengib oʻtish kerak.....

Soat yarim tunni koʻrsatishiga qaramasdan xonasida dars tayorlab oʻtirgan qiz, ertangi birinchi oʻqish kuni uchun tayyorgarlik koʻrardi. Xonasining eshigi ochilib, ichkariga qizning onasi kirib keldi va qizini oldiga yaqinlashib

- qizim nega hali ham uxlamading, axir ertaga birinchi oʻqish kuning -deya qizining sochlarini silab

-hozir oyijon hozir yotaman yana bir oz -deya oyisiga jilmayib qoʻydi.
Onasi qizining yanoqlaridan oʻpib qoʻyib
-oʻzimni aqlli qizalogʻim, tezroq yotib uxla -deya xonani tark etdi.

Lee Sooah oilada ikki nafar farzand, oʻzi va akasi Namjoon. Ularni onasining yolgʻiz oʻzi katta qilgan, chunki ularning otasi uchuvchi boʻlgan va texnik nosozlik tufayli halokatga uchrab vafot etgan. Namjoon otasiga oʻxshab uchuvchi boʻlishni hohlaydi. Hozirda u Korea Aerospace universitetining ikkinchi kurs talabasi. Sooah ham uchuvchi boʻlishni hohlaydi, uning onasi Haeun honim qizini bu qaroridan qaytishini aytsa ham Sooah soʻzida qatʼiy turib oldi. Onasi qiziga qarshilik qila olmadi va qizini qoʻllab quvvatladi. Sooahning mehnatlari, kechalari uxlamasdan dars tayyorlab chiqqanlari oʻz samarasini bergandi goʻyo, Sooah ham akasi Namjoon kirgan universitetga qabul qilindi. Ertaga esa birinchi oʻqish kuni. U yana biroz dars tayyorlab keyin oʻrniga yotib uxladi.

🌄 Erta tong

Uygʻotgichning ovozidan erinibgina koʻzlarini ochgan qiz soatga qaradi va oʻrnidan shoshilib turdi.

-yo, xudoyim bugun meni birinchi oʻqish kunim -oʻrnidan tezda turib, yuvinish xonasiga kirib ketdi. Yuvinish xonasidan chiqqandan soʻng, nonushta qilish uchun pastga tushdi.Onasi u yoqtirgan quymoqlarni tayorlab qoʻyganini koʻrib, xursand boʻlib ketdi va onasini quchoqlab oldi.

-hayrli tong oyijon

-hayrli tong qizalogʻim, kel oʻtir sen yoqtirgan quymoqlarni tayorlab qoʻydim, hozir akang ham tushib qoladi

-raxmat oyijon biram mehribosiz, akam ham tezroq tusha qolsalar yaxshi boʻlardi, oʻqishga kech qolmaylik tagʻin

-hayrli tong hammaga yaxshi dam oldingizmi -deya Namjoon kirib keldi.

-hayrli tong akajon nega buncha chiqishingiz qiyin, meni ham tayorlanishim uchun bunchalik koʻp vaqt ketmaydi, siz nima qilasiz shuncha vaqt -norozi ohangda gapirib

-hechamda men sendan tez boʻlaman, havotirlanma oʻqishga kech qolmaymiz-deb singlisini yuzidan chimchilab qoʻydi.

-oyijon faqat shu qiziz yoqtirgan quymoqlarni tayorlaysiz meni ham shirinliklarimni tayyorlab bering -quymoqlarga qarab

-oʻgʻlim nega bunday deysan axir, sen yoqtirgan shirinliklarni ham tayyorlab beramanku -oʻgʻlining sochlarini silab.

-oʻzimni mehribon oyijonim sizni yaxshi koʻrishimni bilarmidiz -oyisini yuzidan oʻpib quchoqlab oldi

-hoooy men qplib kettim-deya oyisi va akasini quchoqlab oldi

oʻzimni mittivoyim kelaqol sen qolib ketma -deya singlisini ham bagʻriga bosdi

Qani bolalar nonushta qilib oling, boʻlmasa oʻqishga kech qolasizlar -aka singil oʻz joylarini egallashdi va nonushta qila boshlashdi.

***
Quyoshning nuri deraza boʻylab yigitning koʻzlariga tushar ekan erinibgina koʻzlarini ochgan yigit oʻrnida turgisi kelmay gʻinshidi

-yana bir oz uxlay hali ertaku -deya koʻrpasini yuziga yopdi.
Birozdan soʻng telefoni jiringladi, telifonini erinibgina

-alo-dedi uyqisirab, telifon ortidan esa biroz gʻazablanga ovoz eshitildi

-hoooy Jungkook xali ham uxlayabsanmi, soatga qaradingmi oʻzi oʻqishga kech qolamiz axir, tur oʻrningdan 30daqiqada oldingda boʻlaman turda tezroq tayyorlan eshitdinmi -norozi ohangda

-Jimin meni tinch qoʻy yana biroz uxlay -hali ham koʻzini ochmasdan javob berdi.

-men senga nima dedim Jungkook, yarim soatda yoninga boraman tezroq tayyorlan boʻlmasa kecha qayerda yurganingni dadanga aytib beraman -Jk bu gaplarni eshitib, tezda oʻrnidsn turdi

-mana turdim tezroq kel kutaman -noliganday boʻlib

-juda soz ertalab Namjoon bilan telefonda gaplashgan edim u ham oʻqishga ketayotganini aytgandi tayyor boʻlsang birga boramiz biz ham -deya qoʻngʻiroqni yakunladi.Jk oʻrnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi.

Jimin Jungkook va Namjoon qalin doʻstlar ular Korea Aerospace universitetning ikkinchi kurs talabalari

***
Aka singil nonushta qilib boʻlgach, oʻqish tomon otlanishdi. Sooahning qalbida qandaydir tushunib boʻlmas hayajon bor edi, Namjoon singlisiga qarab hayajonlanayotganini sezdi va qoʻllaridan ushlab

- mittivoy hayajonlama hammasi yaxshi boʻladi -singlisiga jilmayib

-akajonim yaxshiyam siz meni akamsiz yaxshiyam borsiza -deya akasini quchoqlab oldi.Shu tariqa ular universitetga yetib kelishdi.Ular mashinadan tushib universitetga kirishdi. Sooah universitetni kuzatar ekan maqsadlariga erishish uchun yana bir qadam tashlaganini his qilib turardi.

Universitetda birinchi kurs talabalari uchun oʻtkaziladigan tadbir boʻlib oʻtadi, tadbirda qabul qilingan yaʼni birinchi kurs talabalariga uchuvchilik haqida tushunchalar berishadi va universitetni tanishtirib ham chiqishadi. Bu tadbirda Namjoon ham qatnashadi chunki Namjoon isteʼdodli talaba boʻlib, boshqa talabalar uchun oʻrnak boʻlishga arziydi.Sooah va Namjoon tadbir oʻtkaziladigan asosiy yigʻilish zaliga borishdi.Sooah ikki qiz yoniga borib oʻtirdi

-salom qizlar ismim Sooah -qizlarga qarab,shunda qizlardan biri

-salom men Yuriman yonimdagi dugonam Yuna -yonidagi dugonasiga ishora qilib, shunda Yuna ham

-tanishganimdan hursand man -qizlar bir-birlari bilan tanishib olishdi

Yuri 18yoshda yaxshi qiz, mehribon va odamlar bilan tez muloqotga kirishuvchan. Ota onasi bilan birga turadi, oilada ikkita farznd, uning ukasi bor.

Yuna 18yoshda yaxshi qiz ammo qoʻrs, odamlar bilan tez muloqotga kirisha olmaydi. Otasi bilan birga turadi. Onasi baxtsiz hodisa tufayli halokatga uchrab vafot etgan oʻsha vaqtda Yuna 12yoshda edi

Yuna
Yuri

Tadbir ham boshlandi qizlar suhbatni yakunlashib bor eʼtiborlari tadbirga qaratishdi......
1-qisim tugadi
Davomi bor
Qadrli oilam meni qoʻllab quvvatlaysiz degan umiddaman. FF haqidagi yaxshi, yomon fikrlarizni albatta qoldiring.
#aylin