December 22, 2021

Pitsa tayyorlash ketma ketligini bilasizmi?

December 22, 2021

Yoqimli ishtaxa

Ushbu taomni tayyorlashni boshladik:

1. 500 g unni idishga elab solamiz.

2. 300 ml sutni biroz qizdirib, uni unning ustiga quyamiz.

3. Ustidan 30 g shakar sepamiz.

4. So‘ng 30 g xamirturush qo‘shamiz.

5. Ustidan 80 g tuz solamiz.

6. 150 g zaytun yog‘ini solamiz.

7. So‘ng 150 g o‘simlik yog‘ini qo‘shamiz.

8. 1 l suvni ham solamiz.

9. Shundan so‘ng xamir qoramiz.

10. Tayyor xamirni biroz dam oldiramiz.

11. So‘ng uni har biri 190 gramlik bo‘laklarga bo‘lamiz. Yuqorida qorilgan zuvaladan 7 ta pitssa tayyorlash mumkin.

12. Ularning har biridan bittadan pitssa tayyorlaymiz. Buning uchun xamir bo‘laklarini o‘qlov yordamida yoyib chiqamiz.

13. Yoyilgan xamir ustiga avval qirg‘ichdan chiqarilgan 100 g motsarella pishlog‘ini bir tekis qilib yoyib chiqamiz. Pishloqning bir qismini pitssaning ustiga sepish uchun olib qo‘yamiz.

14. So‘ng uzunasiga parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan 100 g qo‘ziqorinni terib chiqamiz.

15. Ustidan tilim qilib kesilgan 100 g tovuq go‘shtini qo‘yamiz.

16. Undan keyin yupqa qilib kesilgan 70 g dudlangan kurka go‘shtini terib chiqamiz.

17. 40 g cherri pomidorini tilim-tilim kesib qo‘yib chiqamiz.

18. Uning ustidan 60 g dudlangan mol go‘shtini uzunchoq ko‘rinishda to‘g‘rab qo‘yamiz.

19. Shundan so‘ng ikki bo‘lakka bo‘lib chiqilgan 30 g zaytun mevalarini terib chiqamiz. Uning ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan motsarella pishlog‘ining qolganini sepamiz.

20. Pitssani 250 darajada qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa davomida pishiramiz.

Pitssamiz tayyor. Yoqimli ishtaha!

Ushbu taomni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.