Sun’iy Intellekt olamida TOP 10 “influencer”lar
Sun’iy Intellekt jadal rivojlanayotgan zamonimizda, u bilan hamnafas bo‘lish oson emas. Baxtimizga jamiyatimizda shunday insonlar borki, ular SI sohasida peshqadamlar hisoblanishadi va bu sohani rivojlanishi va jamiyatga foyda keltirishida o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Keling, ularning Top 10 taligini ko‘rib chiqamiz.
Qiziq, siz ularning nechtasini tanir edingiz?
Kai-fu Lee mashhur Sun’iy Intellekt (keyingi o‘rinlarda SI deb nomlanadi) eksperti, venchur kapitalist va hozirda "Sinovation Ventures" rahbari hisoblanadi. Bundan oldin "Google China"ga yetakchilik qilgan. Uning keng ta’sirga ega “AI superpowers” ya’ni “SI’ning superkuchlari” nomli kitobi butun dunyoda SI’ning jamiyatga qanday ta’sir o‘tqazishi mumkinligi haqida muhokamalarga sababchi bo‘ldi. Kai-Fu Apple, Microsoft va SGI kabi kompaniyalarida ishlagan va uning SI tadqiqotlari va rivojlanishidagi tajribasi 30 yildan ortiqdir. Uning SI kelajagi va jamiyatda qo‘llanishi haqidagi fikrlari ta’lim va biznes sohalarida juda qadrlanadi va uning ijtimoiy tarmoqlarda olib borayotgan ishlari SI ga qiziquvchilarga qimmatli ma’lumot bo‘lib kelmoqda.
Yoshua Bengio, Université de Montréal’da to‘liq professorlik bilan shug‘ullanadi va 30 yildan ortiq "Montreal Institute for Learning Algorithms" ya’ni Montreal Algoritmlarni o‘rganish Institutida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning Deep Learning va neyro tarmoqlar sohasida qilgan ishlari SI olamida sezilarli rivojlanishlarga sabab bo‘ldi va unga ushbu texnologiyalarning "Otasi" degan nomni berdi. Uning harakatlari SI olamida juda ko‘p yangiliklarga fundament bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Allie Miller - SI sohasida mashhur maslahatchi va investor, shu davrgacha "Machine Learning Business Development for Startups"ning xalqaro rahbari va AWS’da venchur kapitalist bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. U SI produktni rivojlantirgan eng yosh ayol mutaxassis bo‘lib IBM’da ham muhim vazifalarni bajarib kelgan, . Alliening ekspertligi SI trendlar va yangi rivojlanayotgan texnologiyalar bo‘lganligi tufayli Top ML izlanuvchilar va asoschilarga (founders) konsultatsiyalar ham o‘tib keladi. Uning fikrlari va ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari startaplar ekosistemasini SI innovatsiyalari tomon rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.
Fei-Fei Li, Stanford Universitetida Kompyuter Fanlari (Computer Science) yo‘nalishida Professor, "Stanford Human-Centered AI Institute"da hamkor direktorlik qiladi. Uning kompyuter ko‘ruvi (computer vision) uchun qilgan ishlari, ayniqsa u tayyorlagan ImageNet nomli dataset 2010-yilda kompyuter ko‘ruvini tezlik bilan rivojlanishiga hissa qo‘shdi va SI imkoniyatlarini sezilarli darajada rivojlantirib yubordi. Fei-Feining izlanishlari vizual kontentlarni tushunish uchun algoritmlar yaratishga ixtisoslashgan. Uning erishgan yutuqlari butun dunyoda tan olingan bo‘lib, ulardan ba’zilari "ACM Prize in Computing" va "2023 Intel Lifetime Achievements Award"dir.
Joylashuv: AQSh
Soha: Tech
Yann LeCun Meta kompaniyasida Vitsa Prezident, Bosh SI Olimi, undan tashqari Nyu-York Universitetida uzoq vaqtlardan buyon professor bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. U konvolyutsion neyro tarmoqlar (convolutional neural networks) va deep learning yo‘nalishlarining ilk jonkuyarlaridan. Uning ishlari rasm va ovozni tanib olish (image and speech recognition) rivojlanishida muhim ro‘l o‘ynagan. Yanning izlanishlari zamonaviy SI tizimlarini rivojlanishiga ta’sir o‘tqazdi va bundan Google Images va Aleksa kabi ovozli tizimlar ko‘p foyda olishdi. Uning qilgan ishlari SI olamining turli jabhalarida o‘z hissasini qo‘shishda davom etyapti.
Demis Hassabis DeepMindda Co-Founder va CEO bo‘lib, dunyoning eng ilg‘or SI tadqiqotlari laboratoriyasining rahbari hisoblanadi. Uning ko‘rsatmalari ostida DeepMind sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Ulardan bir misol qilib protein strukturasini bashorat qilishdek 50 yillik katta muammoga yechim bera olgan AlphaFoldni ko‘rsatsak bo‘ladi. Demis o‘z faoliyatida kompleks muammolarni hal qilishga va SI’ni ilmiy jihatdan tushunishni osonlashtiruvchi SI tizimlarni yaratishga fokus qilib kelmoqda. U rahbarlik qilayotgan DeepMind Googlega tegishli va u o‘z oldiga SI imkoniyat chegaralarini kengaytirishni va umumiy SI’ning (artificial general intelligence) yangi jabhalarini ochishni maqsad qilib qo‘ygan.
Andrew Ng - DeepLearning asoschisi. Stanford universitetida yordamchi Professor va SI laboratoriyasiga rahbarlik qiladi. Andrew SI’ga bag‘ishlangan Google Miya (Google Brain) loyihasi asoschilari va boshqaruvchilaridan. U o‘zining online ta’limdagi sa’y-harakatlari va SI’ni o‘rganish imkoniyatlarini yengillashtirishga qaratgan urinishlari bilan eng mashhur ustozlardan hisoblanadi. Ng‘ning olib borayotgan ishlari SI ta’limini butun dunyo insonlariga ochiq bo‘lishiga xizmat qilib kelmoqda.
Mustafa Suleyman - DeepMind Co-founder’laridan va hozirda Microsoft AI’da CEO bo‘lib xizmat qiladi. U SI olamida juda ko‘p rivojlanishlarda muhim rol o‘ynab kelgan. DeepMind’da AlphaGo (Go o‘yinida dunyo chempionini yenggan birinchi dastur) kabi loyihalarga o‘z hissasini qo‘shgan. Mustafoning hozirgi fokusi jamiyatga foyda olib keluvchi axloqiy (ethical) SI tizimlarini yaratishga qaratilgan. U hozirda innovatsiyalarni rivojlantirishda mas’uliyatli va foydali SI taraqqiyoti ( responsible and beneficial AI development) ga urg‘u berib kelmoqda.
Bernard Marr mashxur futurist (kelajakni o‘rganuvchi va u haqida hozirgi tendensiyalar asosida bashorat qiluvchi shaxs) va undan tashqari biznes va texnologiya olamida o‘z ilg‘or fikrlari bilan liderlardan hisoblanadi. Aslida Germaniyada tug‘ilgan va keyinchalik Kembrij, Angliyaga biznes, muhandislik va IT yo‘nalishlarida o‘qish uchun ketgan. Bernard "Amalda generativ AI" ("Generative AI in Practice") kabi 10 dan ortiq kitoblarni yozgan "best-selling" mualliflardan hisoblanadi va doimiy ravishda Forbes va World Economic Forum kabi jurnallarda o‘z fikrlarini bayon qilib keladi. IBM, Microsoft va BMT kabi tashkilotlarda kelajak trendlari, raqamli transformatsiya, data va SI’ning bizneslarda oqilona foydalanuvi kabi mavzularda strategik maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Uning ekspertligiga Big Data, SI va faoliyat menejmenti (performance management) kiradi va bular murakkab texnologik konsepsiyalar bilan amaliy biznes faoliyati orasida ko‘prik vazifasini bajarmoqda. LinkedInda 1.5 milliondan ortiq kuzatuvchilarga ega va dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkaza olayotgan top 5 biznes inflyuyenserlaridan hisoblanadi.
Aishwarya Srinivasan "Microsoft for Startups"da yetakchi SI Maslahatchi lavozimida ishlab keladi va SIga asoslangan produktlar strategiyalarini rivojlantirishga va Microsoft/OpenAI mahsulotlarini ishlatishga yordam berib keladi. Bundan oldin "Google Cloud AI Services"da Data Scientist bo‘lib ishlagan va "IBM Data&AI"da "AI&ML Innovation Leader" ya’ni SI & ML Innovatsiya yetakchisi lavozimida ishlab kelgan. Aishwarya "Illuminate AI" nomli SI resurslarini taqdim etuvchi va mentorlikni amalga oshiruvchi notijorat tashkilotga asos solgan va u yerda o‘zining SI produktlarini rivojlantirish, cloud computing va data science bilimlari bilan bo‘lishib boradi. Karyerasi davomida EY va Tata kabi dunyoning eng yirik konsalting kompaniyalarida tajriba yig‘gan va bu uni biznes olamini ham yaxshi tushunishiga xizmat qilgan. U doimo ochiq manba texnologiyalarini (open-source technologies) keng yoyishga harakat qilib kelgan va shu kabi sa’y-harakatlari uchun 2020-yilning LinkedIn Top Voice nominatsiyasi bilan taqdirlangan.