March 21, 2022

STIPENDIAT KLUBI

Klubning maqsadi

"STIPENDIAT" klubi - iqtidorli talabalarni va iste'dodli, o'z kelajagiga befarq bo'lmagan barcha yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning kelgusidagi orzu-maqsadlariga yetishish yo'lida yaqindan yordam berish maqsadida tashkil etiladi.

Klubga a'zolik - barcha uchun ochiq. Faqat yagona sharti - a'zo bo'lmoqchi bo'lgan yoshlarning kelajakda aniq maqsadi mavjudligi va bu maqsad yo'lida harakat qilayotgan bo'lishlari lozim.

Klub beradigan imkoniyatlar

Ushbu klubga a'zolik evaziga Siz o'z sohasining mutaxassislaridan quyidagilar yo'nalishlar bo'yicha kerakli ma'lumotlar va maslahatlarga ega bo'lasiz:

1. Stipendiyalar yo’nalishi:

  • Grant yutish: grant turlari
  • Top-1000 universitet
  • CV tayyorlash
  • Motivatsion xat tayyorlash
  • Ijtimoiy faollik: volontyorlik, homiylik,
  • Amaliyot, stajirovka, yozgi/qishki maktablar, almashinuv dasturlari

2. Ilmiy yo’nalish:

  • Ilmiy ish, ilmiy maqola, tezis haqida ma'lumot
  • Ilmiy tezis va maqola qanday yoziladi?
  • Ilmiy konferensiya va jurnallarda maqola chop ettirish
  • Ilmiy yangilikning qiymati, ilmiy ish natijasi
  • Mamlakatimizda mavjud imkoniyatlar

3. Xorijiy tillar yo'nalishi:

  • Til o’rganish strategiyalari
  • Tilni baholash imtihonlari
  • O’quv kurslari, ustoz-shogird maqomi

(Ushbu yo'nalishlarning qamrovi jamoatchilik muhokamasi davomida qayta ko'rib chiqilishi mumkin)

Klub faoliyati

Klub o'z faoliyatini har ikki haftada bir marotaba Shanba kuni tashkil etiladigan Master-klass treninglar va ijtimoiy tarmoqlar orqali olib boradi.

Bunda har bir Master-klass mavzusi bir hafta oldin e'lon qilinadi va shu mavzu bo'yicha malakali ekspertlar o'zlarining qimmatli ma'lumotlari va amaliy yordamlarini taqdim etishadi.

A'zolik tartibi

Ushbu klubga a'zolik mazkur yo'riqnoma va klub Nizomi bir hafta muddat davomida keng jamoatchilik muhokamasidan o'tgandan so'ng amalga oshiriladi. Shundan so'ng klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida a'zolik uchun maxsus havola taqdim etiladi. A'zolarni qabul qilish muddati va Klubning ochilish marosimi yuzasidan qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Hurmatli do'stlar!

Agar Sizda kelajagingiz uchun aniq maqsadlaringiz bo'lsa, bunda sizga to'g'ri yo'l-yo`riq va amaliy yordam kerak bo'lsa, maqsadlari Sizniki kabi yuksak bo'lgan tengdoshlaringiz bilan bir safda bo'lishni istasangiz, "STIPENDIAT" klubi aynan Siz uchun!

@terdu_stipendiatlari