Oʻzbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqimi qanday iqtisodiy va siyosiy siyosiy masalalar bor?
Biz bilamiz Oʻzbekistonning bu ittifoqlarga qoʻshilishining asosiy maqsadi bu iqtisodiy siyosatni rivojlantirish va bu ittifoqlardagi davlatlar bilan aloqani yanada yuksaltiradi. Lekin bu ittifoqlarga qoʻshilishning yaxshi va yomon tomonlari mavjun.
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qoʻshilishining foydali tomonlari shundaki, ekisportning imkoniyatlari kengayishi, sarmoya jalp qilish, ichki raqobat va boshqa foydalari mavjud. Ekisportning imkoniyatlari kengayishi bu masalan hozirda mahsulotlarga boj foyzi 12-15% gacha boj olinsa. JST a'zoligida bu bojlar 0-5% oraligʻiga tushushi mumkin. Bu esa mahaliy mahsulotlarni katta-katta bozorlarga chiqishi imkonini beradi. Bu esa tashqi bozordagi raqobatga chiday oladigan sifatdagi mahsulotlar va xizmatlar yarata boshlanadi. Nafaqat bizning maxsulotlarimiz tashqi bozorga chiqa boshlaydi, balki 160+ davlatlarning maxsulot va xizmatlari kirib kela boshlaydi. Bu degani yirik yirik investirlarni kirib kelishiga olib keladi va oʻz xizmatlarini taklif qila boshlaydi. Va bu esa bizning bozorimizda ham raqobatning keskin oshib kelishiga olib keladi. JST a'zoligiga erishimiz siyosiy jihatdan yalablarini bajarishi lozim boʻladi yani " xalqaro savdo qoidalari " ga koʻra ish koʻrishi lozim hisoblanadi. Bu degani ichki ishlab chiqarishni himoya qilishni toʻxtatadi yani ichki bozorni raqobatga chiday olishini yoki chiday olmasliga koʻz yumadi.
Oʻzbekistonning Yevropa Iqtisodiy Ittifoqiga (YeOII) qoʻshilishi iqtisodiy imkoniyatlari JST dan kamoq lekin Oʻzbekiston bu jamiyatga qoʻshilsa qanday jihatdan foyda boʻladi. YeOIIda asosan Rossiya va Qozogʻiston kabi qoʻshni davlatlarning bozoriga chiqish osonlashadi. Va asosan maxsulot va xizmatlarning ekisporti va importi shu davlar ichida sodir boʻladi. Bozordagi raqobat darajasi JST kabi kuchayadi lekin Rassiyaga qaramlik oshib kettadi. Va asosan texnologik oʻsish oʻzbekistonda sodir boʻlmaydi chunki SSSR kabi Rassiya bizdan asosan paxta, meva, gaz ekisport qilamiz lekin texnologik raqobatimiz Rossiya bilan teng raqobat lasha olmaydi. Oʻzbekiston agar YeOIIga qoʻshilsa siyosiy vaziyat keskin oʻzgaradi yani bu ittifoq asosan Rossiyaning taklifi bilan tashkil qilingan boʻlib yani Oʻzbekistonning siyosati Rossiya bosimi ostida boʻladi. Bu degani Yevropa va AQSh bilan iqtisodiy aloqalar deyarli mumkin boʻlmaydi.
JST Oʻzbekistonning uzoq muddatli manfatlariga mos keladi ( ekisport diversiyasi, investitsoya, xalqaro imidj). Qisqa foyda uchun, YeOII migratsiya va Rossiya bozoriga kirishga qullaylik yaratadi. Ammo iqtisodiy qaramlikni kuchaytiradi. Mening fikrimcha Oʻzbekistonni eng maqbul yoʻl- JSTga a'zolik koʻproq foyda olib keladi. Lekin bu Oʻzbekiston uchun hafsiz hisoblanmaydi. Chunki mamlakatimizga kirib kelayotgan maxsulot va xizmatlar bizning mintalitetimizga toʻgʻri kelmaydi va bu bizning qadiriyatlarimizni unutishga olib keladi. Mening fikrimcha oʻzimizning qadriyatlarimizni yoʻqolib ketmasligini oldini olgan holda aloqa olib borishimiz kerak dep oʻylayman.