Online IELTS kurslari haqida batafsil ma'lumot
Assalomu alaykum, azizlar!
Muborak Qurbon Hayiti yana bir bor qutlug' bo'lsin! Bu galgi postimizda yangi tashkil etilayotgan Online IELTS kurslari haqida batafsil tushuntirish berib o`tamiz. Qani unda ketdik!
1. General English. Ushbu kurs Ingliz tilini endi boshlayotganlar (aniqrog’i, deyarli ingliz tilini bilmaydiganlar) uchun mo’ljallangan. Asosiy urg’u Grammatika, Vocabulary va Pronunciation ga qaratiladi. IELTS Testi haqida deyarli tushuncha berilmaydi, lekin fundamental bilimlar shu test tizimiga mos holda rivojlantirib boriladi Kurs davomiyligi 4-6 oy. Sinov testlarida (Placement test) da 20-22 dan kam topganlar ushbu kurslarga saralanadi.
2. IELTS Foundation. Ushbu kurs IELTS ga tayyorgarlikni endi boshlayotganlar yoki qaytadan puxta o'rganmoqchi bo'lganlar uchun mo’ljallangan. IELTS test tizimi va strategiyalari haqida batafsil ma'lumot beriladi. Darslar Bottom-Up metodikasi asosida rivojlantiriladi. Kurs davomiyligi 3-4 oy. Sinov testlari (Placement test) da 23-39 oralig’ida test topganlar ushbu kurslarga saralanadi.
3. IELTS Express. Ushbu kurs IELTS Test tizimi bo'yicha yetarli bilimga ega bo'lgan, oldin IELTS kurslariga qatnagan va IELTS dan ball olgan, lekin yana qayta tayyorlanib qisqa muddatlarda ma'lum natijaga erishmoqchi bo'lganlar uchun mo’ljallangan. Ushbu kursda IELTS test tizimi haqida fundamental bilimlar berilmaydi, aksincha har bir IELTS Skills bo’yicha Eng ishonchli testlar asosida Intensive Practice qilinadi va yo’l qo’yilayotgan xatolar ustida qat’iy ishlanadi. Kurs davomiyligi 1-2 oy. Mazkur kursga Sinov testlari (Placement test) da 40 dan yuqori topgan (IELTS bo’yicha bilimi bo’lishi shart!) yoki IELTS sertifikati olgan nomzodlar saralanadi.
4. IELTS Speaking. Ushbu kurs faqatgina muloqot ko'nikmasini shakllantirmoqchi bo'lganlar uchun mo’ljallangan. Darslar IELTS Formatida rivojlantirilsa-da, asosiy e'tibor o’quvchilarning har qanday sharoitda erkin so’zlasha olish qobiliyatini shakllantirishga qaratiladi. Kurs davomiyligi 2-3 oy. B1 darajasidagi bilim talab etiladi. Ushbu kurslarga Sinov testlari (Placement test) da 25 dan yuqori ball to’plagan nomzodlar Og'zaki imtihon orqali saralanadi. Ushbu kursni tanlaganlar Administrator bilan bog'lanishlari zarur.
ESLATMA!
Qabul jarayonlari (2-avgustgacha davom etadi) da yuz berishi mumkin bo'lgan quyidagi holatlarga alohida e'tibor qaratish lozim:
1-holat: Siz Placement testda omad kulib 20 dan ko’p to’gri javob topdingiz, lekin Ingliz tilida Fundamental bilimingiz ancha pastligini yoki deyarli yo’qligini bilasiz. Unda Siz General English kurslariga qatnashingiz lozim;
2-holat: Siz Texnik nosozlik tufayli 20 dan kam topdingiz, lekin bilimingiz ancha yaxshi. U holda Siz Administrator bilan bog’lanishingiz va yangi test topshirishingiz lozim.
3-holat: Siz Placement testda 40 dan ko’p to’g’ri javob topdingiz, lekin IELTS bo’yicha Fundamental bilimingiz chala yoki deyarli yo’q. Unda Siz IELTS Foundation kurslariga qatnashingiz lozim
4-holat: Siz texnik nosozlik tufayli kam test ishladingiz, lekin Sizda IELTS bo’yicha yetarlicha bilimingiz bor yoki oldin IELTS imtihoni topshirgansiz. U holda Siz Administrator bilan bog’lanishingiz lozim. Bunda IELTS sertifikati bor, lekin ko’ngildagidek IELTS score olmagan, shuninguchun qaytadan puxta tayyorgarlik ko’rmoqchi bo’lgan nomzodlar Placement Test topshirishlari shart emas.
Online IELTS Kurslariga ro'yhatdan o'tish uchun - REGISTRATION
Termiz Davlat Universiteti IELTS Oilasi (TerSU IELTS) da bo'layotgan eng so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lish uchun - TerSU IELTS Rasmiy kanali
Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun - Azizbek Esanov