SCHOLARSHIP
August 22, 2020

SO`ZLA!

OMMA OLDIDA NUTQ SO'ZLASH MUSOBAQASI

Muddat: 24-avgust, 2020-yil
To'lov badali: 40 000 so'm Bepul!

"Association of Young Activists Uzbekistan" (O'zbekiston Faol Yoshlar Uyushmasi) bilan sizga yangi loyihamizni taqdim etamiz!

Kutib oling, O'zbekistonda ilk bor, o'zbek tilidagi Birinchi Omma Oldida Nutq So'zlash musobaqasi!

Kelajakda qaysi soha vakili bo'lishingizdan qat'i nazar, omma oldida chiroyli nutq so'zlay olish qobiliyati sizga doimo ustunlik olib keladi.

Ushbu musobaqaning boshqa tadbirlardan farqlari:

✅ Kichik va kuchli tashkiliy jamoa. Har bir jamoa a'zosi kamida 3-4 yillik tajribaga ega.
✅ Ushbu musobaqa o'zbek tilida bo'lishiga qaramasdan, xalqaro ekspertlar nutq so'zlashadi. Ba'zi bir o'zini xalqaro deb e'lon qilgan, ammo xalqaro vakillar ishtirok etmagan loyihalardek emas.
✅ Tavsiyanoma ishtirok etgan/etmagan odamga berib yuborilmaydi. Faqatgina final bosqichiga chiqqan va o'zini chindan namoyon eta olgan qatnashchilarga beriladi.
✅ Har bir bosqich uchun har xil sertifikat. Ya'ni, ko'plab konferensiyalar tashkilotchilari tomonidan dastur davomida faol ishtirok etmaganlarga ham, juda faol ishtirok etganlarga ham bir xil sertifikat beriladi. Ammo, bu adolatli emas, hamda ishtirokchilar mehnatiga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi! Bizda har bir bosqich uchun boshqacha sertifikat.
✅ Musobaqada g'olib bo'la olmasangiz ham, 1 hafta davomida treninglarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lasiz va shu orqali bilimlaringizni ham oshirasiz.

Afzalliklari:

✅ musobaqada ishtirok;
✅ 7 kun professionallar tomonidan olib boriladigan intensiv treninglarda ishtirok etish; (Spikerlar bilan quyida tanishing)
✅ bir hafta davomida eng foydali kitobni jamoaviy tugating va uning muallifi bilan uchrashish imkoniyati;
✅ ishtirok etganligingizni tasdiqlovchi sertifikat;
✅ final bosqichi ishtirokchilari uchun tavsiyanoma;
✅ semi-final bosqichi ishtirokchilari keyingi loyihalarimizda chegirma asosida ishtirok etishlari yoki "oila"miz a'zosiga aylanishlari mumkin.

Bundan tashqari, eng faol va yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o'rin: 150 000
2-o'rin: 100 000
3-o'rin: 50 000

Qanday ro'yhatdan o'taman?

Musobaqada ishtirok etishni xohlovchi Surxondaryolik yoshlar quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

@Azizbek_Esanov, ushbu musobaqaning Surxondaryo viloyati elchisi

Spikerlarimiz:

  1. Alisher Sa'dullayev

"So'zla!" omma oldida nutq so'zlash musobaqasida ochilish, yopilish va taqdirlash marosimi spikeri.

2. Mirjalol Mirsabitov

3. Paul Oyewusi

4. Dr. Anshuman Kumar

5. Jamshid Axmadaliyev

6. Dipro Prattoy

7. Shahbozbek Dolimov

Hali ham o'ylanyapsizmi? Tezroq murojaat qiling, vaqt oz qoldi!

@Azizbek_Esanov