April 27, 2024

Raqamli iqtisodiyotni ko'raman...

Kalit so'zlar:Raqamli iqtisodiyot,raqamli texnologiyar,raqamlashtirish,banklar va boshqa ilovalar.

Kirish

Man raqamli iqtisodiyotni hozirgi kunda bir qancha sohalarda ko'rganimni aytmoqchiman.Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni turli xil sohalarda ko'rishimiz mumkin.Chunki raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz.Bizning rivojlanayotgan O'bekistonimizda ham shu sohada juda katta e'tibor qaratilgan. Ozim ham aynan raqamli iqtisodiyot sohasi tarafdoriman.Sababi biz raqamli iqtisodiyotni rivojlantiradigan bo'lsak birinchidan xarajatimiz tejaladi,qulayliklat ortadi,xizmatlardan navbatlarsiz tezda hamda aniq ma'lumot olish mumkin.

Asosiy qism

21- asr texnologiyalar asri.Butun dunyo raqamlashtirilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.Har bir sohani bo'lagi borki rivojlanmasdan qolmaydi.Men raqamli iqtisodiyotni Turonbank faoliyatining ish jarayonlarini bajarishida MY Turon ilovasida ko'raman.Bu ilova bilan bankda kelmasdan turib ham plastik kartalariga buyurtma berish mumkin.Masalan bir necha daqiqa ichida "onlayn mikroqarz" rasmiylashtirish, shuningdek Uzcard, Humo, Visa mastercard plastik kartalariga onlayn buyurtma berish va bir necha soniya ichida Humo virtual kartasini ilovaning o'zida ochish imkoniyati mavjud. Plastik kartalar turidan kelib chiqib ularni bir lahzada bloklash, hisobdagi mablag'larni nazorat qilish , Pin kodni o'zgartirish, Sms xabarnoma yoqish yoki o'chirish orqali kartalarni boshqarish mumkin.MyTuron mobil ilovasiga boshqa banklarning UzCard va Humo plastik kartalarini ham ulab, "Onlayn Mikroqarzdan" tashqari boshqa barcha amaliyotlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Mobil ilovada MyTuron bonus kartasi ham mavjud, to'lovlar uchun bu kartaga bonuslar yig'iladi.Mobil ilovada ro'yhatdan ro'yhatdan o'tgam mijozlar bonuslarga ham ega bo'lishadi.Ushbu tizim juda qulay va xavfsiz.Yana mani o'ylashimcha raqamli iqtisodiyotni onlayn hukumatda ko'raman.Chunki xozirgi kunda bizning O'zbekistonda onlayn davlat xizmatlari rivojlanib bormoqda.Masalan biz oldinlari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun juda ko'p sarsongarchiliklarga uchraganmiz yani bitta soliq to'lash uchun bir qancha xujjatlar olib idorama idoraga borib yurganmiz juda kop bunaqa hujjatbozliklar bizni vaqtizmizni olgan.Hozirda biz oddiy my.gov.uz platformasi yordamida uydan chiqmagan holda amalga oshiramiz.My.gov.uz hozirgi kunda juda qulay va oson va tez rivojlanib borayotgan raqamli hukumat platformasi.Man raqamli iqtisodiyotni va raqamli hukumatni aynan shu va shubga o'xshash platformalarda ko'raman.Mani fikrimcha bunaqangi platformalar va websaytlar raqamli iqtisodiyotning aniq bir yaqqol ko'rinishidir shuning uchun ham man bu raqamli iqtisodiyotni aynan raqamli hukumatda yoki elktron hukumatda ko'raman.

Xulosa:

Raqamli iqtisodiyotning maksimal darajada rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarning o'rni ta'riflab bo'lmaydigan darajada katta. Raqamli texnologiyalar har bir insonning muammolarini tez va oson hal qilib beruvchi vositadir. Raqamli texnologiyalar raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi u siz raqamli iqtisodiyotni tasavvur qilib bo'lmaydi.