April 3, 2024

"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman ...."

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot,bankdagi texnologiyalar,may.gov.uz
Kirish
Raqamli iqtisodiyot hayotimizning turli sohalarida juda ko'p o'zgarishlar bilan o'z o'rnini egalladi.Raqamli texnologiyalar xozirgi kunda kelib biz yoshlarga juda ko'p qulayliklarni yaratib berdi.Shu bilan bir qatorda inovatsion o'sish ham davom etmoqda.Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi insonning hayot tarziga bir qancha qulayliklarni olib keladi
Asosiy qism
21-asr texlogiyalar asri. Butun dunyo raqamlashtirilmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Har bir sohani bo’lagi borki rivojlanmasdan qolmayapti. Bunga misol qilib o’zimda yaqinda bo’gan bank bilan yoki davlat xizmatlari organi bilan bog’liq misolni aytishim mumkin. Toshkentda balki butun O’zbekistonda aholi jadal o’smoqda shu sababli davlat ishlari bilan bog’liq yoki bank ishlari bilan bo’g’liq ishladagi navbat tufayli vaqtni bekor sarf bo’lishi hammaga ma’lum. Bankda hisob raqamni ochtirmoqchi bo’lib bordim va u yerda 5 daqiqada hal bo’ladigan ish uchun deyarli 4 soat vaqt yo’qotdim. Biz kabi yoshlar uchun bekorga vaqt o’tkazish juda ham yomon ayniqsa arzimagan navbat tufayli. Raqamli iqtisodiyot rivojlangani tufayli bevosita banklardagi mijojlar bilan ishlashdagi qulayliklar ham rivojlanib mobil dasturlar yaratilmoqda. O’zbekistonda 4 fasli mamlakat bo’lgani uchun qor, yomg’ir yoki jazirama issiqda bekorga vaqt yo’qotmaslik uchun deyarli barcha bank ishlarini mobil dasturda bajarish imkoniyati mavjud. Endilikda mobil dasturlardan foydalanib bank bilan balki boshqa turdagi ishlarni ham tez va oson hal qilyapman. Hech qanday navbat va bosh og’riqlarisiz. Xuddi shu kabi davlat xizmatlari bilan ham shunga o’xshash xodisa bo’ldi. Mashinamni oynalarini tusini o’zgartirish uchun ruxsatnoma olgani borgandim ammo bu ishni my.gov.uz sayti orqali online ham bajarsa bo’lar ekan. Nafaqat bu xizmat umumiy hisobda 100 ga yaqin xizmatni uyda turib ham bajarish imkoniyati mavjud. Bularning barchasi raqamli iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liq jarayonlardir.
Xulosa
Raqamli iqtisodiyotning maksimal darajada rivojlanishi raqamli texnologiyalar o'rnini tariflab bo'lmaydigan darajada katta.Raqamli texnologiyalar har bir insonning muammolarini tez va oson hal qilib beruvchi vositadir.Shuningdek davlatimizning rivojlanishi uchun ham o'rni beqiyosdir