June 20

Adiblar xiyoboniga tashrif

Xar bir adibning ijodiyoti aslida tilning boyligini, nafosati va nazokatini ko‘rsatuvchi mezondir. U hox nasriy shaklda, hox nazmiy yo‘sinda bo‘lsin, qaysi adabiy turda ijod etmasin muayyan xalqqa mansub bo‘lgan tilning imkoniyatlarini o‘z ijodiy mahorati orqali so‘z qo‘llash iste’dodi orqali namoyish etadi.

Shu haqda gap ketganda Alisher Navoiyning ijodiyoti yuqoridagi fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Uning sheriyati o‘zbek tilining barcha imkoniyatlarini ifoda vositalarini qo‘llash orqali hamda leksik qatlamga o‘z munosabatini bildirish yo‘sinida qimmatlidir.