Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish
Bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o`zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog`lom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to`g`risida g`amxo`rlik qilish ustuvor maqsadimizdir.
Talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi choratadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda fuqarolarning qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir.
Bunda goyat muhim jihat jamoatchilikka davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari faoliyati haqida ma’lumot berish, davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan, birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga doir qarorlardan aholini keng xabardor qilib borish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘lik.