June 22

Talabalik bahori festivali

Navbatdagi festival Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti yoshlari bilan birgalikda bo'ldi. Ushbu festivalga bu yil biroz o’zgartirishlar kiritilgan holda yangiliklarga boy tarzda o’tkazildi. Festivalni ochib berish uchun so‘z Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Baratov Dilshod Xamidullayevichga berildi. Faol ishtirokchi talaba-yoshlar ishtirokida raqs, kulguga boy sahna ko’rinishlari,Vatanga muhabbat hissini uyg’otuvchi qiziqarli va go’zal sahna asarlari namoyish etildi.