Tashkent modernism.INDEX
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida O'zbekiston davlat san'at muzeyida tashkil etilgan Toshkent modernizm me'morchiligini saqlash va moslashtirishga bag'ishlangan ko'rgazmasiga tashrif uyushtirildi.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi - Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey bo‘lib, 1918 yilda Toshkent shahrida asos solingan. Muzey Toshkentda yashagan knyaz N.K.Romanovning shaxsiy toʻplami negizida vujudga kelgan. Turkiston oʻlkashunoslik muzeyining badiiy boʻlimidan va boshqalar muzeylarning fondlaridan, shaxsiy toʻplamlardan sanʼat asarlari keltirilib boyitilgan. Muzey fondi 50 mingdan ziyod eksponatga ega (2005), tomoshabinlar soni yiliga 250 mingdan oshadi. Talaba-yoshlar muzeyda jolashgan eksponatlar bilan yaqindan tanishib, bo‘sh vaqtlarini ma’zmunli o‘tkazishdi.