"Toshkent Davlat Transport Universitetida Jaholatga qarshi ma'rifat"
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirga tashrif buyurgan Diniy qo'mita vakili so‘zga chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirib, Islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do‘stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da’vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalzm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo’yicha tushuntirildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tdi. Tadbirda Diniy qo'mita vakili bevosita talabalar bilan davra suhbati asosida o'tdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbirni kirish qismida diniy qo'mita vakili talabalarga din o'zi nima ekanligini tushuntirib berdilar.