February 3, 2023

"O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va talabalar o'rtasida is gazidan zaharlanishni oldini olish to`g`risida"

30.11.2022-yil.

Is gazidan ehtiyot bo‘ling!

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada so‘ngi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘lgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq. Ma’lumki is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida xosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi.

Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.

Tadbirda Mirobod tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi boshlig’i va bo’lim hodimlari, Yong‘in qutqaruv qismi” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari, Toshkent davlat transport universiteti talaba-yoshlari va professor o’qituvchilari ishtirok etishdi. Mashg’ulot oldidan bugungi kunda is gazidan zaharlanishning oldini olish, is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish holatlari yuzasidan misollar keltirib o’tildi.

Tadbirda:

Is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashining oldini olish va ogohlantirish;

Yong‘in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari;

Hayot faoliyati xavfsizligi to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qildi.

Tadbir davomida mutaxassislarning mavzuga oid ko’rgazmali amaliy chiqishlari namoyish etildi va tabalalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar berishga harakat qilishdi.