June 1, 2023

"Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hodimlari bilan uchrashuv" 

16.05.2023.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi faoliyat turi boʻyicha umumiy manfaatlar bilan birlashgan xodimlar, qisman ish bilan band boʻlganlar yoki vaqtincha ishsizlar, talabalar va oʻquvchi yoshlar, pensionerlar, aholi boshqa qatlamlarini birlashtirgan kasaba uyushmalarini oʻz ichiga oladi va oʻzini oʻzibvvfg boshqaradigan koʻngilli nodavlat, notijorat jamoat tashkiloti hisoblanadi. 1990-yil 12-sentyabrda tashkil topgan. Kasaba uyushmalarining bosh vazifasi kasaba uyushmalari aʼzolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy, intellektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iborat. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kengashi (Uzsovprof) 1925-yildan faoliyat koʻrsata boshlagan. Sobiq ittifoq davrida uning tasarrufida tarmoq respublika qoʻmitalari mavjud edi. Lekin ularning birontasi oʻz ustaviga ega emasdi. Faqat SSSR kasaba uyushmalari (VSSPS) ustaviga binoan faoliyat koʻrsatardi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng respublikada tarmoq kasaba uyushmalari tuzilib, ular oʻz ustavlarini qabul qildi va Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazdi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiu.f.ga uyushdi. Bular quyidagilardan iborat:Aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi;Avtomobil, daryo, elektr transporti va yoʻl xoʻjaligi xodimlari kasaba uyushmasi;Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi;Aloqa xodimlari kasaba uyushmasi;Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi;Yengil, mebel sanoati va kommunalmaishiy xizmat xodimlari kasaba uyushmasi;Yoqilgʻienergetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi;Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi;Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi;Matlubot kooperatsiyasi, savdo xodimlari va tadbirkorlar kasaba uyushmasi;Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi;Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi;Qurilish va qurilish ashyolari sanoati xodimlari kasaba uyushmasi;Temiryoʻlchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari chet el milliy kasaba uyushmalari markazlari, jahon ishchilar harakatining yetakchisi Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi hamkorligida Fransiya Mehnat demokratik federatsiyasi, Amerika Mehnat federatsiyasi, Belgiya erkin kasaba uyushmalari umumiy birlashmasi, Avstriya kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatgan. Shuningdek, Xitoy, Yaponiya, Hindiston mamlakatlari kasaba uyushmalari bilan aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Kasaba uyushmalarining harakat dasturida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan xalqaro hamkorlik muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bu tashkilotning 11 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.