February 2, 2023

"INFOLIB" O'zbekiston - 2022

XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi

10.11.2022-yil

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy yilning 31-oktyabr — 11-noyabr kunlari “INFOLIB UZBEKISTAN-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Haftalik bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida tashkil etildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi umumiy fondi 7 715 585 million nusxa nashrni tashkil etmoqda, shundan, 6 963 493 nusxani bosma nashrlar, 752 092 nusxasini elektron shakldagi adabiyotlar tashkil etadi.

Bugungi kunga kelib, kutubxonalar faoliyatida katta ijtimoiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Kutubxona imidjini ko‘tarish, ma’naviy qiyofasini o‘zgartirish, ijtimoiy salohiyatini oshirish, jamoatchilik orasida kutubxonalar mavqeini ko‘tarish maqsadida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholiga kutubxona xizmatini ko‘rsatish maqsadida respublikamizda 186ta tuman va shahar kutubxonalari tashkil etilgan, ko‘plab kutubxonalar qayta rekonstruksiya qilindi, to‘liq ta’mirlandi, ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Quvonarlisi, soha vakillariga ham katta e’tibor qaratilmoqda, ularning faoliyatlari rag‘batlantirilmoqda, yuksak e’tirof etilmoqda, ular nufuzli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Bu yilgi Milliy axborot-kutubxona haftaligining boshqa haftaliklardan farqi shundaki uning doirasida 2-marotaba “Yosh kutubxonachilar” forumi “Yangi O‘zbekistonning intellektual salohiyati-yoshlar qoʻlida!” nomi bilan o‘tkazilayotir. Shuningdek, bu yil haftalik bilan birga 2-4-noyabr kunlari “Tashkent BOOKFEST” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi ham tashkil etiladi.“INFOLIB UZBEKISTAN-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikamizda axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini yetkazish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ‘ib qilish, yoshlarni intellektual bilimi va saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali ularni kutubxonalarga qiziqishini oshirishdan iborat.

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiyuslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasik. Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo.

Tadbirda Toshkent davlat transport universiteti TTB fakulteti TLT-6 guruh talabalari qatnashdilar. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.

Tadbirdan maqsad yosh avlodni kitob mutola qilishga qiziqtirish va kitob bilan do'st tutunish.

Tadbirda talabalar yozuvchilar bilan uchrashdilar. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o'tdi. Unda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.