''Toshkent davlat transport universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o'tkazildi!''
Uchrashuvda Transport vazirligi Temir yo‘l transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i oʻrinbosari - Tursunov Xurshid Maxmudjanovich, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i oʻrinbosari - Abduraxmanov Aʼzam Abdullayevich, Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshligʻi - Sabirov Davronbek Atamuratovich, Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari - Saidova Feruza Anvarovna va “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK rahbari - Farmonov Ixtiyor Asrorovich ishtirok etishdi.
Mutasaddi xodimlar uchrashuv davomida korxonalarning asosiy faoliyati bilan tanishtirish va kelajakdagi rejalari boʻyicha ma’lumot berish bilan bir qatorda yangi kadrlarga qoʻyilayotgan talablar, universitetimiz talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari boʻyicha ma’lumotlar berib oʻtishdi.