June 22

"O‘zbekiston davlat musiqali komediya (Operetta) teatri"

Talaba yoshlarni san'atga qiziqishini ya'nada oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Toshkent davlat transport universiteti Transport tizimlari boshqaruvi fakultetning bir guruh tyutorlari hamda talabalari O‘zbekiston davlat musiqali komediya (Operetta) teatriga Turob To‘la asari asosida sahnalashtirish «Очарован тобой» (Maftun bo‘ldim) spektakl-konsertiga tashrif buyurishdi.

Spektaklning qisqacha mazmuni: yangi remeyk musiqiy filmining bosh rollari uchun aktyorlar tanlovi mavjud. Shu maqsadda rejissyor o'z yordamchisi bilan butun respublika bo'ylab yosh iste'dodlarni qidirmoqda... tomoshabinlar ijodkorlarning irodasi bilan san'at ixlosmandlari va xalq musiqa madaniyatining gullab-yashnashi davrasida bo'lishadi.